Bosim ostida payvandlash


-Mavzu: Maxsus konstruksiyalar va birikmalarni payvandlash



Download 6,64 Mb.
bet44/129
Sana22.06.2022
Hajmi6,64 Mb.
#691863
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129
Bog'liq
Majmua.Bosim ostida payvandlash (2)

10-Mavzu: Maxsus konstruksiyalar va birikmalarni payvandlash.


Reja:
10.1 Uch qatlamli panellarni nuqtali payvandlash.
10.2 Katak-katak panellarni payvandlash.
10.3 Chokli uchma-uch payvandlash.
10.4 Chetlarini ezib, chokli payvandlash.


10.1 Uch qatlamli panellarni nuqtali payvandlash.

Korroziyabardosh po‘latlar va titan qotishmalaridan tayyorlanuvchi panellar nuqtali payvandlab biriktirilgan, orasiga nova-nova (gofrirovkalangan) to‘ldirgich qo‘yilgan ikki qoplamadan iborat bo‘ladi. Ustki qoplama bo‘lmaganda novalarni (to‘ldirgichni) pastki qoplamaga payvandlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Novalarni ustki qoplamaga uzil-kesil biriktirish qiyinroq kechadi. Buning uchun turli variantlardan elektr o‘tkazuvchan ikki ponali qistirma (5) dan yoki pona (3) yordamida ochiladigan, yo‘naltiruvchi (4) da harakatlanuvchi elektrodlar (2) dan fodalaniladi (2.6.1-rasm). Harakatlanuvchi qistirma va elektrodlarning siljish payvandlash mashinasining ishi ya’ni asosiy elektrodlarning kerilishi bilan sinxronlashtirilgan. Ba’zan kanalga oson eruvchi metall, masalan aluminiy (6) quyiladi. Payvandlab bo‘lingandan keyin u eritib olib tashlanadi. Birinchi variant yassi panellarda, ikkinchi variant yassi yoki biroz egik panellarda, uchinchi variant esa ancha egik panellarda qo‘llaniladi.



Uch qatlamli paneli payvandalash.

Agar panellarning asosan bir qavati biroz egik bo‘lsa, ularni yassi panel kabi payvandlab, keyin jo‘valarda deformatsiyalash mumkin.


10.2 Katak-katak panellarni payvandlash.
Korroziyabardosh po‘latlar va titan qotishmalaridan payvandlab yasalgan yaxlit katakli panellarning solishtirma mustahkamligi yuqori, og‘irligi kam bikrligi katta bo‘ladi.

Katakli panelik nuqtali payvandlash:
a – tayyor panel; b – kattak to‘ldirgichni qoplama listlar bilan payvandlash; d – katak to‘ldirgichning yarimnovalarini o‘zaro payvandlash.

Ular ikkita qoplama list (1) va kvadrat shaklidagi katakli to‘ldirgich (2) dan tashkil topadi. To‘ldirgich 0,05–0,1 qalinliklagi nova-nova folga tasmlaridan hosil qilinadi. Tasmalarning chetlari 0,3–0,8 mm kalinlikdagi qoplamalarga payvandlash uchun oldindan ikki tomonidan qayirib qo‘yiladi.


Panellar maxsus qurilmada yig‘iladi va payvandlanadi. Bu qurilma ikki tomonlama va ko‘p nuqtali bir tomonlama payvandlash mashinalaridan iborat. Qoplama listlar (1) yotiq holatda, bir-biridan to‘ldirgich tasmasi (2) eniga teng oraliqa joylashtiriladi. Tasma tok o‘tkazadigan yoyuvchi taroq (3) ga qo‘yiladi, taroqning shakli va o‘lchamlari tasmaning kataklariga mos keladi. Bunda qistirmaning arrasimon chiqiqlarini tasmaning bukilgan chetlari bekitib turishi kerak. Qistirma pona (4) yordamida yoyilib, qoplamalar orasiga qoplamaga avval payvandlangan tasmaga tekkuncha kirgiziladi. Bukilgan chetlar bir yo‘la ikkila qoplamaga nuqtali payvandlanadi (tasma bo‘ylab roliklar (5) ni g‘ildiratish orqali). Nuqtalar qistirmaning chiilari bo‘lgan joylarda shakllantiriladi. Tasma payvandlab bo‘lingandan keyin qistirmani siqib, olib tashlanadi. Uning o‘rniga elektrodlar (6) o‘rnatilgan ko‘p elektrodli kallak kirgiziladi va to‘ldirgich tasmalari 1,5–2,5 mm qadam bilan (oraliqda) ko‘p nuqtali bir tomonlama payvandlash usulida butun balandligi bo‘yicha bir-biriga payvandlanadi. Keyin kallak chiqarib olinib, panel yotiq holatda yarimkatak kattaligida siljitiladi va sikl kerakli uzunligkdagi panel hosil bo‘lgunga qadar qaytariladi. Payvandlab yasaladigan kattak-kattak (uyali) panellar kavsharlab yasalganlaridan yengilroq va ishlab chiqarishdagi mehnat sarfi kamroq bo‘ladi.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish