4.3 Chokli va relyefi payvandlashdagi plastik deformatsiya
Chokning birinchi nuqtasini tushirishda plastik deformatsiya turi xuddi nuqtali payvandlashdagi kabidir. Ammo keyingi nuqtalarni payvandlashda nuqtali payvandalshda bo‘lgani singari rolik oldidagi metall tirqishga deformatsiyalanadi, rolik ortidagi metall esa rolik ostiga siqilib chiqadi (xudi yaxlit plastinani payvandlashda bo‘lgani kabi).
1.5.3-rasm. Chokli payvandlashdagi plastik deformatsiyaning yo‘nalishi:
1 – jadal deformatsiyalanish joyi; 2 – erigan metall.
Chokli payvandlashda birikish joyda issiqlik miqdori nisbatan yuqori bo‘lgani tufayli zichlovi belbog‘ning plastik defor-matsiyalanish umumiy darajasi va o‘lchamlari katta bo‘ladi. Bu hol payvandlash vaqti va kuchini nuqtali payvandlash rejimlariga nisbatan biroz qisqartirishga imkon beradi.
Boshqa tomondan, metall ustki qatlamlarining defor-matsiyalanishi roliklarning tez yeyilishiga olib keladi. Masalan, keyingi nuqtalarni payvandlashda va qayta qizdirishda oldingi nuqtalar orasidagi bo‘shliqlar deformatsiyalanadigan metall bilan to‘lishi mumkin.
Qattiq holatda relyefi payvandlashda detal-detal tegish joyida radial yo‘nalishdagi plastik deformatsiya darajasi kattaroq bo‘lishini ta’minlashga harakat qilinadi bu esa yuzaning tozalanishiga va metall bog‘lanishlar yuzaga kelishiga yordam beradi. Ayni chog‘da z o‘q bo‘ylab deformatsiya sodir bo‘ladi va elektrod tagidagi o‘yiq to‘ladi. Odatda qattiq holatda birikma tegish joyi chetlari bo‘ylab halqa bo‘yicha hosil bo‘ladi. Metallning yanada qizishi nuqtali payvandlashning odatdagi sxemasi bo‘yicha o‘zak hosil bo‘lishiga olib keladi.
Bunda relyef batamom deformatsiyalanadi, lekin elektrodlar tagida kichik o‘yiqlar qoladi.
1.5.4-rasm.Relyefli payvandlashdagi plastik deformatsiya:
a – jarayonning boshida; b – jarayonning oxirida.
4.4 Uchma-uch payvandlashda metallning plastik deformatsiyalanishi
Plastik deformetsiyaning asosiy vazifasi uchma-uch birikish joyida va elektr kontaktlarda metall bog‘lanishlar hosil bo‘lishi uchun oksidlarni yo‘qotishdan iborat. Deformatsiyani payvandlash mashinasining yuritmasi hosil qiluvchi siqish kuchi keltirib chiqaradi.
Dastlabki elektr kontakt yuzaga kelishi uchun uncha katta bo‘lmagan bosim (qarshilik bilan payvandlashda 5-10 MPa, eritib payvandlashda esa 0,001MPa) yetarlidir, bunday bosimda olatda detallar uchlari yuzasining relyefi mikroplastik defor-matsiyalanadi, holos. Kichik bosimda tegish qarshiligi yuqori bo‘ladi va uning issiqlik ajralib chiqishidagi o‘rni ortadi. Oksidlar yuqolishi va bog‘lanishlar paydo bo‘lishi uchun detallarning nisbatan katta hajmiy plastik deformatsiyalanishi talab etiladi, bu deformatsiya asosan metallning tegish joyi oldidagi qizigan qatlamlari va oksidlarning payvandlash joyida siqib chiqarilishini ta’minlaydi. Eritib uchma-uch payvandlashda chuqur kraterlar yuzaga kelganda oksidlarning yo‘qolishi qiyinlashadi. Bu holda hajmiy deformatsiya darajasi va cho‘ktirish kuchlarini oshirishga to‘gri keladi.
Cho‘ktirishda metallning deformatsiyalanishi:
a – erkin deformatsiya sxemasi; b – majburiy deformatsiya sxemasi (1 – payvandlanayotgan detallar; 2 – shakl qismalar); d – cho‘ktirishning boshlang‘ich payti.
Uchma-uch payvandlashda ko‘p hollarda hajmiy deformatsiyaning erkin sxemasidan foydalaniladi, bunda metall strelkalar yo‘nalishi bo‘yicha z o‘q bo‘ylab hech qanday cheklanishlarsiz oqadi. A nuqtada har tomonlama notekis siqilish yuz beradi (siquvchi zo‘riqishlar, o‘q , radial va aylana tangensial kuchlar ta’sir qiladi). B nuqtada ikki tomonlama siquvchi zo‘rikishlar va ta’sir qiladi, zo‘riqishlar esa ishorasini o‘zgartiradi va cho‘zuvchi zo‘riqishlarga aylanadi. D nuqtada ikki tomonlama siqish ( va ) cho‘zish ( ) bilan birga ta’sir qiladi. va zo‘riqishlar haddan tashqari kattalashganda tirqishning ochilib qolishiga, metall tolalalarining qatlamlanishi hamda qiyshayishiga, shuningdek metall soviganda va cho‘kkanda unda darzlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Uchma-uch payvandlashdagi hajmiy deformatsiya ko‘pincha yuz koeffitsienti bilan ifodalanadi, bu yerda Sox va Sbosh mos ravishda detallar uchlarining oxirgi hamda boshlang‘ich (payvandlashdan oldingi) yuzlari. Qarshilik bilan payvandlashda eng katta qiymat kyuz<4 bo‘lishiga ruxsat etiladi. Eritib uchma-uch payvandlashda payvandlash va metallni eritish rejimlari nisbatan qattiq bo‘lgani bois oksidlarsiz sifatli birikma kyuz<2 bo‘lganda yuzaga keladi.
Uchma-uch payvandlashda deformatsiya qiymati haqida tufayli delarning kaltalashishiga qarab fikr yuritiladi. Eritib uchma-uch payvandlashda deformatsiya , va cho‘kish tezligi bilan tasniflanadi. ning qiymati tirqish butkul bekilishi, oksidlangan va erigan metall siqilib chikishiga (2 ) va kraterlar (o‘yiqlar) bartaraf bo‘lishi uchun kizigan metallning ma’lum darajada plastik deformatsiyalanishiga (2 ) yetarli bo‘lmog‘i zarur. Bunda ning qiymati asosan detallar uchlarining relyefiga bog‘liq bo‘ladi. Payvandalanadigan detallarning kesimi kattalashganda ulagichlar va o‘yiqlarning o‘lchamlari ortadi, shunga yarasha ham kattalashadi. Qizdirib uchma-uch payvandlashda deformatsiya detallar uzunligining katta qismiga tarqaladi, bunda kattalashadi.
2>4>
Do'stlaringiz bilan baham: |