Bosim ostida payvandlash



Download 97 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi97 Kb.
#749010
Bog'liq
bosim


BOSIM OSTIDA PAYVANDLASH
1)Asosiy (bazaviy) va o‘tqazish yuzalariga ega uzellar payvandlab bo‘linagandan sung qanday iishlov beriladi
--Charxlash, frezalash, silliqlash, yoyib kengaytirish va boshqalar qo‘llaniladi

2)Ayrim metallar harorat ko`tarilishi bilan o`z xossalarini (ρ0, λ, a) o`zgartiradi-


--hamda a ni kichiklashtirish uchun). Bu esa payvandlash tokini kamaytirish va birikmalarning shakllanishini osonlashtirish imkonini beradi.

3)Aluminiy qotishmalari


--D16T, D19T, D20T, 1420, 1395, AMц, AMг, AMг3

4)Avtomatik liniya nima


--Avtomatik liniya asosiy, yordamchi va ko`tarish-tashish texnologik uskunalari, mashina hamda mexanizmlar majmuyi bo‘lib, ular buyum tayyorlash hamda tayyorlash jarayonida uni liniyaning tegishli joylariga surish uchun zarur bo‘lgan hamma operatsiyalarni odamning ishtirokisiz muayyan texnologik izchillikda va muayyan maromda amalga oshiradi. Liniyada barcha operatsiyalar avtomatik bajariladi, odam esa faqat uskunalarni sozlash, kuzatish va rostlash ishlarini bajaradi

5)Bosim ostida payvandlash bu -


--detallarni biriktiriladigan sirtlarini tashqi kuch qo`yib, birgalikda qizdirib, plastik deformatsiyalash

6)Bosim ostida payvandlash rejimini hisoblashni oson yo`llarini muallifi


--Кочергин К.А.

7)Bosim bilan kontaktli uchma-uch payvandlash muallifi


+ingliz fizigi E. Tompson 1877 yilda

8) Bir-biriga siqilib turgan va nisbiy harakatda ishtirok etadigan ikkita tanavorning tegish yuzasida hosil bo`luvchi issiqlikdan foydalanish hisobiga amalga oshiriladigan ajralmas birikma hosil qilish texnologik jarayoniga…..deyiladi


--Ishqalab payvandlash

9) Bir tomonlama payvandlash qanday hollarda qo‘llaniladi?.


--Payvandlash joyi noqulay bo‘lganda

10) Bu operatsiya iflosliklar, moylar, markirovkalash bo‘yog‘ini ketkazish uchun xizmat qilib, erituvchilar bilan artish orqali yoki turli tarkibdagi vannalarda, masalan, legirlangan po‘latlar va titan qotishmalari uchun soda eritmalarida, aluminiy hamda magniy qotishmalari uchun ishqor eritmalarida amalga oshiriladi. Sovuqlayin yoyilgan (prokatlangan) po‘lat ko‘pincha yuzasini xoziramasdan payvandlanadi:


--Yog‘sizlantirish

11)Barcha payvandlash transformatorlari pasaytiruvchi bo`lib, ular qanday kuchlanishli tarmoqqa ulanadi


--380 V (ba`zan 220 va 660 V) kuchlanishli sanoat tarmog‘i ga ulanadi. Ayrim hollarda transformatorlar oshirilgan (100–800 Hz) yoki yuqori (450 kGs gacha) chastotali tok bilan ta’minlanadi.

12) Detallar yoki elektrodlarning yuzalari yaxshi tozalanmagan bo‘lsa qanday jarayon ro`y beradi?


--mikrorelyeflar orasida yuzaga kelgan ajralib qolgan bo‘shliqlar oksid va gidrooksid pardalari hamda singigan moddalar bilan to‘lib qoladi. Harorat ko‘tarilishi bilan gidrooksidlar parchalanib, gaz, xususan, kislorod ajralib chiqadi. Bunda yuzaga keluvchi ortiqcha bosim "yoruvchi" effekt hosil qiladi

13) Detallarning qalinligi S≥0,5 mm bo‘ganda quyma o‘zakning eng kichik diametrini empirik formula yordamida taxminan qanday aniqlash mumkin?


--d = 2S + (2–3) mm

14) Detallarning qalinligi ortishi bilan konstruktiv qismlarining mutlaq o‘lchamlari (B, h, tq, u, c) kattalashib boradi. S/S12 bo‘lganda ular necha % oshiryladi?


--20–30%

15)Detallar qalinligi 10 mm dan katta bo‘lganda shuntlanishni kamaytirish uchun


--nuqtali payvandlash oshirilgan qadam bilan amalga oshiriladi. Masalan, 10 mm qalinlikdagi konstruksion po‘latlardan yasalgan detallar uchun tq=100–120 mm bo‘ladi. Elektrodlar haroratini pasaytirish uchun qattiq rejimlardan yoki o‘zgarmas payvandlash toki bilan pulslanuvchi qizdirishdan foydalaniladi.

16) Eng ko`p qo‘llaniladigan rel`yeflar


--Odatda dumaloq relyeflar qo‘llaniladi u qizish chog‘ida payvandlash kuchlarini qabul qilish uchun zarur bikrlikni ta’minlaydi

17) Elektrodlarning chidamliligi qanday oshiriladi?


--tegish joyidagi haroratni pasaytirish, tok impulsining davomliligini qisqartirish (qattiq rejimlar), cho‘kichlash vaqtini uzaytirish, elektrodlar atrofida detallarni qisib qo‘yilgan holda nuqtali payvandlashdan foydalanish, elektrod-detal tegish joyiga to‘siq moddalar kiritish, relyefli payvandlashdan foydalanish orqali oshiriladi.

18) Elektrodning konussimon qilib charxlangan yassi shaklli ish yuzasi


--deformatsiya qarshiligi σ*D yuqori bo‘lgan metallar (po‘latlar, issiqqa chidamli po‘latlar), massa ko‘chishga moyil bo‘lmagan metallar (po‘latlar, nikel, titan qotishmalari) uchun qo‘llaniladi.

19) Flyus ostida avtomatik payvandlash texnologiyasini muallifi:


--D.A.Dulchevskiy 1928 yilda

20) Gidravlik uzatish mexanizmi qanday cho`ktirish kuchini hosil qiladi


--3000 kN va undan ziyod

21) Ikki tomonlama payvandlash qachon qo‘llaniladi?


--Ko‘p hollarda

22) Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti λ


--payvandlash joyi yaqinida issiqlikning tarqalishini, shu joyining uzunligini, shuningdek elektrod-detal tegish joyidagi haroratni belgilab beradi. λ kattalashishi bilan Ipay kamaytiriladi, qattiqroq rejimlardan foydalaniladi.

23) Ikkilamchi chulg‘amlar bilan ketma-ket ravishda, boshqarilmaydigan kremniy kentillar (diodlar) ulangan bo‘lib, ular qaysi hollarda 5–6 kA li tok impulsini o‘tkazishga imkonyat beradi


--kuchlanish to‘g‘ri 1,6–2 V pasayganda va 50 V teskari pasayganda

24) Jumlani davom ettiring: Joul-Lens qonuniga muvofiq, elektr zanjirining aktiv qarshilik REE li elektrodlar orasidagi qismida …


--QEE issiqlik ajralib chiqadi, shu tufayli metall payvandlash joyida zarur haroratgacha qiziydi.

25) Kontaktli nuqtaviy payvandlash muallifi


+Rus kashfiyotchisi N.N.Benardos

26) Kontaktli payvandlash usullari


+Nuqtali, relyefli, chokli (rolikli), uchma-uch

27) Kontaktli payvandlashda qizish vaqtida o‘zaro bog`langan qanday maydon yuzaga keladi


+elektr maydoni, harorat maydoni

28) Kimyoviy aktiv metallar (titan, molibden va b.) ni payvandlash nimalarga bog`liq?


+inert gazlarga

29) Ko‘p nuqtali payvandlashdan qachon foydalaniladi?.


+Unumdorlikni oshirish va tob tashlashni kamaytyrish maqsadida

30) Kontaktli payvandlashda birikmaning konstruktiv qismlari qaysi GOST da belgilangan?


+ГОСТ 15878-79

31) Kontakli uchma-uch payvandlab hosil qilingan birikmalarning tuzilishi


+Detallarning shakli ularni mashina jag`larida (elektrodlarda) puxta mahkamlab qo`yishni ta`minlamog`i lozim. Ikkala tanavor bir tekis qizishi va bir xil plastik deformatsiyalanishi uchun zarur sharoit yaratilishi, tanavorlarning shakli hamda o`chamlari taxminan bir xil qilib tanlanishi kerak. Ularning diametrlaridagi farq 15% dan, qalinligidagi tafovut esa 10% dan oshmasligi darkor.

32) Kristallanish oralig`i (intervali) va mo`rtlikning harorat oralig`i (intervali) (MHO)


+qiziganda darz ketishga moyillikni belgilaydi. MHO qancha keng bo‘lsa, qiziganda darz ketishga moyillik shuncha yuqori bo‘ladi.

33) Kam uglerodli po`latlar


+MCт2кп, MCт3кп, Cт2сп, Ст3сп

34) Kontaktli payvandlash mashinalari ГОСТ i


+ГОСТ 297-80

35) Kontaktli payvandlash mashinalarini mexanik qismi nimalardan tashkil topgan?


+korpus yoki stanina, plitalar, kronshteynlar, domkrat, tiraklar, konsollar, elektrod tutqichlar, elektrodlar, siqib qo‘yish va siljitish uchun mo‘ljallangan mexanizmlardan

36) Kontaktli payvandlash mashinalarini elektr qismi nimalardan tashkil topgan?


+payvandlash transformatori, to‘g‘rilagichlar, ba’zi hollarda kondensatorlar batareyasidan hamda tokni bevosita detallarga uzatishga mo‘ljallangan ikkilamchi (payvandlash) kontur (egiluvchan va qattiq tok o‘tkazuvchi shinalar, konsollar, elektrod tutqichlar, elektrodlar, roliklar, jag‘rlar) dan tuziladi.

37) K617, K607, K566M – qanday uchma-uch payvandlash mashinalari?


+impulsli eritib payvandlash uchun avtomat mashinalar.

38) Konussimonlik eletkrodning diametri va siqish kuchiga qarab belgilanadi: De<25 mm hamda R<15 kN da ?, De>25 mm hamda R>15 kN da esa ?


+1:10; 1:5

39) Kontaktli payvandlash uchun necha kA toklar talab qilinadi


+250 kA gacha

40) Kontaktli payvandlash mashinalari transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari soni nechta


+bitta yoki ikkita

41) Legirlangan po`latlar


+08X17T, 12X17
42) Legirlovchi elementlarning miqdori qotishmada qanday taqsimlanadi?
+dendritlarning asosidan uchi tomon kupayib boradi (dendrit ichidagi likvatsiya).

43) MT, MШ va boshqa turdagi universal o‘zgaruvchan tok mashinalari ikkilamchi konturining qarshiligi


+Ri.k=30–120 mkΩ

44) MCMУ–150, MС–1604, MСO–301, MСO–602 – qanday uchma-uch payvandlash mashinalari?


+eritib payvandlash uchun avtomat mashinalar

45) MCP–25, MCP–50, MCP–75, MCP–100, MC–801, MC–1202, MC–1602, MCO–0802 qanday payvandlashga mo`ljallangan?


+uzluksiz eritib, qizdirgan holda eritib va qarshilik bilan payvandlash uchun richagli uzatish mexanizmi bo‘lgan o‘rtacha quvvatli avtomat mashinalari

46) MC–3, MC–301, MC–5001, MCC–1601, MCC–2501 uchma-uch payvandlash mashinalari qanday materiallarni payvandlashga mo`ljallangan?


+asosan, po‘latlar va rangli metallardan ishlangan har xil diametrli simlarni qarshilik bilan payvandlash uchun kichik quvvatli avtomat mashinalar

47) MTK–2001, MTK–5502, MTK–6301, MTK–8004, TKM–17 kondensatorli mashinalarning energiya sigi‘mi eng kam bo‘lib, nimalarni payvandlashga mo‘ljallangan?


+0,1–2 mm qalinlikdagi kam uglerodli po‘latlarni, 0,1–1,5 mm qalinlikdagi korroziyabardosh po‘latlarni, mis, aluminiy va magniy qotishmalarini

48) MTB–2001, MTBP–400I, MTВ–6304, MTВ–8002, MTB–16002 o‘zgarmas tok mashinalari va past chastotali MTH–7501 mashinalari qanday materiallarni payvandlashga mo`ljallangan?


+istalgan payvandlanuvchi metallardan yasalgan buyumlarni payvandlash uchun

49) MT–2023 belgili payvandlash mashinasi qanday o`qiladi?


+I2 max=20 kA bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi 23 rusumdagi nuqtali payvandlash mashinasi

50) Mis qotishmalari


+Sof misning issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi juda yuqori bo‘lganidan volfram, kiritdan yasalgan issiqlik ekranlari yoxud elektrod ulamalaridan foydalanib payvandlanadi. Jezlar va bronzalarning elektr o‘tazuvchanligi yuqori, mexanik va texnologik tavsiflari yaxshi bo‘ladi. Mis uchun chokli payvandlash qo`llanilmaydi

51) Magniy qotishmalari


+MA1, MA2-1, MA10, MAИ, MA13

52) Metallning chiziqli kengayish koeffitsienti a va plastik deformatsiyaga shartli qarshiligi σD ortishi bilan


+ichki chayqalib to‘kilishlarga moyilligi oshadi, qoldiq zo‘riqishlar va deformatsiyalar darajasi kattalashadi.

53) Mahkamlash buyumlarini tayyorlashda relyeflarni qanday hosil qilinadi?


+sovuqlayin

54) Metallar sirtidagi birikish jarayoniga ta`sir qiluvchi iflosliklar


+Oksidlar, yog` pardalari, shuningdek, gazlar molekulalarining singigan qatlamlari, changlar kuchli ta`sir qiladi.
55) Notekis elektr maydoniga sabab bo`luvchi omillar
+toknining keltirilish usuli, geometrik , harorat, magnitoelektr

56) Nimani formulasi? Q = Q1 + Q2 + Q3


+elektrodlar oralig`ida ajralib chiqadigan QEE issiqlik

57) Nimalar qayd qilingan: - elektr kontaktni shakllantirish, payvan-dlash tokining ichki tegish joyida tarqalishini cheklash, erigan metallni chayqalib to`kilishidan saqlash uchun plastik belbog` hosil qilish, sovish bosqichida metallni zichlash


+plastik deformatsiyaning asosiy vazifalari

58) Nuqtalar o`rnini to`ldiring: -... ko‘p hollarda hajmiy deformatsiyaning erkin sxemasidan foydalaniladi, bunda metall strelkalar yo‘nalishi bo‘yicha z o‘q bo‘ylab hech qanday cheklanishlarsiz oqadi.


+Uchma-uch payvandlashda

59) Nuqtali va chokli payvandlash yo‘li bilan necha mm qalinlikdagi detallar biriktiriladi?.


+2 mkm dan 30 mm gacha

60)Nuqtali va chokli payvandlash mashinalarida yuritmalarning qanday turlari qo‘llaniladi


+richagli, yukli, prujinali, pnevmatik, gidravlik, ba’zan esa elektromagnitli
.

60) Payvandlash mashinalarida payvandlash toki qanday rostlanadi


+Har bir transformatorda birlamchi chulg‘am w1 o‘ramlarining turli sonini ulash uchun bir necha bosqichlar bo‘ladi, shu tufayli U20 o‘zgaradi va payvandlash tokini rostlashga erishiladi. w1 ko‘payganda transformatsiya koeffitsienti kattalashagi, bu esa tarmoq kuchlanishi U1 o‘zgarmagani holda U20 ning pasayishi va I2 ning kichiklashuviga olib keladi.

61) Payvandlash joyini tez qizdirishga yetarli katta kuchli (250 kA gacha) payvandlash toki hosil bo‘lishi uchun odatda qanday kuchlanish talab qilinadi


+1–25 V

62) Prujinali yuritmadan


+kichik quvvatli qarshilik bilan ishlaydigan payvandlash mashinalarida foydalaniladi.

62) Passivlash nima?


+Aluminiy va magniy qotishmalari uchun yangi oksid pardasini zichlash hamda barqarorlashtirish maqsadida qo‘shimcha kimyoviy ishlov berish.

63) Press turidagi nuqtali, relyefli, chokli payvandlash mashinalarning korpusi kuch qismlari nimalardan tuzilgan?


+korpus devorlari, yuqorigi va pastki kronshteynlardan

64) Payvandlash mashinalari qanday parametrlari bilan tavsiflanadi?


+Elektr, mexanik, texnik hamda texnologik parametrlari bilan tavsiflanadi.

65) Plastik deformatsiyaga qarshiligi past qatlam bilan qoplangan po‘latlar qanday payvandlanadi?


+nisbatan qattiq rejimlarda, 10–15% oshirilgan tok bilan

66) Payvandlash rejimiga nimalar ta`sir ko`rsatadi


+metallarning ko‘pgina issiqlik-fizik, fizik-kimyoviy va mexanik xossaari, kristall panjaraning turi hamda =parametrlar, kristallanish oralig‘i (interval) va m o‘rtlikning harorat oralig‘i, oksid pardalarining xossalari va shu kabilar ta’sir ko’rsatadi.

67) Payvandlash rejimi nimalardan iborat?


+Payvandlash rejimi elektr, mexanik va vaqt parametrlari majmuidan iborat

68) Po‘latlardan ishlangan, 3 mm qalinlikdagi detallarni nuqtali payvandlashda tirqishlar o`lchami qanday bo`ladi?


+100 mm uzunlikda 0,3mm dan va 300 mm uzunlikda 0,9 mm dan katta bo`lmaydi

69) Po‘latlardan ishlangan, 1 mm qalinlikdagi detallarni nuqtali payvandlashda tirqishlar qanchadan katta bo‘lmasligi kerak?


+100 mm uzunlikda 0,4 mm dan va 300 mm uzunlikda 1,2 mm dan

70) Payvand uzellar ishlab chiqarishning namunaviy texnologik jarayonini ko`rsating


+detallarni tayyorlash; payvandlanadigan yuzalarni hozirlash; yig`ish; bir necha joyidan payvandlab qo`yish; payvandlash; to`g`rilash va mexanik ishlov berish; korroziyadan himoyalash; nazorat qilish.

71) Payvandalanadigan detallarning qalinliklar nisbati qanday b o‘lishi mumkin?.


+1:5 gacha, mikropayvandlashda esa 1:100 va bundan katta

72) Plastik deformatsiyalanishda ɛz va ɛr larning taqsimlanishi qanday?


+z o`qi bo`ylab qisqarish deformatsiyasi, r o`q bo`ylab cho`zilish deformatsiyasi

73) Plastik deformatsiyalanishda ɛz ɛr, va ɛθ katta qiymatlari qayerda bo`ladi?


+belbog` atrofida (z=0).

74) Plastik deformatsiyalanishda σz ning eng katta qiymatlari qayerda bo`ladi?


+Z o`qi yaqinida

75) Plastik deformatsiyalanish davri:


+butun payvandlash jarayoni mobaynida

76) Plastik deformatsiyani keltirib chiqaradigan omillar


+Elektrodlar tomonidan bo`ladigan kuch. Payvandlash joyining metali erkin bo`lmagan tarzda kengayganda yuzaga keluvchi zo`riqishlar

77) Pelte effektining mohiyati quyidagilardan iborat:


+Bu energiya qattiq va erigan holatdagi metallarda har xil bo`ladi. Agar har xil yoki qattiq, yoxud erigan holatdagi metallarning tegish joyi (kontakt) orqali elektr toki o`tkazilsa, u holda elektronlarning o`rtacha energiyasiga qarab tegish joyida issiqlik yutiladi yoki ajralib chiqadi. Bu issiqlikning energiyaning umumiy balansidagi ulushi odatda 5-10 % dan ortmaydi

78) Qizdirmasdan bosim ostida payvandlashda metallarni atomlari orasida boq`lanish yuzaga kelishi uchun metallar yuzalarini qancha masofada yaqinlashtirilishi kerak bo`ladi?


+(2–8)∙10-7 mm atrofida

79) Quyma o`zakda tokning zichligi qanday bo`ladi?


+kamayadi, chunki bu joyda qarshilik eng katta bo`ladi.

80) Qo`shni qatorlar o‘qlarining o‘rtasidagi oraliq «c» tq dan necha foiz ortiq qilib olinadi?


+20%

81) Qaysi jarayon tasvirlangan?:- . Tanavorlar listlardan gilotin, disksimon va tebranma qaychilar bilan, shtamplarda, gaz alangasi, plazma oqimi bilan kesib olinadi. Titan qotishmalaridan issiqqa chidamli po‘latlardan qilingan listlarni avtomatik bichish uchun lazerdan foydalaniladi, profillar press-qaychilar va arralar bilan kesib bo‘linadi.


+detallarni tayyorlash

82) Qotishmaning erish harorati Terish


+issiqlik sarfiga, Ipay ning qiymatiga, shuningdek elektrod-detal tegish joyidagi harorat va massa ko‘chish jadalligiga ta’sir qiladi.

83) Qiyin eriydigan qotishmalar tarkibiga


+Likvidus harorati xromning erish haroratidan (1875°C) yuqori bo‘lgan metall hamda qotishmalar Cr, V, Mo, Ta, Nb, Re, W (Terish ning o‘sib borish tartibida) kiradi.

84) Qanday payvandlash mashinalari qatori keltirilgan?: MTВ, MРВ, MШВ


+tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilanadigan nuqtali, relyefli, chokli payvandlash mashinalari

85) Qanday payvandlash mashinalari qatori keltirilgan?: MTН, MРН, MШН


+past chastotali nuqtali, relyefli hamda chokli payvandlash mashinalari

86) Qanday payvandlash mashinalari qatori keltirilgan?: MTK, MРK, MШK


+kondensatorli nuqtali, relyefli va chokli payvandlash mashinalari

87) Ruxsat etiladigan yig‘ish tirqishlarining o`lchamlari nimalarga bog`liq?


+payvandlash usuliga, uzel detallarining qalinligi va shakliga, shuningdek ana shunday tirqishli qismlar uzunligiga bog‘liq.

88) Richagli (dastaki) mexanizm qayerlarda qo‘llaniladi


+uncha katta bo‘lmagan nuqtali payvandlash mashinalari, ombirlarda, mikropayvandlashda pinsetlarda, shuningdek payvandlash va bir necha joyidan payvandlab qo‘yish uchun to‘pponchalarda

89) Richagli mexanizm


+tirsakli richaglar tizimidan iborat bo`lib, ular payvandchi sarflaydigan kuchdan (50 kN gacha) bir necha o‘n baravar ortiq bo‘lgan cho‘ktirish kuchini hosil qilishga imkon beradi. U quvvati 100 kVA dan oshmaydigan avtomatlashtirilmagan mashinalarda qo‘llaniladi.

90) Silindrsimon chulg‘am asosan quvvati 25 kVA dan oshmaydigan sterjenli transformatorlarda qo‘llanilib, nimadan va qanday yig`iladi


+bitta, kamdan-kam hollarda ikkita g‘altakdan iborat bo‘ladi, g‘altaklar dumaloq yoki to‘rtburchak kesimli izolyatsiyalangan chulg‘ambop simdan (ПСД markali mis yoxud aluminiydan ishlangan) balandligi bo‘yicha bir necha qator va eni bo‘yicha bir necha qavat qilib o‘raladi. Qatlamlar orasidagi qistirmalar uchun В sinfidagi izolyatsiyalovchi material ishlatiladi, bu material qizishga chidamlilik (125°C gacha qizdirilganda) va namga chidamlilik yetarli darajada bo‘lishini ta’minlaydi. Chulg‘am havo yoki suv bilan sovitiladi.

92) Sirtqi pardalarning elektr va fizik-mexanik xossalari


+tegish joylarida issiqlik ajralishiga hamda massa ko‘chishga ta’sir qiladi.

93) Solishtirma elektr qarshilik ρ0


+payvandlash toki va mashinaning turini ko‘p jihatdan belgilab beradi. ρ0 qancha kichik bo‘lsa, Ipay shuncha katta bo‘lmog‘i zarur. Masalan, aluminiy, qotishmalarini payvandlashda po‘latlarni payvandlashdagidan ancha katta toklar talab qilinadi.

94) Sirtqi pardalar payvandlanayotgan metallar yoki qotishmalarga nisbatan qanday eriydi?


+qiyinroq

95) Sirtqi effect nima?


+O`tayotgan tok o`tkazuvchanligi kam bo`lgan ko`proq qizigan joylarni chetlab o`tadi.

96) Siqish quchi Fpay ning ortishi…


+plastik deformatsiyalarga, oksid pardalarining yemirilishi va REE ning kamayishiga olib keladi.

97) Sirtning tozaligini qanday qilib saqlab turish mumkin?


+faqat yuqori vakuum sharoitida (kamida 1·108 mm simob ustunida) saqlab turish mumkin.

98) Tegish qarshiliklari bu-


+detal-detal va elektrod-detal tegish joylarining tor sohasida to`plangan qarshiliklardir.

99) Texnologik payvandlanuvchanlik deganda


+metallarning birikmaning o‘zida va unga tutashuvchi chok yaqinidagi joyda o‘zining texnik xossalarini jiddiy yomonlashtirmasdan birikma hosil qila olishi tushuniladi.

100) Transformator qanday asosiy uzellardan tuzilgan


+magnitli uzak (magnit o‘tkazgich), birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlardan tuzilgan.

101) Transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari qanday materiallardan yig‘iladi


+1211, 1212, 1511, 1512 markali issiq holatda yoyilgan elektrotexnika po‘lati yoki 3412, 3414 markali sovuq holatda yoyilgan elektrotexnika po‘latining 0,5mm qalinliklagi to‘rtburchak П-, Ш-simon yoki halqasimon shakldagi plastinalaridan

102) Uch fazali o‘zgarmas tok mashinalarida (tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilanadi) o‘zgaruvchan tok tarmog‘i ga ulangan uch fazali payvandlash transformatorining birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari, boshqaruvchi kentillar qanday sxemada ulangan?


+birlamchi chulg‘amlar "uchburchak" sxemasi bo‘yicha ulangan, ikkilamchi chulg‘amlari esa "yulduz" sxemasida ulangan. Boshqariluvchi kentillar (tiristorlar) birlamchi chulg‘amlarda ketma-ket ulangan, ular tokning ulanish paytini o‘zgartirish yo‘li bilan uni ravon rostlash imkonini beradi.

103) Uchma-uch payvandlash mashinalarining siqish mexanizmlari qanday vazifalarni bajaradi


+qarshilik bilan payvandlashda detallarning siqilishi va deformatsiyalanishi (qizdirish va cho‘ktirish vaqtida), eritib payvandlashda detallarning muayyan qonunga muvofiq ravon yaqinlashishini (eritish vaqtida) hamda detallarning tez yaqinlashishi va deformatsiyalanishini (cho‘ktirish paytida) ta’minlaydi. Qarshilik bilan uzlukli qizdirishdan foydalanilganda siqish mexanizmi detallarning qaytma-ilgarilama harakatini, shuningdek payvandlash zanjiri tutashgan paytlarda ularning siqishlishi va birmuncha deformatsiyalanishini amalga oshiradi.

104) Uyali panellarni ….. payvandlanadi.


+ko‘p elektrodli kallakda nuqtali

105) Yuzani hozirlash sifatini nazorat qilish qanday bajariladi?


+ko‘z bilan (po‘latlar va titan qotishmalari uchun), etalon namunalar bilan solishtirish orqali hamda elektrodlardan bittasi izolyatsiyalangan nuqtali payvandlash mashinasi turidagi qurilmalarda ikkita siqib qo‘yilgan namunalarning elektr qarshiligi rEE ni mikrommetr yoki boshqa asboblar bilan o’lchash orqali baholanadi.

106) Yig`ish qanday bajariladi?


+O‘zaro almashinuvchan bo‘lmagan detallar bir-biriga moslanadi. Detallarning yuzasi muqarrar ravishda ifloslangan bo‘ladi. Shu bois avval detallar bir-biriga moslanib, ulardan uzellar yig‘iladi. Keyin uzel bo‘laklarga ajratilib, yuzalar hozirlanadi, shundan so‘ng uzil-kesil yig‘iladi. Oxirgi bosqichda hech qanday moslash operatsiyalari bo’lishiga ruxsat etilmaydi.

107) Zarra o‘zak markazi tomon qachon harakatlanadi?


+kuchlar farqi ta’sir qilishi natijasida

108) Zich chokdagi quyma joylar (zonalar) ning bir-birini qoplash kattaligi f quyma joy uzunligi l ning kamida necha foizini tashkil etishi kerak?


+25% ini

109) Chokli payvandlash usullari


+uzluksiz, uzlukli, qadam-baqadam

110) Chayqalib to‘kilishning oldini olish uchun


+Fpay oshiriladi

111) Chokli uchma-uch payvandlash oddiy ustma-ust payvandlashga qaraganda


+uzelning og‘irligini kamaytirish, qoldiq zo‘riqishlarni ozaytirish va toliqishga mustahkamlikni oshirish imkoni beradi. Tirqish korroziyasi va elektrodlarning ifloslanish muammolari yuzaga kelmaydi.

112) O`zbek tilidagi Bosim ostida payvandlash o`quv qo`llanmasi mualliflari


+Abralov M.A, Dunyashin N.S.

113) O‘zakning eng katta o‘lchamlari turli nuqsonlar paydo bo‘lishi, elektrodlarning chidamliligini pasayishi mumkinligi sababli cheklanib, (S≥0,5 mm bo‘lgani holda) yuqori chegaralar eng kichik joiz chegaralardan qancha ortiq qilib belgilanadi?.


+15–25 %

114) O‘zgarmas tokda ishlaydigan bir fazali nuqtali payvandlash mashinalari MT–604, MT–803, MTP–1110, MTP–1409, MTP–240q, MT–I8I8, MT–2102, MT–4019 qanday materiallarni payvandlashga mo`ljallangan?


+po‘latlar va titan qotishmalarini

115) 3 mm qalinlikdagi kam uglerodli po`latdan yasalib, turlicha ishlov berilgan, elektrodlar (dE=10) mm yordamida 2kN kuch bilan siqilgan ikkita plastinaning tegish qarshiligi (o`lchash natijalariga ko`ra) quyidagilarni tashkil qilgan, mkΩ


+300 000

116) 3 mm gacha qalinlikdagi metallarni nuqtali payvandlashda quyidagi siklogramma qo‘llaniladi:


+o‘zgarmas payvandlash kuchi Fpay bilan, (a)

117) 250 kA gacha toklarni qanday kuchlanishlarda olish mumkin


+12 V gacha, kamdan-kam hollarda 25 V gacha
Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish