Boshqaruvning nazariy asoslari


Strategiyani joriy etish va amalga oshirish



Download 39,99 Kb.
bet7/7
Sana20.07.2022
Hajmi39,99 Kb.
#831267
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshqaruvning nazariy asoslari

Strategiyani joriy etish va amalga oshirish. Strategiyani joriy etish asosiy ma’muriy vazifadir, u o‘z ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi:
- strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qobil tashkilot tuzish;
- strategik soha muvaffaqiyati uchun muhim bo‘lgan resurslarni yo‘naltiruvchi moliyaviy rejani ishlab chiqish;
- ko‘zlangan maqsadga jadal erishishga yo‘naltirilgan asoslashni xodimlar uchun ishlab chiqish;
- mukofotlash tizimini qo‘yilgan maqsadyaarga erishish natijalari bilan boglash;
- tashkilotda strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat tug‘diruvchi muhit va ishchanli vaziyatni yuzaga keltirish;
- tashkilotning har bir azosiga kunma-kun o‘z vazifasini samarali bajarishiga imkon beradigan qo‘llab-quvvatlash ichki tizimini barpo qilish;
- muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (malaka oshirish yoki qayta tayyorlashni) tatbiq etish;
strategiyani oldinga siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni muntazam yaxshilash uchun zarur bo‘lgan ichki yetakchilik tizimini joriy etish.
Ma’muriy vazifa nima qilinayapti va strategiyani samarali amalga oshirish uchun nimalarni qilish kerakligining mutanosibligiga erishishdan iboratdir.
Strategiya bilan tashkiliy imkoniyatlar, strategiya bilan mukofotlash tizimi, strategiya bilan qo‘llab-quvvatlash ichki tizimi, shuningdek strategiya bilan tashkiliy madaniyat (qadriyatlar va e’tiqodlar shaklida namoyon bo‘luvchi) o‘rtasida mutanosiblik qancha yuqori bo‘lsa, strategiya shuncha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Ishlarni baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va to‘g‘rilovchi harakatlarni amalga oshirish. Boshqaruv strategiyasining yuqorida ko‘rib o‘tilgan to‘rt vazifasini birdaniga va doimiyga hal etib bo‘lmaydi. Uzoq muddatli maqsadlar o‘zgartirishni taqozo etishi mumkin: ular oshirilishi yoki pasaytirilishi ehtimoldan holi emas, bu to‘plangan tajriba va kelajakdagi istiqbol bilan bog‘liq. Tashkilot strategiyasini amalga oshirish yo‘llarini qabul qilish tahlil etiladi va yangi, yanada samaraliroq yo‘llarni izlash amalga oshiriladi.
Tashkilot vazifasi, maqsadi va strategiyasi, shuningdek strategiyani amalga oshirishga yondashishlik hech qachon tugal bo‘lmaydi. Ishlarni baholash va to‘g‘rilash harakatlarini amalga oshirish meyoriy hol hisoblanadi va strategik boshqaruv jarayonining o‘zluksiz davom etadigan zarur unsurlari bo‘lib qoladi.
Sanab o‘tilgan 5 strategik vazifa rahbarning boshqa lavozim majburiyatlari (kundalik ishni nazorat qilish, tang vaziyatlarni xal etish, yig‘ilishlar o‘tkazish, hisobotlar tuzish, insonlarga oid muammoni hal qilish, maxsus topshiriklar jamoatchilik majburiyatlarini bajarish va h.k.)lardan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi. Keyingilar butoqlar bo‘lib tana - strategik boshqaruv vazifasi atrofida joylashadi.
Yuqorida berilganlardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin, ya’ni boshqaruv strategiyasi 5 o‘zaro bog‘liq vazifani bajarishga asoslanadi: strategik ko‘ra bilish va tashkilot vazifasini shakllantirish; maqsadlarni belgilash; maqsadlarga erishish strategiyasini ishlab chiqish; strategiyani joriy etish va amalga oshirish; ishlarni baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va to‘g‘rilovchi harakatlarni amalga oshirish. Bu vazifalar bir yo‘la va abadiy hal bo‘lgan harakatlar o‘tkazish zarurati yuzaga chiqadi.

ADABIYOTLAR





    1. O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida” gi Qonuni Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (“Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”) Toshkent. 1997 y.

    2. Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza.

    3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони. // Ҳаракатлар стратегияси асосида жадал тараққиёт ва янгиланиш сари. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2017. – Б.70-71.

    4. Hashimov K., Pedagogika tarixi / Dаrslik. – Tоshkеnt: “Istiqlol” nаshriyoti, 2005.

    5. Mаvlоnоvа R., To’rаеvа О, Hоliqbеrdiеv K. Pеdаgоgikа / Kаsb-hunаr kоllеjlаri uchun dаrslik. Ikkinchi nаshr. – Tоshkеnt: O’qituvchi, 2001.

    6. Pеdаgogikа (Pedagogika nazariyasi va tarixi). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. J.Hasanboev , O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: Noshir, 2011.- 456 b.

    7. Аxmеdоvа M.E., Niyozоv G. “Pеdаgоgikа tаrixidаn sеminаr mаshg’ulоtlаri” o’quv qo’llаnmа T:2011, Nоshir nаshriyoti 157 b.

    8. A.Sohibov. Milliy pedagogika taraqqiyoti tarixi. O’q’uv q’o’llanma. Toshkent. “Abdulla Q’odiriy nomidagi xalq’ merosi nashriyoti”. 2004 yil.


1Jeff Halstead -“Yangi pedagogikani boshqarish” (O’qitish jarayonini tubdan o’zgartiruvchi olti prinsip)- Navigating the new pedagogy. Jeff Halstead. rowman & Littlefield Education. Lanham, New York, Toronto, Plymouth, UK. 2011 . isbn 978-1-61048-023-9



Download 39,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish