Boshqaruvning: mohiyati, ahamiyati, zaruriyati, maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?



Download 28,75 Kb.
bet2/2
Sana03.03.2022
Hajmi28,75 Kb.
#480073
1   2
Bog'liq
3 Amaliysi

Optimallik – tuzilma bo’linmalari o’rtasida eng kam boshqaruv bo’g’inlariga ega bo’lgan holda o’zaro aloqalarni rasional tarzda o’rnatish-dir. Shu sababli ko’p bo’g’inlilikni qisqartirish boshqaruv tizimini takomillashtirish oldiga qo’yiluvchi asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Tezkorlik (operativlik) – barcha funksional bo’linmalarning, zarur hollarda ishlab chiqarish bo’linmalarining, boshqaruv qarorlari o’z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun o’zaro aloqalar aniqlik bilan olib borilishi.
Ishonchlilik – axborotlarni o’z vaqtida olish va boshqaruv qarorlarini bajaruvchilarga va bajarish joylariga o’z vaqtida yetkazishni ta’minlaydi. Ishonchlilik va tezkorlik joriy va istiqboldagi boshqaruv tizimining samaradorligida muhim turtki hisoblanadi.
Tejamkorlik – bu, asosan boshqaruv tizimida maksimal samaraga erishgan holda boshqaruv apparati va uning xarajatlarini kamaytirishga, ya’ni ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga erishishdir.Aytib o’tish kerakki, korxona jamoasi va ishlab chiqarishni boshqarishni takomillash-tirish sohasida barcha uchun bir xil yo’l mavjud emas.
Mazkur vazifa muayyan sharoit, holat va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda yuzaga keladi va hal qilinadi. Biroq bunda ham o’zgarmas bir qoida mavjud bo’lib, unga ko’ra, har bir o’zgartirish, yaxshilanish va shakl o’zgartirishlar avvaldan o’ylab chiqilishi hamda ilmiy jihatdan asoslab berilishi zarur. Masalan, hozirgi paytda korxonalarni boshqarishni takomillashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri sifatida avtomatlash-tirilgan boshqaruv tizimini (ABT) yaratish va amaliyotga kiritish hamda ish vaqt yo’qotilishining oldini olish, uskunalarning bekor turib qolishini qisqartirish, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanishga ko’maklashuvchi kompyuter texnikasidan foydalanishni ko’rsatish mumkin.
Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, korxonalarni boshqarishning sexsiz tuzilmasi yuqori darajada samarali bo’lib, boshqaruvni markazlashtirishni qisqartirish hamda kichik va o’rta korxonalarning ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi ahamiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqaruv tizimini tkaomillashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri - korxonaning funksional xizmatlari va bo’limlari faoliyatini ortiqcha tuzilmaviy bo’linmalarni tugatish, xizmat ko’rsatuvchi bo’limlarni optimallashtirish, birlamchi hisobga olish hamda hisob-kitob va boshqa boshqaruv amallarini soddalashtirish yo’li orqali muvofiqlashtirishdir. Bu yerda ishlab chiqarishni tezkor boshqarishning ko’plab funksiyalarini avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirish imkonini beruvchi, boshqaruv-ning yangi texnikasidan, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan turli xil hisob-kitob va tahlil vositalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Boshqaruv tizimini takomillashtirishda texnik vositalar, boshqaruv jarayonlarini mexanizasiyalashtirish, jumladan, ABT asosidagi faoliyat, boshqaruv tadqiqotlari va loyihalari o’z-o’zidan yoki avtomatik ravishda kerakli natijalarga olib kelmaydi. Bu yerda ko’p narsa insonlarning, ayniqsa, menedjerlarning faoliyatiga bog’liq bo’ladi. Shu sababli ijtimoiy omillarning rivojlanishi, ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli kuchayishi, ayniqsa, korxonalarga boshqarishning rasional shakllarini tanlashga keng imkoniyatlar yaratib berilgan hozirgi paytda muhim ahamiyatga ega. Mustaqillikni kengaytirish va ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli o’sishi iqtisodiy fikrlashning kerakli tomonga yo’naltirilishiga xizmat qiladi hamda boshqarishni yaxshilashni korxona rahbaridan tashqari butun jamoaning vazifasi qilib belgilaydi.
Download 28,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish