Ma'muriy-huquqiy tamoyili xodimlarni egallab turgan lavozimiga qarab farqlashni nazarda tutadi: zavod direktori, sex boshlig'i, reja bo'limi boshlig'i, bosh buxgalter va h.k. Shunday qilib, butun boshqaruv tizimining asosiy elementi Xodimdir, u ayni bir vaqtda boshqaruvning ham obyekti, ham subyekti bo'lib maydonga chiqishi mumkin. Korxona xodimlari obyekt sifatida faoliyat ko'rsatishiga sabab shuki, ular ishlab chiqaruvchi kuch, har qanday ishlab chiqarish jarayonining asosiy tashkil etuvchisidir. Shu boisdan ishlab chiqarishdagi inson resurslarini rejalashtirish, shakllantirish, qayta taqsimlash va oqilona foydalanish Xodimni boshqarishning asosiy mazmunidir. Ishlab chiqarishning moddiy-buyum elementlarini boshqarish ham xuddi shu nuqtayi nazardan qarab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |