3.Xodimlarni samarali boshqarish orqali korxonalar boshqaruv tizimini rivojlantirish yo‘llari Iqtisodiyotni boshqarish keng ma‘noda iqtisodiy obyektlarni, jarayonlarni, munosabatlarni boshqarishni ifoda etadi. Bunday talqinda boshqaruvning har bir qismida inson omilining, odamlar ishtirokidagi boshqaruv omilining mavjudligi chetdan nazar tashlaganda ko‘rinmagandek tuyuladi. E'tiborga olish kerakki, boshqaruv tizimi majmuasida birinchi o'rinda moddiy farovonlikni yaratishda ishlab chiqarish jarayonida, insonlar tomonidan foydalaniladigan mehnat qurollari va manbalarining to'planishi turadi. Menejment tizimidagi insonlar - bu nafaqat uning bir elementi, balki ishlab chiqarishni boshqarish tizimining barcha asosiy aloqalari qo'shilib ketadigan markazdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |