extiyojlarining o’sib boorish qonunining amal qilishi resurslarning cheklanganligi
logistik va boshqa xarajatlarni doimiy nazorat va tahlil qilish zaruriyatini keltirib
chiqarmoqda. Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichida boshqaruv tahlilining
tashkil etuvchilari sifatida ichki retrospektiv (ishlab chiqarish xo’jalik faoliyati
samaradorligini aniqlash), bozor va ishlab chiqarishdagi qisqa muddatdagi
o’zgarishlarni tezkor tahlil qilish va istiqbol tahlil maydonga chiqadi.
Zamonaviy boshqaruv tahlili taktik, istiqbol , strategik va samarali boshqaruv
qarorlarni qabul qilish uchun pozitiv muammolarni aniqlashga yo’naltiriladi.
Boshqaruv tahlili xarajatlarni, ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini va bozor
muhitini prognozlashtirish imkoniyatini yaratadi .
Boshqaruv tahlili quydagi maqsadlarga yo’naltiriladi:
✓ korxonaning , biznes segmentlarining ushbu tovar bozoridagi o’rnini
baholash (korxonaning tashkiliy texnik imkoniyatlarini , maxsulot
raqobatbardoshliligini, bozor sig’imini aniqlash);
✓ ishlab chiqarish omillaridan oqilona foydalanish hisobiga maxsulot ishlab
chiqarish va sotish xajmini ko’paytirishning imkoniyatlarini tahlil qilish ;
✓ mahsulot ishlab chiqarish va sotish natijalari va ushbu jarayonlarni
jadallashtirish omillarini baholash ;
✓ mahsulot assortimenti va sifati bo’yicha yangi ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish, faoliyatni diversifikatsiya qilish bo’yicha boshqaruv qarorlarini
qabul qilish;
✓ ishlab chiqarish harajatlarini boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish
✓ narxlashtirish siyosatini aniqlash
✓ zararsizlikni ta’minlash maqsadida sotuv xajmini , xarajatlar va foydaning
o’zaro bog’lanishini tahlil qilish .
Boshqaruv tahlili subyekti bo’lib rahbariyat, menejerlar, mutaxassislar, jalb
etilgan auditorlar , ekspertlar, konsultantlar hisoblanadi.
Boshqaruv tahlilini o’rganish sifatida korxonalarning iqtisodiy tizimlari , biznes
jarayonlar, tashkilotning xo’jalik faoliyati maydonga chiqadi. Bunda xo’jalik
faoliyati butun tashkilot maqsadlariga erishishga yo’naltirilishi kerak.
Korxonada boshqaruv tahlili ob’yekti – resurslar (ishlab chiqarish vositalari,
mehnat resurslari), natijalar (mahsulot va tannarx), bozor muhiti.
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib boshqaruv tahlili quydagi vazifalarni
bajaradi:
✓ bozordagi xo’jalik vaziyati va o’rnini baholash ;
✓ ijobiy va salbiy omillarni va ularni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash ;
✓ qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarini tayyorlash;
✓ xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va ishga
solish .
Demak, boshqaruv tahlili- bozor iqtisodiyoti sharoitida va biznesni va biznes
jarayonlarini kompleks iqtisodiy tahlil qilishning tarkibiy qismi (segmenti) sifatida
vujudga kelgan, xo’jalik yuritish strotegiyasini tanlashda tizimli tadqiq qilish,
natijalarni istiqbollashni ta’minlaydigan ilmiy fandir.
Boshqaruv tahlili predmeti – korxona va tashkilotlar, klasterlarning boshqaruv
munosabatlaridir.
Boshqaruv tahlili biznesni operativ va strategik boshqarishning ajralmas
funksiyasi hisoblanadi.
Boshqaruv qarorlari operativ va strategik qarorlarga bo’linadi. Shu sababdan
ularni asoslash ham operativ va strategik tahlil asosida amalga oshiriladi.
Operativ boshqaruv tahlili korxonalarning kundalik faoliyatida joriy boshqaruv
qarorlarini qabul qilish, operativ rejalarnoi korrektirovka qilish qilish uchun zarur.
Strategik tahlil tashkilot missiyasini, maqsadini, biznes strategiyalarini
shakillantirish jarayonlarining axborot ta’minotini yo’lga qo’yish orqali strategik
boshqarish jarayonini tashkil etishni ta’minlaydi.
Xo'jalik faoliyati va unda kechadigan jarayonlar ko‘p fanlarning tadqiqot obyekti
bo'lib hisoblanadi. Bu fanlar jumlasiga iqtisodiyot nazariyasi, makro va
mikroiqtisodiyot, xo‘jalik moliya faoliyati boshqaruvini tashkil etish, biznes
rejalashtirish, statistika, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil fanlarini kiritish
mumkin.
Korxona iqtisodiyoti tarmoq yoki korxonadagi aniq sharoitda umumiy va
xususiy qonunlarning iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini o’rganadi. Statistika xo’jalik
faoliyatidagi iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jixatdan o’rganadi. Xo’jalik
faoliyatida kapitalning aylanishini o’rganish buxgalteriya hisobi fanining predmetini
tashkil etadi. U barcha xo’jalik operatsiyalarini, jarayonlarni va korxona
mablag’larining xarakatini xujjatli tarzda ifodalaydi. Boshqaruv tahlili fanining
predmeti nimadan iborat?
Boshqaruvi tahlilining predmeti bo‘lib iqtisodiy holatlar va jarayonlar orasidagi
sabab-oqibat aloqalari hisoblanadi. Korxonalarda boshqaruvning sabab-oqibat
aloqalarini bilish, iqtisodiy holatlar va jarayonlar mohiyatini ochish hamda shu
asosida erishilgan natijalarga to‘g‘ri baho berish, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish imkoniyatlarini aniqlash, rejalar va boshqaruv qarorlarini asoslash
imkoniyatini beradi.
Boshqaruv tahlilining bosh uslubiy masalasi bo‘lib, sabab-oqibat aloqalarini
guruhlash, ma’lum tizimga solish, modellashtirish, o’lchash hisoblanadi.
Korxona boshqaruvi obyekti sifatida, korxona hamda uning iqtisodiy natijalari
ham maydonga chiqishi mumkin, ya’ni bular, mahsulot ishlab chiqarish va sotish
hajmi, uning tannarxi, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanish,
ishlab chiqarishning moliyaviy natijalari hamda korxonaning moliyaviy holatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: