Boshqaruv tahlili fanining predmeti, mazmuni, ahamiyati va vazifalari


Boshqaruv  tahlili fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, boshqaruv



Download 223,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana14.08.2021
Hajmi223,66 Kb.
#147343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mavzu boyicha maruza

1.4.Boshqaruv  tahlili fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, boshqaruv 

tahliliga qo‘yiladigan asosiy talablar. 

 

Boshqaruv tahlili bir qator iqtisodiy va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. 

Bu  fanlarni  mukammal  egallash  boshqaruv    tahlilini  sifatli  darajada  o‘tkazishda 

muxim axamiyatga ega. 

Birinchi  o‘rinda  boshqaruv    tahliliga  aloqador  fanlar  orasida  iqtisodiy 

qonunlarni, ularni ishlash mexanizmini o‘rganuvchi va barcha iqtisodiy fanlar rivoji 

uchun  nazariy  asos  hisoblanuvchi  fan  —  iqtisodiyot  nazariyasini  alohida  ajratish 

kerak. Tahliliy hisoblarni amalga oshirishda yuqoridagi qonunlarni e’tiborga olish 

zarur. 

Boshqaruv  tahlili  o‘z  navbatida  tarmoq  iqtisodiyoti  bilan  ham  aloqadordir. 

Tarmoq  iqtisodiyotini,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish,  mehnatni  tashkil  qilish, 

me’yorlash  va  shu  kabilarni  bilmay  turib,  boshqaruvini  chuqur  tahlil  qilib 

bo’lmaydi.  Tahlil  aniq  bir  korxona  yoki  butun  tarmoq  iqtisodini  yuksalishiga 

yordam beradi. 




Boshqaruv tahlili “Biznesni  rejalashtirish” fani bilan chambarchas bog‘liqdir. 

Tahlilda  rejaviy  materiallardan  keng  foydalaniladi.  Shuning  uchun  tahlil  qiluvchi 

iqtisodiyotni  boshqarish asoslari va tahlil qilinuvchi korxonaning ishlab chiqarishini 

rejalashtirish uslubini bilishi zarurdir. Ayni bir paytda boshqaruv tahlili natijalaridan 

keng foydalanmay turib, ilmiy asoslangan rejalashtirish va milliy iqtisodiyot hamda 

korxonalar boshqaruvini amalga oshirib bo‘lmaydi. 

Tahlilning  buxgalteriya  hisobi  bilan  aloqasi  ikki  tomonlama  bog‘liqlik 

xarakteriga  ega.  Bir  tomondan,  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  boshqaruv  

tahlilida  asosiy  axborot  manbasi  hisoblanadi.  Buxgalteriya  hisobi  uslubini  va 

hisobot  ma’lumotlarini  bilmay  turib,  tahlil  uchun  zaruriy  materiallar  to‘plash  va 

ularning yaxshi sifatliligini tekshirish o‘ta qiyindir. 

Boshqaruv  tahlili  korxonalarni  moliyalashtirish  va  kreditlash  bilan  ham 

bevosita bog’liqdir. Milliy iqtisodiyot tarmog‘ini moliyalashtirish va kreditlashning 

joriy  tajribalarini,  moliyaviy  va  kredit  organlari  va  tashkilotlarini  o‘zaro 

bog‘lovchilarini  bilmay  turib  mukammal  boshqaruv    tahlilini  amalga  oshirib 

bo‘lmaydi. 

Boshqaruv  tahlilining  samaradorligi,  foydaliligi,  ta’sirchanligi  va  undan 

olinadigan qaytim quyidagi talablarning bajarilishiga bog‘liq: 

1. Tahlilning  ilmiy  xarakterga  ega  bo’lishi,  dialektik  anglash  nazariyasiga 

asoslanishi,  korxonaning  rivojlanishida  iqtisodiy  qonun  va  qonuniyatlar  talabini 

e’tiborga olishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishi, ilg‘or tajriba va 

iqtisodiy tadqiqotni yangi usullaridan foydalanishi. 

2. Tahlil kompleks bo’lishi lozim, ya’ni korxonaning barcha, texnika- iqtisodiy 

ko‘rsatkichlari, sex va uchastkalari chuqur tahlil qilinib, unga ta’sir qilgan sabablarni 

aniqlash. 

3. Tahlil  ma’lum  tizimga  asoslanib  o’tkazilishi  lozim,  ya’ni  har  qanday 

o‘rganilayotgan  obyekt  bir  necha  o‘zaro  bir-biri  bilan  bog’liq  bo’lmagan  mayda 

tizimchalardan iborat murakkab dinamik tizim deb qaralishi kerak. Har bir obyekt 

barcha ichki va tashqi aloqalarining, uning alohida elementlarini o‘zaro bog’liqligi 

va tobeligini e’tiborga olgan holda o‘rganish kerak. 




4. Xo'jalik  faoliyatini  tahlili  obyektiv,  aniq,  ishonchli  va  tekshirilgan  axborot 

ma’lumotlariga  asoslangan,  obyektiv  haqiqatni  real  ko’rsatuvchi  bo’lishi  kerak. 

Uning xulosalari esa aniq tahliliy hisobotlarga asoslanishi kerak. 

5. Tahlil ta’sirchan bo’lishi lozim, ishlab chiqarishni borishiga, uning natijasiga 

tez ta’sir qilishi kerak. Tezlik bilan tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda iqtisodiy, 

tashkiliy  va  texnikaviy  chora-tadbirlar  ishlab  chiqilib,  unga  tayangan  holda  rejani 

asoslash,  unga  o‘zgarishlar  kiritish  lozim.  Aks  holda  tahlil  o‘z  oldiga  qo‘ygan 

maqsadga erisha olmaydi. 

6. Tahlil  rejaga  asosan  tizimli  ravishda  o’tkazilishi  kerak.  Bundan  ko‘rinib 

turibdiki, tahlil faqat ishlab chiqarish rejasi bajarilmagandagina emas, balki texnika-

iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ortig’i bilan bajarilganda ham o’tkazilishi shart. Sababi, 

yaxshi  natijalar  ostida  ba’zi  bir  iqtisodiy  ko’rsatkichlar,  sex  va  uchastkalarda 

muammo,  xato  va  kamchiliklar  mavjud  va  yashirilgan  bo’lishi  mumkin.  Bunday 

holatlarda o’tkazilgan tahlil korxonani oqsoq tomonlarini ochib tashlaydi. 

7. O’tkaziladigan tahlil tez va aniq bo’lib, qisqa vaqt ichida qaror qabul qilinib, 

uni hayotga tatbiq qilishi lozim. 

8. Tahlilning  muhim  talablaridan  biri  -  ilg‘or  korxonalarning  ichki  xo‘jalik 

imkoniyatlarini  ishlab  chiqarishga  tatbiq  qilish  uchun  tahlil  jarayoniga  keng 

ommani, mutaxassis va ilg'or ishchilarni taklif qilishdir. 

9. 


Tahlilning  eng  muhim  tomoni  tahlil  jarayonida  aniqlangan  yutuq, 

imkoniyatlarni hayotga tatbiq qilish, xato-kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida 

har tomonlama asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir. 

10. 


Tahlilning yana bir muhim tamoili ishlab chiqilgan tashkiliy- texnikaviy va 

iqtisodiy tadbirlar bajarilishini tizimli ravishda nazorat qilish va zaruriyatga qarab 

ularni qayta ko‘rib chiqish, kerakli o‘zgartirishlar kiritishdir. 

Shunday qilib, tahlilning asosiy talablari bu ilmiylik, komplekslilik, tizimlilik, 



ob’yektivlik, aniqlik, tezkorlik va samaradorlik bo’lib hisoblanadi. 

 

 

Download 223,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish