Boshqaruv psixologiyasi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/169
Sana04.04.2022
Hajmi3,2 Mb.
#527068
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   169
Bog'liq
fayl 2151 20211115

xulq psixologiyasi
maktabi vakillari 
shakllantirish jarayonga pertseptiv operatsiyalarni o„zgartirish qabilidagi qarashni 
taklif etadilar. Buning asosiy natijasi atrofdagilarning shaxs imijini munosabat 
tarkibi sifatida qabul qilishi bilan ifodalanadi. Amerikalik tadqiqotchilar O.Konel, 
K.Daniyel verbal imijni shakllantirishning aniq ko„rsatmasini berishgan: 
“Liderning nutqi, o„zini tutishi va yuz tuzilishi unga bo„ysunuvchilarning nutqidan 
farq qiladi. Nutqlar buyruq ko„rinishida ifoda etiladi, … bo„ysunuvchilar-ga 
nisbatan past ohangda bo„ladi. Unda tanaffus ko„p bo„ladi” deyiladi. 


209 
F.Perlzning shaxsga oid nazariyasi va psixoterapevtik ta‟sir tarafdorlari 
(
geshtaltterapiya
) imijni butun bir tizim sifatida, ya‟ni unga qandaydir aniq va 
real narsaday qarashni (“shu yerda va hozir”) hamda shakllantirishni taklif etadilar 
(figura va fonning mos kelishi). 
Kognitiv psixologiya
tarafdorlari esa, imijni 
shakllantirish tamoyilini o„rgatuvchi strategiya (sub‟yekt tomonidan anglab 
qilinadigan) sifatida taklif etishadi. Yana bir nazariyalardan biri 
“tanqislik 
nazariyasi”
imijning emotsional ta‟siri xususiyatlari asosida yaratilgan. “Ayniqsa, 
maqsadli axborotning aniqligi kamyob paytida intensiv tasavvurni yuzaga 
keltiradi. Bunday holda tasavvurni rag„batlantiruvchi ongning kompensatorlik 
mexanizmlari ishga tushadi… o„ylab oxiriga yetishning erkinlik darajasi... 
mutaxassislar tomonidan qat‟iy nazorat qilinadi”. 
Imij, munosabatda bo„ladigan guruhlarda rahbarning faqatgina cheklangan 
professional va shaxsiy tomonlarini ko„rsatadi. Bularni retsipiyentning tasavvuri 
to„ldirib turadi, lekin axborotning ko„pligi diqqatni chalg„itishi ham mumkin. Balki 
shuning uchundir imijni shakllantirayotgan insonlar shaxsiy ma‟lumotning katta 
qismini yashiradilar: ma‟lumotning kamligi qiziqish va tasavvurni uyg„otadi. 
Tarixchi Ye.Tarle quyidagi fenomenga qaratadi: “Napoleon nutqlarining 
barchasidan tarixdagi “Napoleon afsonasi” uchun ko„p narsa topishimiz mumkin, 
lekin Napoleonning o„zini namoyon etuvchi qimmatli va ishonchli ma‟lumotlar 
juda kam”. 
Qator mualliflarning fikricha, imij ko„proq tanazzul, ekstremal holatlarda 
yaqqol ko„rinadi. Agar dramatizm effekti bo„lmasa, uni shakllantirish zarur: yuqori 
minbarda turib chiroyli gapiradigan rahbarlar juda mashhurdirlar. Ye.Manyakina 
rahbar harakatlarida novatorlik bo„lishi kerak, deb hisoblaydi. 
Psixolog Ye.Grishunina imijni shakllantirishda muomala psixologiyasiga 
suyanadi: “doston”ning yaratilishi va shaxsiy uslub (mimika, yuz tuzilishi, poza va 
kiyimlar) ishlab chiqilishi kerak. Muallif fikricha, matbuot bilan munosabatlarni 
to„g„ri olib borish, matnlarning psixolingvistik tashxisini o„tkazish o„ta muhimdir. 
Doston va “ko„pirtirilgan” biografiyaga keladigan bo„lsak, ko„plab 
mualliflar 
(G.Pochepsov, 
S.Lisovskiy) 
buni 
zarur 
deb 
hisoblaydilar. 


210 
Qahramonlarni dostonlar, afsonalar yaratadi. A.Kamyu yozganidek “afsonalar 
ularni bizning tasavvurlarimiz tiriltirishi uchun yaratiladi”. 
Yana bir qator mualliflar (V.Moiseyev, G.Pochepsov va boshqalar) imijni 
shakllantirishni neyrolingvistik dastur asosida ishlab chiqishni taklif etadilar. Lekin 
bu mualliflar NLDlar haqida yuzaki tasavvurga egadirlar va ular taklif etayotgan 
yo„l o„zini tutish usullarini yodlab olishni eslatadi. Ushbu uslubning falsafasi 
ancha chuqur va quyidagi: “Sizda muvaffaqiyat uchun barcha kuchlar mavjud”
degan universal iborada ifodalangan. O„z imkoniyatini yo„lga solmasdan, o„z 
ustida ishlamasdan turib rahbar NLD uslubini qo„llashi, o„z ortidan odamlarni 
ergashtirishi mumkin va bunda u o„z harakatlari uchun javobgarlik sezmasligi 
mumkin. Balki NLD aslida psixokorrektsion uslubga asoslanganligini unutmaslik 
kerakdir. NLD – tibbiyotdan menejment sari yunalganda o„zgacha tus olishi 
mumkin. Bu uslubning asoschilari R.Bendler va D.Grinderlar XX asrning 70-
yillarida: “Biz psixolog ham, nazariyotchi ham emasmiz. Biz haqiqat, aslida, 
qanday ekanligini bilishni o„ylamaymiz. Modellashtirishning funktsiyasi foydali 
bo„lgan tasavvurni yaratishi kerak. Biz hech qanday haqiqatni taklif etmayapmiz, 
faqat foydali narsa taklif qilamiz”, deb ogohlantirganlar.
Ukrainalik filolog 
G.Pochepsov: “Bu strategiyada imijmeykerning ishi o„z ob‟yektini yuqori darajada 
ijobiy tomonga yo„naltirishdan iborat”, – deb aytadi. 
NLD uslubidan, asosan, shaxsiy “resurs”larni ochishda foydalanish kerak. 
Marketing psixologiyasida “imijni boshqarish tamoyili” tushunchasi mavjud 
bo„lib, yuz yillar oldin G„arbda ishlab chiqarishdagi jamoaning psixologiyasini 
boshqarish strategiyasini yaratishni boshlaganlar. Rahbarning imiji to„g„risidagi 
tasavvur munosabatlardagi guruhga ularga yetib kelgan ma‟lumot asosida 
yaratiladi va ongiga singadi. Ushbu “PR” tamoyilining muallifi, deb amerikalik 
tadqiqotchi A.Lini hisoblash mumkin. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish