Boshqaruv psixologiyasi


Katta kommunikativ kenglikka chiqish



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/169
Sana04.04.2022
Hajmi3,2 Mb.
#527068
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   169
Bog'liq
fayl 2151 20211115

Katta kommunikativ kenglikka chiqish
. OAVlari bilan keng 
miqyosdagi aloqalar o„rnatish barobarida, rahbar informatsion marafonga to„liq 
tayyor hisoblanadi. Shu bois ham, “ichkaridan pishgan”, induvidual xususiyatlarni 
hisobga olgan imij, hatto “bo„ronli holat”da ham turib bera oladi. Bunday hollarda, 


218 
allaqachon, 
rahbarning 
salohiyatiga 
aylangan 
imij 
kutilmagan 
muvaffaqiyatsizliklarda sinmaydi. 
(10) 
Natijalarni tekshirish va yangi o„zgarishlar kiritish kerakligini 
anglash
. Hayot bir joyda muqim turmaydi va hatto eng ijobiy imij ham vaqti kelib 
o„zgarishlarni hamda zaruriy talablarga qayta moslashishlarni (korrektsiya) talab 
qilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda esa, kognitiv psixologiyaga asoslangan 
holda, haqiqiy professional psixolog rahbar (yoki yangi lavozimga da‟vogar)ga 
o„zini o„zi shakllantirish va talablarga moslashtirish uslublarini ham o„rgatishi 
kerak bo„ladi. 
Shu bois, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida zaxira kadr imijini 
shakllantirishda kelajakdagi o„zgarishlarga ehtiyoj sezilib, jamiyatda ijtimoiy-
madaniy o„zgarishlar bosqichi boshlanmoqda. Yangi zamonaviy rahbarning imiji – 
bu san‟atni qadrlovchi, “sog„lom yashash tarzi”ni targ„ib qiluvchi, oilaparvarlik
vatanparvarlik tuyg„ulariga ega hamda “ommaviy” ma‟lumot sohibi demakdir. Imij 
nafaqat “omma fikri”ga mos kelishi, balki bu fikrni shakllantirishi ham kerak.
Demakki, imij yaratish strategiyasini yaxlit holdagi ijtimoiy-psixologik 
dinamik jarayon sifatida tasavvur qilish mumkin.
75
Jismoniy tarbiya va sport sohasi rahbarligiga da‟vogar 
(nomzod)ning kasb professiogrammasini yaratishning ilmiy-amaliy 
asoslari 
Fanda professiogramma deganda, biror kasbning ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab 
chiqarish va texnik, sanitariya-gigiyena, psixologik va boshqa xususiyatlarini 
bayon etish tushuniladi. Professiogramma faqatgina kasb yoki mutaxassislikka 
qo„yiluvchi talablarnigina emas, balki ish joylariga bo„lgan talablarni ishlab 
chiqishga ham imkon beradi. Professiogrammani yaratish juda mashaqqatli ish 
bo„lib, bu tadbirga sarflanadigan vaqt, xarajatlar olinadigan natija, maqsad 
qanchalik muhimligi bilan belgilanadi. 
75
Ҳайитов О.Э. Лавозимга даъвогар имиджини шакллантириш ва ривожлантириш босқичлари / 
Таълим менежменти. – 2008. – № 2 (18). – Б. 70–74. 


219 
Bunday professiogrammalardan quyidagi sohalarda foydalanish mumkin: 
(1) Mavjud ish o„rinlari, xususan boshqaruvga kadrlarni tanlashda; 
(2) Mehnat 
sharoitlarining 
sanitariya-gigiyena 
jihatlarini 
mukammallashtirishda hamda mehnat va dam olishni to„g„ri rejalashtirishda; 
(3) Mehnat xavfsizligini yaxshilash; 
(4) Kadrlar turg„unligini ta‟minlashda; 
(5) Jamoadagi ijtimoiy-psixologik muammolarni hal etishda; 
(6) Mehnat sifatini oshirishda. 
Umuman olganda, professiogramma – u yoki bu kasbga qo„yiladigan 
talablardan kelib chiquvchi shaxsga xos bilim, malaka va ko„nikmalarning 
uyg„unlashgan yig„indisidir. 
Rahbarlarga qo„yiluvchi talablar asosida yaratiluvchi professiogrammalar 
haqida gapirar ekan M.Quronov ta‟kidlaydiki – “Muayyan lavozim 
professiogrammasi – ushbu lavozim egasi qanday bo„lishi kerak?, – degan savolga 
javoblar yig„indisidir”.
76
Odatda kasb professiogrammalari ishlab chiqishda turli yondashuvlar bo„lib, 
ular muayyan maqsadlardan kelib chiqqan holda tuziladi. Masalan, yoshlar orasida 
kasbga layoqatli nomzodlarni aniqlashda asosiy mezon – kasbiy tarbiyaga moyillik 
bo„lsa, malakali mutaxassis uchun esa boshqa professiogramma, ya‟ni uning 
mustaqil ishlay olish layoqati aniqlanadi. 
Hozirgi paytda amaliy menejment sohasida professiogrammalar yaratishga 
modulli yondashuv va kasb xislatlarini ekspertli baholash yondashuvlari mavjud. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish