Strategik komanda
– kelajakka yo„nalgan maqsad va vazifalarni belgilash
uchun tashkil etilib, mazkur komanda rahbar, uning muovinlari, yordamchilari va
tashkilotdagi malakali mutaxassislardan iborat bo„ladi. Bundan tashqari
komandaga ekspert sifatida chetdan mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin.
Bunday komandalar muhim tadbir yoki korxona kelajagini rejalashtirish bo„yicha
tashkillashtiriladi.
Stresslarni boshqarish
– rahbarning bosim o„tkazilganda va ziddiyatli
vaziyatlarda o„zini qo„lga ola bilish xususiyati.
Tashabbuskorlik
– rahbardagi tegishli ko„rsatmalar olish yoki kuchli zarurat
tug„ilgunga qadar nima qilish kerakligini ko„ra olish qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |