Mijozga yondashuv
– menejerning ichki va tashqi mijozning talabini
qondirishdan manfaatdor ekanligini ko„rsata olish xususiyati.
Missiya
– bu eng oliy maqsad bo„lib, inson butun umrini shu maqsadga
intilish uchun bag„ishlaydi. Odatda missiya shakllanishi va inson tomonidan
anglanishi, uning yetuk yoshlariga to„g„ri keladi. Missiya inson hayotining
yo„nalishini ifodalaydi. Odatda har bir inson hayotida o„z missiyasiga ega va
hamma gap uni erta yoki kech anglanishidadir. Psixologiya fanida katta o„rin
egallagan gumanistik yo„nalish e‟tirof etadigan asosiy vazifalardan biri – insonga
uning missiyasini anglashda yordam berishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |