Boshqaruv psixologiyasi


BOSHQARUV PSIXOLOGIYASINING PREDMETI VA



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/288
Sana10.02.2022
Hajmi3,2 Mb.
#440152
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   288
Bog'liq
BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI

BOSHQARUV PSIXOLOGIYASINING PREDMETI VA 
VAZIFALARI 
Boshqaruv maqsadi va vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib 
chiqaradi va 
boshqaruv psixologiyasi
aynan shu munosabatlar tarkibini o„rganadi. 
Ko„rib o„tganimizdek, boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va 
vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub‟yekti va ob‟yekti o„rtasida 
yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy 
qismlari o„zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi.
Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili boshqaruv fanida subordinatsiya 
deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi. 
Subordinasiyadan kelib chiquvchi munosabatlar tashkilot xodimlari xulqida itoat 
va ijro etish shakllarini nazarda tutadi. Ammo, boshqaruv amaliyoti nafaqat 
rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi 
jihatidan barobar tashkilot a‟zolari o„rtasidagi munosabatlarni ham o„rganadi. 
Tizimning 
bunday 
qismlari 
o„rtasidagi 
munosabatlarni 
o„zaro 
muvofiqlashtirish, 
ular 
o„rtasidagi 
hamjihatlik 
shakllarini 
yanada 
mukammallashtirish koordinatsiya tadbirlarida namoyon bo„ladi.
Boshqaruvdagi subordinatsiya va koordinatsiya munosabatlari tashkilot 
miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug„diradi. Demak, 
vertikal aloqalar o„zaro itoatdagi xodimlar o„rtasida yuzaga keluvchi 
munosabatlardan iborat bo„lsa, gorizontal aloqalar o„zaro koordinatsiyani, ya‟ni 
tizimning teng va mustaqil qismlari o„rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. 
Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari o„zining rasmiy va norasmiy 
ko„rinishiga ham ega. 
Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy 
munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o„rtasidagi 
ixtiyoriylik va o„zaro xohishga tayanadi. Shu munosabat bilan, boshqaruv 
psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri yuqorida ta‟kidlangan munosabatlarni 
yanada mukammallashtirishdan iboratdir.
Boshqaruv psixologiyasining boshqa 
turkum 
vazifalari boshqaruv 


19 
metodlarini shakllantirish bo„lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini 
ta‟minlash maqsadidagi ta‟sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir
Tashkilot personaliga ta‟sir etish uslublarini uch guruhga bo„lamiz: 
ma‟muriy, moddiy va ma‟naviy shakllarda ta‟sir etish. Bularning har birida 
ma‟lum psixologik mazmun namoyon bo„ladi va boshqaruv psixologiyasi, fan 
sifatida, bu choralarning xodimga ta‟sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.
Bunday ta‟sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivatsiyalash, ya‟ni 
bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg„otish masalasiga katta e‟tibor qaratiladi. 
Boshqaruv ob‟yektiga ta‟sir etish uslublariga ko„ra, uning bevosita va bavosita 
ta‟sir shakllari ajratiladi.
Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, boshqaruv 
sub‟yekti va ob‟yekti masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini ko„z oldimizga 
keltirsak, boshqaruv sub‟yekti sifatida rahbarni, ob‟yekt tarzida esa xodimni va 
mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin. Biroq, rahbar o„z faoliyatini tashkil 
etishi va o„z-o„zini boshqarishi uni nafaqat boshqaruv sub‟yekti, balki ob‟yekt 
sifatida ham tushunish zaruratini qo„yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, 
o„z-o„zini boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi 
asosiy mavzulardan biriga aylanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining 
predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish