Boshqaruv psixologiyasi darslik



Download 5,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet127/169
Sana19.04.2023
Hajmi5,57 Kb.
#930483
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   169
VIII bob 
MENEJMENTNING
GENDER JIHATLARI 
8-bobning 
qisqacha 
mazmuni 
Mazkur bobda mehnat bozori va biznes 
qatlamda ayollarning tutgan o„rni, zamonaviy 
menejmentdagi gender farqlanishlar, boshqaruv 
faoliyatiga ayollarning kirib kelishiga to„siq 
bo„ladigan omillar; mehnat bozoridagi 
resotsializatsiya jarayoniga ayollarning 
yondashuvi mazmuni bilan tanishasiz. 


185 
GENDER TUSHUNCHASINING TASNIFI 
Ilmiy adabiyotlardagi gender g„oyasi to„g„risidagi mavjud qarashlarni tahlil 
qilish natijasida, gender jinslar o„rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni yangicha 
tushunish, yangicha idrok etish, degan nuqtai nazarning ahamiyatli ekanligini 
alohida qayd etish lozim. Shu nuqtai nazardan, gender g„oyasi tarkibi va 
shakllanish bosqichlarini o„rganish katta ahamiyatga ega: 
- jins (sex) biologik kategoriya sifatida – mavjud genlar va jinsiy a‟zolar 
birligi, tug„ilishgacha, o„smirlik va katta yoshlilarga xos bo„lgan gormonal 
to„plam; 
- jins (sex) ijtimoiy kategoriya sifatida u inson tug„ilishida belgilangan; 
- jins (sex gender) o„xshashlik – o„zini mazkur jinsga tegishli ekanligini 
anglash; 
- jins (gender) jarayon sifatida – o„rgatish, o„rganish, rolni qabul qilish, 
muayyan gender maqomiga mos keladigan xatti-harakatlarni o„zlashtirish; 
- jins (gender) maqom va tuzilma sifatida – individning gender maqomini 
jinslararo belgilangan munosabatlar qismi sifatida, ayniqsa, hukmronlik va 
bo„ysunishning tarkibi sifatida ko„rinishiga barham berish.
Dastavval, feministik ruhdagi, keyinchalik esa kengroq ko„lamdagi gender 
tadqiqotlarda gender ta‟limotini shakllantirish texnologiyalariga, ya‟ni u yoki bu 
jamiyatdagi munosabatlar modelini belgilovchi gender me‟yorlarini o„rganish va 
o„zlashtirishga alohida e‟tibor qaratilgan.
Gender g„oyasi tushunchasiga oid mavjud nuqtai nazarlarni tizimlashtirish 
va tartibga keltirishga intilish rossiyalik olimlar O. Voronina, T. Klimenkova, 
M. Malisheva va boshqalarning tadqiqotlarda berilgan.
62
Ushbu masala bo„yicha G„arbdagi yondashuvlarning umumlashtirilgan bir 
ko„rinishi – O. Voronina tomonidan taklif etilgan model diqqatga sazovordir. 
- Gender ijtimoiy-demokgrafik kategoriya sifatida; 
- Gender ijtimoiy-qurilma sifatida; 
62
Воронина О.А. Основы гендерной теории и методологии / Теория и методология гендерных 
исследований: Курс лекций. – Москва: МЦГИ-МВШСЭН, 2000. 


186 
- Gender sub‟yektivlik sifatida; 
- Gender tarmoq (network) sifatida; 
- Gender texnologiya sifatida; 
- Gender madaniy istiora sifatida. 
“Gender g„oyaviy tuzilma sifatida”gi muammolar qatorida, masalan, jinsiy 
hukmronlik tizimi orqali tashkil etilgan va nazorat imkoniyati erkaklarga berilgan 
genderni erkaklar hukmronligining bir ko„rinishi, deb belgilovchi feministik tahlil 
yo„nalishlaridan birida keltirilgan. Unda nazorat ayollarni ob‟yektga aylantirish 
orqali amalga oshiriladi. Mazkur qarash tarafdorlarining qayd etishicha, 
erkaklarning nuqtai nazarida gender faqat xotin-qizlariga xos, erkaklar bunday 
jinsiy o„ziga xoslikdan xoli, chunki ular butun imkoniyatni ifodalaydi. Ushbu 
g„oya qadimiy bir bid‟atda o„z ifodasini topgan, ya‟ni go„yoki jins, jinsiylik – 
xotin-qizlarga taalluqli imtiyoz hamda “ayollarga xoslik afsonasi” mavzui ana 
shundan kelib chiqqan.
63
Postmodernizm falsafasida gender madaniy istiora sifatida anglanadi hamda 
predmet tahlilining yana bir muhim samarali jihatini belgilaydi. Bunday yondashuv 
genderning madaniy-ramziy tabiatini ifodalaydi. Mavjud madaniy-ramziy gender 
har doim ham aniq qadriyatlar yo„nalishi va maqsadlarni ifodalayvermaydi. 
Feminlikni va maskulinlikni ijtimoiy-madaniy aniqlikda shakllantiradi, erkaklik va 
ayollikning butun ontologiyasi bilan belgilab berilgan madaniy-ramziy 
iyerarxiyasini ifodalaydi. Ontologik ibtido sifatida erkaklik va ayollikning boshqa 
asosiy kategoriyalarga singishib ketgani, ularning dastlabki tabiiy-biologik 
ma‟nolarini ham o„zgartirib yuboradi. Jins madaniy istioraga aylanadi, ushbu 
istiora esa nafaqat tavsiflash vazifasini o„taydi, balki ijtimoiy borliqni ham 
ta‟riflashga qodir. Tahlilning ushbu ko„rinishi asosan Lyusi Irrigare, Xelen Sisu, 
Yuliya Kristiyeva g„oyalari ta‟sirida kuzatiladigan fransuzcha poststrukturalistik 
an‟ana tomonidan rivojlantiriladi.
64
Turli loyihalar, dasturlar, rivojlanishning tarmoq va makrosiyosatning jinslar 
63
Фридан, Б. Загадки женственности / пер. с англ. – М.: Прогресс, 1994. – С. 17. 
64
Сиксу Э. Хохот медузы // Гендерные исследования. – №3 (2/1999): ХЦГИ. – М., 1999. – С.71–88.; 
Irigaray Z / This sex is not one// gunew (ed). 


187 
tengligiga ta‟sirini o„rganish gender tengligiga erishishning yana bir muhim 
jihatidir. O„tgan asrning 80-yillarida rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasi 
shuni ko„rsatdiki, makroiqtisodiy va tarmoq siyosatini ishlab chiqish chog„ida 
jinslar o„rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish istiqbollarini hisobga olish 
muhimdir. Ana shu omillarning gender tengligiga ta‟sirini o„rganish amalga 
oshiriladigan loyihalar, dasturlar va davlat siyosati ayollarning mustaqilligi, 
ularning erkaklar bilan teng tanlash imkoniyatlarini qay darajada ta‟minlashiga 
baho berishni talab qiladi. Gender tengligi muammosi ham makro ham mezo va 
mikrodarajalarda ko„rib chiqilishi mumkin. Bunda gender andozalarini o„zgartirish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Gender andozalari – shu kungacha ayol va erkak munosabatlarida mavjud 
bo„lib kelgan va ko„pchilik tomonidan odat sifatida qabul qilinadigan qoidalarni 
o„z ichiga oladi. Bunday qoidalar axloq va odob normalarini, ijtimoiy fikr, ehtiyoj 
va talablarni ifodalaydi. Bu andozalarga asoslanib yashash gender tengsizligini 
keltirib chiqaradi. Gender tengsizligini aniqlash erkaklar va ayollarning iqtisodiyot 
hamda jamiyatdagi nisbiy maqomini o„rganishni taqozo etadi. Bunda quyidagi 
jihatlarni ajratib ko„rsatish mumkin:
- xususiy resurslardan bahramand bo„lish; 
- o„z mehnati va daromadini tasarruf etish imkoniyati; 
- ayollarning o„z taqdiriga taalluqli masalalar bo„yicha mustaqil qarorlar 
qabul qilish imkoniyati; 
- ko„chib yurish erkinligi; 
- siyosiy sohaning ochiqligi va unga kirib borish; 
- nomoddiy resurslardan bahramand bo„lish va ularni nazorat qilish; 
- huquqiy maqom va huquqiy tuzilmalarga kirish. 
Gender tengligiga erishishda erkaklar va ayollarning yer, kapital, uskunalar, 
ko„chmas mulk, bank kreditlari kabi ishlab chiqarish resurslaridan bahramand 
bo„lishlarida va ularni nazorat qilishda teng imkoniyatlar mavjudligi muhim 
ahamiyatga egadir. Qashshoqlik va mahrumliklar, jinsidan qat‟iy nazar barcha 
qashshoqlarga xos bo„lsa, ko„pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda ayollarning 


188 
an‟anaviy tarkib topgan gender bo„ysunuvi ayollarni ana shu ne‟matlardan 
bahramand bo„lishdan mahrum etadi, ularni nihoyatda nochor ahvolga solib 
qo„yadi.
Erkaklar va ayollarning qonun tomonidan kafolatlangan ijtimoiy 
resurslardan teng barhamand bo„lishlari gender tengligini ta‟minlashda muhim 
ahamiyatga molik yana bir jihatdir. Bilim olish, sog„liqni saqlash, iqtisodiy 
xizmatlar, ijtimoiy himoya kabi va boshqa huquqlargina emas, balki mana shu 
resurslardan bahramand bo„lishning ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlari ham shular 
jumlasiga kiradi. Ushbu ijtimoiy resurslardan erkaklar va ayollarning teng 
bahramand bo„lishlarini ta‟minlash ham jamiyatda gender rivojlanishi siyosatining 
muhim vazifasi hisoblanadi. 
Xotin-qizlar rolini faollashtirish shunday jarayon bo„lishi mumkinki, u 
xotin-qizlarning mustaqilligini ta‟minlash, amalda tanlash tengligiga erishish 
uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tashqaridan rag„batlantiriladi. Bu narsa 
davlat va jamiyat tomonidan maxsus dasturlar va loyihalar ishlab chiqilib amalga 
oshirilishini, davlat o„tkazayotgan ijtimoiyiqtisodiy siyosatining jamiyatda xotin-
qizlar ahvoliga ta‟sirini hisobga olishni, ya‟ni ayollarga nisbatan hukumatning 
himoya siyosati o„tkazilishini taqozo etadi. Uy-ro„zg„orda va jamiyatda ayollarning 
mavjud holati, iqtisodiy, qonunchilik va ijtimoiy muhit e‟tiborga olingan taqdirda 
bunday siyosat chora-tadbirlarning samaradorligi oshadi. Ijtimoiy muhit mavjud 
urfodatlarni, an‟analarni, psixologiyani, diniy e‟tiqodlarni va shu kabilarni qamrab 
oladi. Gender munosabatlari sohasidagi siyosat, chora-tadbirlarning samaradorligi 
jamiyatda jinslar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarning iqtisodiy, huquqiy va boshqa 
jihatlari o„rganilishini talab qilishi ravshan. Shuning uchun:

Download 5,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish