2-§. “Xarajat-ishlab chiqarish hajmi-foyda” ko‘rsatkichlari tahlili. Zararsizlik (kritik) nuqtasini aniqlash. Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning zararsizlik nuqtasini aniqlash – uning olayotgan daromadi miqdori xarajatlarini to‘liq qoplash nuqtasi sifatida qaraladi.
“Xarajat-ishlab chiqarish hajmi-foyda” (Cost – Volume – Profit yoki qisqartirilgan ko‘rinishda CVP tahlili) ko‘rsatkichlari tahlili rahbarlar tomonidan zararzlik nuqtasini aniqlashda juda ko‘p marotaba va eng samarali ishlatiladigan tahlil usulidir 1.
Tahlilning bu turi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish, rejalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli dasturlar parametrlarini shakllantirish hamda byudjetlashtirishning eng samarali vositasi sanaladi. Bu usul xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlariga shartli-o‘zgaruvchan va shartli-doimiy xarajatlar, baholarni belgilash va mahsulot sotish hajmlari o‘rtasidagi optimal mutanosiblikni aniqlash, har
1 Бошқарув ҳисоби: олий ўқув юртлари учун дарслик /Б.А.Хасанов, А.А.Хашимов; Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тошкент Давлат иқтисодиёт университети. – қайта ишланган нашр. – Тошкент: “Yangi nashr”, 2012. – 328 б., 122-137 betlar.
bir ko‘rsatkichni boshqalari bilan bevosita bog‘liqlikda tahlil qilib, ularning eng ma’qul darajalarini tanlash, ya’ni rejalashtirish imkonini yaratadi.
Marjinal daromad, rentabellik ostonasi (zararsizlik nuqtasi), ishlab chiqarish dastagi va chidamlilikning marjinal zaxiralari CVP tahlilining asosiy unsurlari hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt xarajatlarini shartli, shartli-doimiy, shartli-o‘zgaruvchan va yarim shartli-o‘zgaruvchanlarga bo‘lish CVP tahlilining asosiy sharti hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish hajmining zararsizlik nuqtasini aniqlashi uchun mahsulotni zararsiz sotish koeffitsiyenti ko‘rsatkichidan foydalanishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz1.
Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Kz Mz
Mf
Bu yerda, Kz – mahsulotni zararsiz sotish koeffitsiyenti; Mz – mahsulotni zararsiz sotish hajmi;
Mf – mahsulotni foydali sotish hajmi.
Ushbu formuladan foydalanib, oldingi misolimiz shartlari asosida mahsulotni zararsiz sotish koeffitsiyenti miqdorini aniqlaymiz:
Kz Mz
Mf
7273
10000
0,73
Taklif etilayotgan ana shu CVP tahlili usuli hisob-kitoblarni soddalashtiradi va shunga muvofiq qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
CVP tahlilini amaliyotda zararsizlik nuqtasi tahlili deb ham atashadi. Zararsizlik nuqtasi deganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarishi (ish bajarish, xizmat ko‘rsatishi)ning shunday hajmi tushuniladiki, bunda barcha xarajatlar to‘liq qoplanadi va shunga muvofiq foyda olish uchun dastlabki qadam qo‘yilayotgan bo‘ladi. Xuddi mana shu mulohazalardan kelib chiqib, amaliyotda zararsizlik nuqtasini – foyda ostonasi, rentabellik ostonasi deb ham nomlashadi.
Amaliyotda zarasizlik nuqtasi, ya’ni «xarajatlar – ishlab chiqarish hajmi - foyda» ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi uch xil usulda
1 Shu manba.
hisoblanadi: grafik ko‘rinishida, turli formulalar, ya’ni tenglamalar ko‘rinishida, shuningdek marjinal daromad usulida.
Grafik usulda zarasizlik nuqtasini topish «xarajatlar – ishlab chiqarish hajmi - foyda» ko‘rsatkichlarining yaxlit bog‘langan ko‘rinishda ifoda etiladi (chizma).
!
|
Bu xarajat turi rahbarlarning ishbilarmonlik faoliyati o'zgarishiga bog'liq emas, o'zgarmaydi, lekin mahsulot birligiga nisbati doimo o'zgaradi
|
Xarajatlar (p.b.)
Sotish hajmi (birlikda)
“Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi – foyda” ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi chizmasi.
Bozorni shakllantirish va uni tartibga solish usullarini ishlab chiqarish talab, taklif va baho kabi o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘liq bozor elementlarini to‘g‘ri belgilab olish orqali amalga oshiriladi. Tizimdagi bu elementlar doimo shartli-o‘zgaruvchan bo‘lib, ishlab chiqarish omillari, xarajatlar va daromadlilik kabi omillar ta’sirida bo‘ladi.
Misol. Xo‘jalik yurituvchi subyekt yozuv ruchkalari ishlab chiqaradi. Bir dona ruchkaning shartli-o‘zgaruvchan xarajatlari – 50 pul birligiga teng, shartli-doimiy xarajatlarning umumiy summasi, hisobot davrida – 20 ming p.b.. Bir dona mahsulotning sotilish bahosi – 90 p.b..
Bu yerda sotish hajmini aniqlash uchun quyidagi tenglik kelib chiqadi: 90 x X = 50 x X + 20000
40 x X = 20000
X=500 dona yoki, pul birligida
90 x 500 = 45 ming p.b.
Shu misolning grafigi quyidagicha bo‘ladi:
45000
Mahsulot birligidagi kritik nuqta
Grafikdan yaqqol ko‘rinib turibdiki, xo‘jalik yurituvchi subyekt 500 donagacha yozuv ruchkalari ishlab chiqsa, uning daromadi bilan xarajatlari miqdori teng bo‘lib, foyda olish imkoniyati nolga teng (kritik nuqta) bo‘ladi. Besh yuz birinchi ruchkadan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyekt foyda ola boshlaydi. Ishlab chiqarish hajmi 500 donadan pastga tushsa xo‘jalik yurituvchi subyekt so‘zsiz zarar ko‘ra boshlaydi.
Xalqaro amaliyotda «zararsizlik nuqtasi»ni aniqlashning keyingi usuli, bu – marjinal daromad usulidir. Yuqorida qayd qilinganidek, marjinal daromad – bu mahsulotlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushum miqdorining, ana shu mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan
shartli-o‘zgaruvchan xarajatlardan farqi sifatida e’tirof etiladi. Oddiyroq ifodalanadigan bo‘lsa:
Realizatsiyadan tushgan tushum
Shartli- o‘zgaruvchan xarajatlar
= -
Ana shu tarzda aniqlangan marjinal daromad miqdoridan shartli- doimiy xarajatlar summasini chegirib tashlaydigan bo‘lsak, operatsion foyda miqdori topiladi:
Marjinal daromad
Shartli-doimiy xarajatlar
= -
Bu yerda zararsizlik nuqtasi sifatida - marjinal daromad bilan shartli-doimiy xarajatlar o‘rtasidagi farq “nol”ga teng bo‘gan daraja qayd etiladi. Aniqrog‘i - marjinal daromad summasi shartli-doimiy xarajatlar miqdoriga teng bo‘lgan daraja “zararsizlik nuqtasi” deb e’tirof etiladi.
Sotilgan mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan zarasizlik nuqtasi
|
Marjinal daromad usulida zararsizlik nuqtasining mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan darajasi quyidagicha hisoblanadi:
Shartli-doimiy xarajatlar
=
Zarasizlik nuqtasini hisoblash turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tezkor tartibda zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tahlily jihatdan asoslangan tarzda yetkazib berishni nazarda tutadi. Shunday ma’lumotlardan eng muhimlaridan biri bu – xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati natijasida rejalashtirgan foyda miqdoriga ega bo‘ladimi yoki bu yo‘nalishda muammolar kelib chiqadimi, shu savol
yechimini kuzatib borishga imkon yartishdir. Shu maqsadni amalga oshirish uchun buxgalter bir necha ko‘rsatkichlarni taqdim qilib borishi mumkin.
Xususan:
Shartli-doimiy xarajatlar
Shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar
Foyda
Sotishdan tushgan tushum (hajm)
= + +
Shunday qilib, rejalashtirilayotgan foyda miqdoriga erishish uchun qancha miqdordagi mahsulotlarni sotish kerakligi quyidagicha hisoblanadi:
+
Rejalashtirilgan relizatsiya hajmi
Rejalashtirilgan foyda miqdori
Shartli-doimiy xarajatlar
+
Bir dona mahsulotga to‘g‘ri keladigan shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar
Bir dona mahsulotning sotish bahosi
=
-
Rejalashtirilgan foyda miqdori
Shartli-doimiy xarajatlar
Marjinal daromad usulidan foydalanilganda ushbu tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
+
Rejalashtirilgan relizatsiya hajmi
+
=
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish ana shu xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turlari bo‘yicha xuddi mana shu ma’lumotni aniqlab olishdan boshlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |