Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish dastagi samarasi 2,4 birlikni tashkil etadi (120000: 50000). Bu shuni
anglatadiki, xo‘jalik yurituvchi subyekt tushumi 1%ga pasayganda, foyda 2,4%ga qisqaradi, tushum 21,8%ga pasayganda esa, rentabellik ostonasiga yetamiz, ya’ni foyda miqdori nolga teng bo‘ladi.
DMH (B O‘X)
MH (B O‘X ) DX bu yerda:
D — ishlab chiqarish dastagi;
MH — sotilgan mahsulot hajmi, dona; B— bir birlik mahsulotning bahosi;
O‘X — bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar;
DX — shartli-doimiy xarajatlar.
Ishlab chiqarish dastagi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlariga xarajatlar va foydani boshqarish, yuqori foyda olish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqishga ko‘maklashuvchi moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich hajmining o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- shartli-o‘zgaruvchan va shartli-doimiy xarajatlar miqdori;
mahsulotning sotish bahosi va ishlab chiqarish hajmi;
yuqoridagi omillar kombinatsiyasi (moliyaviy va ishlab chiqarish dastaklarini hisoblashda zanjirli bog‘lanish usulini qo‘llash).
Yuqoridagi keltirilgan jadval ma’lumotlari asosida har bir omilning ishlab chiqarish dastagi samarasiga ta’sirini tahlil qilib chiqamiz.
Sotish bahosining 10% (bir donasi 605 p.b.gacha) oshishi sotishlar hajmini 605000 p.b.gacha, marjinal daromadning 175000 p.b.gacha (605000 - 430000) va foydani 105000 p.b. (175000-70000)gacha oshishiga olib keladi. Bunda birgina hisob-kitobda marjinal daromad ham 120 p.b.dan (120000 p.b.:10000 dona) 175 p.b.gacha (175000 p.b.:1000 dona) oshadi. Bunday tartibda shartli-doimiy xarajatlarni qoplash uchun sotishlarning kichik hajmi talab etiladi: zararsizlik nuqtasi 400 donani (70000 p.b.:175 p.b.), xo‘jalik yurituvchi subyekt chidamliligining marjinal zaxirasi esa 600 dona (1000 dona–400 dona) yoki 60% gacha ortadi. Natijada xo‘jalik yurituvchi subyekt 55000 p.b. (105000–50000) miqdorida qo‘shimcha foyda oladi. Bunda ishlab chiqarish dastagining samarasi 2,4 dan 1,67 birlikkacha (175000:105000) pasayadi.
Shartli-o‘zgaruvchan xarajatlarning 10%ga pasayishi (430000 p.b.dan 387000 p.b.gacha) marjinal daromadni 163000 p.b.gacha (550000-387000) va foydaning 93000 p.b.gacha (163000–70000) ortishiga olib keladi. Buning natijasida zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi) 236196 p.b.gacha [70000 x (550000: 163000)] ortadi, miqdor ko‘rinishida bu 236 dona (236196:1000)ni tashkil etadi. Binobarin, xo‘jalik yurituvchi subyekt chidamliligini marjinal zaxirasi 313804 p.b. (550000–236196)ni yoki 571 dona (313804 p.b.:550 p.b.)ni tashkil etadi. Bunday sharoitda xo‘jalik yurituvchi subyektdagi ishlab chiqarish dastagi samarasi 1,75 birlikkacha (163000:93000) pasayadi. Shartli- doimiy xarajatlarning 10%ga pasayishi davrida (70000 p.b.dan 63000 p.b.gacha) xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasi 57000 p.b.gacha (550000–430000–63000) ortadi. Bunday sharoitda zararsizlik nuqtasi pul ifodasida 288750 p.b. [63000 x (550000: 120000)], hajm
ko‘rinishida esa 525 donani (288750: 550) tashkil etadi.
Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektda chidamlilikning marjinal zaxirasi 261250 p.b. (550000–288750) yoki 475 dona (261250:550)ni tashkil etadi. Binobarin, shartli-doimiy xarajatlarning 10%ga pasayishi natijasida ishlab chiqarish dastagi samarasi 2,11 birlikni (120000:57000)ni tashkil etadi va dastlabki darajasiga nisbatan 0,29 birlikka (2,4–2,11) pasayadi.
Yuqorida amalga oshirilgan tahlilar natijasi shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish dastagi samarasining o‘zgarishida xo‘jalik yurituvchi subyekt xarajatlari umumiy summasidagi shartli-doimiy xarajatlar hissasining o‘zgarishi muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, sotishlar hajmining o‘zgarishi foydaning shartli-doimiy va shartli-o‘zgaruvchan xarajatlarga nisbati turlicha bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bir xilda bo‘lmasligi mumkin. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt xarajatlarining umumiy summasidagi shartli-doimiy xarajatlarning solishtirma og‘irligi qancha past bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt tushumi o‘zgarishi sur’atlariga nisbatan foyda hajmi shunchalik o‘sadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotida ishlab chiqarish dastagi mexanizmidan foydalanish o‘ziga xos bir qator xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
Yuqorida olib borilgan tahlil natijalaridan ham ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish dastagining ijobiy samarasiga xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsulot ishlab chiqarishning zararsiz nuqtasini bartaraf
etgandan keyingina erishish mumkin. Ushbu holatda xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining shartli-doimiy xarajatlarini qoplash uchun marjinal daromadning yetarli miqdorini belgilaydi.
Sotish hajmining bundan keyingi ortib borishi va zararsizlik nuqtasidan uzoqlasha borishi bilan ishlab chiqarish dastagi samarasi pasaya boradi. Sotish hajmi o‘sishining har bir keyingi foizi foyda summasining o‘sishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish dastagi mexanizmi teskari yo‘nalishga ham ega, ya’ni sotish hajmining pasayib borishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasi hajmi ham kamayib boradi.
Ishlab chiqarish dastagi va xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud. Xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasi qancha yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarish dastagi samarasi shuncha past bo‘ladi va aksincha, foyda miqdori pasayib borgan sari, bu ko‘rsatkichning miqdori oshib boraveradi.
1. Ishlab chiqarish dastagi samarasi faqat qisqa muddatda yuzaga keladi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyekt shartli-doimiy xarajatlari qisqa vaqt oralig‘idagina o‘zgarishsiz qoladi. Sotish hajmining ortishi jarayonida shartli-doimiy xarajatlar summasining navbatdagi o‘zgarishi ro‘y berishi bilanoq xo‘jalik yurituvchi subyekt zararsizlikning yangi nuqtasini belgilashi va unga o‘zining ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirishi lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tovar bozorining sotish hajmi pasayishi mumkinligini belgilab beruvchi noqulay konyunkturada, shuningdek, iqtisodiy faoliyatining ilk bosqichlarida zararsizlik nuqtasi bartaraf etilmaganda, shartli-doimiy xarajatlarni pasaytirish uchun chora- tadbirlar ko‘riladi. Shuningdek, tovar bozorining qulay konyunkturasida va chidamlilikning ma’lum marjinal zaxirasi mavjudligida shartli-doimiy xarajatlarni iqtisod qilishni amalga oshirishga bo‘lgan talablar ancha pasayishi mumkin. Bunday sharoitlarda xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy ishlab chiqarish vositalarini qayta jihozlashi va yangilashi, real investitsiyalar hajmini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir.
Imkon bo‘lishi bilan har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt shartli- doimiy xarajatlar summasi va hajmini pasaytirish uchun yetarli darajada resurslarga ega bo‘lishi zarur. Ushbu resurslar tarkibiga tovar bozorining noqulay konyunkturasida ustama xarajatlar (boshqarish xarajatlari)ni imkon darajada qisqartirish, amortizatsiya ajratmalarini kamaytirish
maqsadida nomoddiy aktivlar va asbob-uskunalarning foydalanilmayotgan qismini sotish, asosiy vositalarni sotib olmasdan ularni operativ lizing shartnomasi asosida olish, kommunal xizmatlar hajmini qisqartirish kabi aniq chora-tadbirlarni qo‘llashi kerak.
Shartli-o‘zgaruvchan xarajatlarni tejashning asosiy yo‘nalishlari qatoriga quyidagilar kiritiladi: xodimlar mehnat unumdorligini oshirish hisobiga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xodimlari sonini kamaytirish, tovar bozorining noqulay konyunkturasi sharoitida xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar zaxiralari hajmini qisqartirish, xomashyo va materiallarni yetkazib berishning xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun qulay sharoitlarni yaratish kabi tadbirlar.
Ishlab chiqarish dastagi mexanizmidan foydalanish shartli-doimiy va shartli-o‘zgaruvchan xarajatlarni aniq maqsadga yo‘naltirish va boshqarish, beqaror bozor sharoitida ular o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni tezkor o‘zgartirib borish hamda xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasini oshirishga imkon beradi.
Shunday qilib, CVP tahlili xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlariga shartli-o‘zgaruvchan va shartli-doimiy xarajatlar, baho va mahsulot sotish hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga, ishbilarmonlik riskini pasaytirish imkonini yaratadi.