MBT =
Tayyor mahsulotlar soni
§. Xarajatlar tarkibi
Iqtisodiy adabiyotlarda xarajatlar 18 dan ortiq belgilari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi (1-jadval).
1-jadval
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarishi bilan bog‘liq xarajatlari klassifikatsiyasi
T.r.
|
Klassifikatsiya
belgilari
|
Xarajatlar
turi
|
1
|
Ishlab-chiqarish jarayonidagi iqtisodiy roliga qarab
|
Asosiy va ikkilamchi
|
2
|
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilishiga qarab
|
To‘g‘ri va egri (bevosita va bilvosita)
|
3
|
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan
|
O‘zgaruvchan va doimiy
|
|
(Shu kabi jami o‘n sakkizdan ortiq belgilariga qarab klassifikatsiya qilinadi)
|
|
Xarajatlarning ana shu klassifikatsiyalari belgilari va ularning har birining ahamiyati tegishli adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Xarajatlarning shu vaqtgacha nafaqat nazariyachi olimlar, balki amaliy iqtisodchilar tomonidan ham umum e’tirof etiladigan klassifikatsiya belgilari ichida boshqaruv hisobi uchun alohida ahamiyat kasb etadigani – bu xarajatlarning «doimiy» va «o‘zgaruvchan», deb guruhlanishidir. Ushbu mavzu doirasida boshqaruv qarorlari ta’sirida shartli o‘zgaruvchan xarajatlar qanchalik o‘zgarishi va bunday o‘zgarishlar ijobiy natijalarga olib kelishi uchun ular borasida qanday qilib samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish borasidagi masalalar yechimini topishga harakat qilinadi.
Menejmentni o‘rganayotgan barcha rahbarlarning e’tiborini mahsulot hajmi, xarajatlar va foyda ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tahlili doimo tortib kelgan. Bu tahlil natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini qoplash uchun ishlab chiqarish hajmi qancha bo‘lishi lozim degan savolga javob topiladi.
Shuningdek, mulk shakli va faoliyat turidan qat’i nazar, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektda ularning butun faoliyat samaradorligi mana shu uchta, bir-biri bilan uzviy bog‘langan ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishi ko‘rsatiladi. Shu ko‘rsatkichlar ichida xarajatlarga samarali boshqaruv qarorlari natijasida ta’sir o‘tkazilsa, uning natijasida oxirgi moliyaviy natijalar qanchalik ijobiy bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishga harakat qilinadi.
Shu bilan birgalikda, qisqa va uzoq muddatli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘lgan rejalashtirish maqsadiga aniqlik kiritiladi.
Xarajatlarning 1-jadvalda kelitirlgan klassifikatsiyasidagi ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilishiga qarab to‘g‘ri va egri
(bevosita va bilvosita) xarajatlar turiga bo‘linishi ham boshqaruv hisobini tashkil qilishda muhim omil hisoblanadi.
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijasida vujudga kelayotgan xarajatlarning katta bir qismini bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi yoki mahsulot guruhiga olib borish mumkin. Ana shunday xarajatlar iqtisodiy adabiyotlarda to‘g‘ri xarajatlar deb hisobga olinadi. Ba’zi bir xarajat turlarini esa bevosita aniq bir mahsulot tannarxiga olib borib bo‘lmaydi. Bunday xarajatlarni egri yoki bilvosita xarajatlar deb nomlashadi. Bunday xarajatlarni mahsulot tannarxiga kiritish uchun oldin ular tanlab olingan usullar orqali taqsimlanadi.
To‘g‘ri xarajatlarning asosiy qismini moddiy, ya’ni material xarajatlari tashkil qiladi. To‘g‘ri material xarajatlarining o‘zi asosiy va xomashyo xarajatlariga bo‘linadi (chizma).
To‘g‘ri mehnat xarajatlari
Bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lgan boshqa ishchilar ish haqi bilan bog‘liq
xarajatlar
|
Bevosita ishlab chiqarishdagi ishchilarning mehnat haqi bilan bog‘liq xarajatlar
|
To‘g‘ri xarajatlarning yana katta bir guruhi – to‘g‘ri mehnat (ish haqi) xarajatlaridir (chizma).
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)ning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan uchinchi muhim xarajatlar guruhi – bu umumishlab chiqarish xarajatlaridir. Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil xarajatlar guruhidan tashkil topadi va bunday xarajatlarni bevosita bitta mahsulot, yoki bir xil mahsulotlar guruhi
tannarxiga olib borib bo‘lmaydi. Shu xusisiyatlardan kelib chiqib ularni egri xarajatlar guruhida hisobga olinadi (chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |