chizma. Boshqaruv hisobi tizimining tasniflanishi
Faoliyat turlari bo‘yicha axborotlarni qamrash kengligiga qarab xo‘jalik yurituvchi subyekt tashkiliy tuzilmasi, mahsulotlar to‘liq tizimlarga ajratilib, tizimli va muammoli hisob hamda ularning tarkibiy qismlarining maqsadli to‘plami tizimlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Xarajatlarning tizimli hisobi – xarajatlar tarkibi, ro‘yxatga olish usullari, identifikatsiya va guruhlanishi, hisobotda aks ettirish bo‘yicha aniq belgilangan, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning moliyaviy hisobi hisoblanadi. Tizimli hisobning elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
ishlab chiqarish resurslarini sotib olish va ulardan foydalanish bo‘yicha xarajatlarni o‘lchash va baholash;
ta’minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlarini tabiiy o‘lchov vositalarida nazorat qilish;
xarajatlarni moddalari va elementlari, kelib chiqish manbalari, mahsulot, ish va xizmatlar turlari bo‘yicha guruhlarga ajratish;
o‘z foydalanuvchilarini muddatlari, mazmuni va berilish chastotasi bo‘yicha qoniqtiruvchi ichki hamda tashqi hisob va hisobot.
Muammoli hisob ishlab chiqarishning iqtisodiy, texnologik, konstruktorlik va tashkiliy tayyorgarligi, mahsulot bahosi va sotilishi, ishlab chiqarish zaxiralari va ishlab chiqarish resurslari xarajatlarini oqilona tashkil etilishi bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantiradi.
Muammoli hisobning masalalari ishlab chiqarish hisobi va statistikaning amaldagi ma’lumotlari asosida dasturlashtirish, me’yorlashtirish, rejalashtirish, istiqbolni belgilash, tizimli iqtisodiy tahlil, nazorat va tartibga solish usullari yordamida hal qilinadi.
“Muammoli hisob” tushunchasining mohiyati shundaki, ushbu hisob ma’lumotlari xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusidagi iqtisodiy va ishlab chiqarish muammolarini hal etishda ishlatiladi.
Muammoli hisob ma’lumotlari quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi:
xarajatlar va daromadalarni rejalashtirish hamda istiqbolni belgilash, smeta (byudjet)larni tuzish va me’yorlashtirish;
xarajatlar tahlili va belgilangan normativlar (standartlar)dan og‘ish hamda mahsulot ishlab chiqarish daromadliligi tahlili;
ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida olinadigan daromadlar va xarajatlar hajmi mezoni bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini baholash;
ishlab chiqarish va sotish, kooperatsiyalash, import va eksport, mahsulot turlari assortimenti va h.k. borasida yaqin va uzoq kelajakka mo‘ljallangan ko‘p variantli boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
daromadlar va xarajatlarning optimallashuvini ta’minlovchi zaxiralar va xarajatlarni boshqarish modellarini ishlab chiqish.
Xorijiy mamlakatlar amaliyotida moliyaviy (daromadlar va xarajatlarning tizimli tahlili) va boshqaruv hisobi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasi bo‘yicha ikki tizim qo‘llaniladi: monistik va avtonom.
Monistik – buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida to‘g‘ri va qarama- qarshi aloqadorlik asosida tizimli va muammoli hisobni birlashtirib, yaxlit holga keltiruvchi tizim. Tizimli hisob buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida ishlab chiqarish xarajatlarini, tayyor mahsulot va uning
sotilishini aks ettirish yo‘li bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini, uning moliyaviy imkoniyatlarini baholash imkonini beradi. Ichki hisob- kitob ma’lumotlari asosida moliyaviy axborotlarni to‘ldirish orqali ma’muriyat har bir ishlab chiqarish bo‘g‘inining oqilona tashkil etilganligini baholashi mumkin. Moddiy javobgar shaxslarning operativ (tezkor) ma’lumotlari va hisobotlaridan amaldagi standartlardan ijobiy va salbiy farqlanishlar aniqlanadi. Shu orqali daromadlar va xarajatlarning amaldagi nazorati tizimini tashkil etishga zamin yaratiladi.
Ishlab chiqarish hajmi yuzasidan unchalik katta bo‘lmagan yoki bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan xo‘jalik yurituvchi subyekt yaxlit holga keltirilgan tizimdan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |