3-§. CVP – tahlilining asosiy muammolari
Xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida CVP – tahlilini mutloq tarzda samarali qo‘llash imkoniyati mavjud emas. Eng avvalo, ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasi va yalpi foyda chizmasini tasvirlashda turli darajadagi ishlab chiqarish hajmlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettirish muammosi paydo bo‘ladi.
Zararsizlik nuqtasi chizmasi bo‘yicha foyda va zararlar o‘rtasidagi oqilona nisbatni aniqlash uchun jami xarajatlar va daromadlar chiziqlari orasidagi masofa aniqlanadi. Bunda foydaning oshishiga mahsulot hajmining o‘zgarishi ta’sirini aniqlashda qulay usullardan biri foyda va mahsulot hajmi chizmasi hisoblanadi (chizma)1.
Keltirilgan chizmadan ko‘rinib turibdiki, gorizontal o‘q ishlab chiqarish va sotish hajmini, vertikal o‘q esa hisobot davridagi foyda va zararlarni aks ettirgan. Agar sotish hajmi nolga teng bo‘lsa, unda maksimal zararlar shartli-doimiy xarajatlar summasiga teng bo‘lishi shart, chunki xo‘jalik yurituvchi subyektning zararlari miqdori uning shartli-doimiy xarajatlari summasidan oshib ketmasligi lozim.
Har bir birlik mahsulot sotilganda, shartli-doimiy xarajatlardan yuqori 10000 p.b.lik yalpi foydaga erishiladi, chunki foyda va zararlarning intervali 10000 p.b.dan qilib belgilangan, natijada sotish hajmi 6000 donaga yetganda, yalpi foyda shartli-doimiy xarajatlar yig‘indisiga tenglashadi.
Bunda har bir 6000 donadan yuqori sotilgan mahsulot uchun 40000 p.b.dan qo‘shimcha foyda olinadi. Demak, sotish hajmi 10000 dona
1 Boshqaruv hisobi: darslik/ B.A. Xasanov, A.A. Xashimov; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - Toshkent: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2013. - 312 b., 129-137 betlar.
bo‘lganda, foyda summasi 400000000 p.b.ni (40000 p.b. x 10000 dona) tashkil etadi.
Sotish hajmi va foyda o‘rtasidagi bu nisbat chizmada punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan.
Quyidagi chizmada ko‘rsatilganidek, ishlab chiqarish hajmi ortib boravergani sari foyda miqdori ham oshib boraveradi. Lekin, amaliyotda bu borada bir qator to‘siq va muammolar uchrayveradi. Xususan, amaliyotda ishlab chiqarish hajmining nazariy quvvat ko‘rsatkichidan foydalanishning real imkoniyati yo‘q.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini tashkil qilishning dastlabki bosqichidayoq mana shu ko‘rsatkichlar mohiyatiga jiddiy e’tibor qaratilishi talab qilinadi. Xususan, faoliyatning texnik-iqtisodiy asoslanishida (TEO loyihasi) barcha asosiy vositalar aktiv qismi uchun miqdorlar, ana shu ko‘rsatkichlar ichidan o‘rtacha (normal) quvvat doirasida ishlab chiqishilishi maqsadga muvofiqdir. Shunga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va
yuritishda ayrim olingan texnologik jihozlarning normal quvvat bilan ishlashi hisobga olinishi lozim.
Boshqaruv hisobida ishlab chiqarish hajmi (quvvati) mashina va uskunalarning bo‘sh turib qolishi, ularni ta’mirlash vaqti, ishdagi tanaffuslar va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lib, u optimal yoki real imkoniyat darajasiga ega bo‘ladi. Optimal imkoniyat — mashina va jihozlarning bo‘sh turmasdan yuqori unum bilan ishlash darajasi hisoblanadi. Real imkoniyat esa mashina va jihozlarning o‘rtacha (normal) quvvat bilan ishlashi mumkin bo‘lgan imkoniyatidir. Demak, optimal imkoniyatdan real imkoniyatni chegirib tashlasak, normal ishlab chiqarish quvvati kelib chiqadi.
Ishlab chiqarish hajmi bilan xarajatlar o‘rtasida (shartli- o‘zgaruvchan xarajatlar) o‘zaro to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish mavjud.
Shu bilan birgalikda bir qancha xarajatlar ishlab chiqarish quvvati bilan "to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishda" bo‘lmaydi (to‘g‘ri chiziqsiz bog‘lanish).
Agar hamma shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish quvvati bilan to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishda bo‘lganda edi, ularni tahlil qilish, rejalashtirish va tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanish mumkin bo‘lar edi.
To‘g‘ri chiziqsiz bog‘langan xarajatlarni rejalashtirish qiyin, lekin ularni ham boshqaruv qarorlarini qabul qilishda hisobga olish zarur.
“Chiziqli aproksimatsiya” (yoki “relevant darajasi usuli”) usulidan foydalanish xuddi ana shunday chiziqsiz bog‘langan xarajatlarni chiziqli bog‘lashga moslashishini ta’minlaydi (chizmaga qarang).
Relevant darajasi usuli – bu ishbilarmonlik faolligini aniqlash usulidir. Bu usulda chiziqsiz bog‘langan xarajatlar shartli ravishda chiziqli bog‘lanishga moslashtiriladi:
xarajatlar
Relevant darajasi
Aproksimaniya chizig‘i
Xarajatlarning o‘zgarishi
ishlab chiqarish hajmi
Ishlab chiqarish hajmining relevant darajasi oralig‘ida shartli- doimiy xarajatlar o‘zgarishsiz qoladi.
Lekin, nisbatan uzoqroq muddat olinadigan bo‘lsa, shartli-doimiy xarajatlar ham o‘zgaradi (jihozlar, mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish omillarining o‘zgarishi).
Boshqarish maqsadlari uchun odatda ma’lum vaqt oralig‘i olinadi. Faraz qilinadiki, mana shu vaqt oralig‘ida shartli-doimiy xarajatlar o‘zgarishsiz qoladi. Shartli-doimiy xarajatlar o‘zgaradigan bo‘lsa relevant darajasining yangi chizig‘i paydo bo‘ladi (chizmaga qarang).
Shartli-doimiy umumishlab chiqarish xarajatlari (p.b.da)
|
Yangi relevant darajasi
|
|
Doimiy xarajatlar
|
|
400
200
500 Ishlab chiqarish hajmi (donada)
Chizma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, shu xo‘jalik yurituvchi subyekt 500 dona mahsulot ishlab chiqarguncha shartli-doimiy xarajatlar miqdori o‘zgarmaydi, ya’ni uning miqdori 200 p.b.da bo‘ladi. Lekin,
500 danadan keyin yangi bir dona mahsulotni ishlab chiqirish boshlanishi bilan shartli-doimiy xarajatlar miqdori ikki baravarga oshadi (400 p.b.), aniqroq ifodalanadigan bo‘lsa – yangi relevant darajasi paydo bo‘ladi.
4-§. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish1
Bozor munosabatlari rivojlangan davlatlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati zararsizligini tahlil qilish qilishda ishlab chiqarish dastagi (leverage – richag, dastak) usulidan foydalanishadi. Ishlab chiqarish zararsizligining bu usuli – xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasini samarali boshqarishning shartli-o‘zgaruvchan va shartli, shartli-doimiy xarajatlarning o‘zaro mutanosibligiga asoslangan mexanizmidir.
Tahlilning bu usuli yordamida sotish hajmi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasi o‘zgarishini taxminlash, shuningdek, zararsiz faoliyat yuritish nuqtasi topiladi.
1 Амалий бошқарув ҳисоби: Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма /А.К.Ибрагимов, Б.А.Хасанов, Н.К.Ризаев – Т: “Молия”. 2014. – 404 б., 265-270 бетлар
Xo‘jalik yurituvchi subyekt xarajatlarini shartli-doimiy va shartli- o‘zgaruvchanga bo‘lishga asoslangan marjinal usuldan foydalanishda ishlab chiqarish dastagi mexanizmining qo‘llanishi zaruriy shartdir.
Amaliyotda tahlilning bu usuli ishlab chiqarish dastagi samarasi tahlili deb nomlanadi va u quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda,
F F F
S – ishlab chiqarish dastagi samarasi; MD – marjinal daromad;
F – foyda;
DX – shartli-doimiy xarajatlar.
Ana shu formula yordamida topilgan ishlab chiqarish dastagi samarasining qiymati xo‘jalik yurituvchi subyekt tushumi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda foydaning o‘zgarishini taxminlash imkonini beradi. Ushbu holat quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
S F ;
T
bu yerda:
∆F — foyda miqdorining o‘zgarishi, foizda; — tushum miqdorining o‘zgarishi, foizda.
Ishlab chiqarish dastagi samarasini quyidagi shartli misol ma’lumotlari asosida tahlil qilib chiqamiz, (p.b.da):
Do'stlaringiz bilan baham: |