Q
Qualitative factors – sifat omillari. To‘g‘ri miqdoriy o‘lchab bo‘lmaydigan omillar. Sifat tavsifnomalarni, masalan, mahsulot yoki xizmatlar sifatini, xaridorning qoniqish darajasini, mahsulotni doimiy yetkazib beruvchilar bilan yaxshi munosabatlarni aks ettiradi. Ularni ham, miqdoriy axborot ma’lumotlari bilan bir qatorda, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda inobatga olish lozim.
Quantitative factors – miqdoriy omillar. Sonlar yordamida oson o‘lchanadigan omillar, masalan, ishlatiladigan materiallar miqdori, ijara uchun sarflar, kommunal xizmatlar.
R
Raw-in-Process Inventory – «aniq muddatda» ishlab chiqarish hisob tizimi (JIT – Just-in-Time)da materiallar zaxiralari (Materials Inventory) va yakunlanmagan ishlab chiqarish (Work in Process Inventory) schetlarini birlashtiruvchi buxgalteriya scheti.
Real accounts – haqiqiy schetlar. Saldosi hisob davri yakunida yopilishi lozim bo‘lgan vaqtincha schetlardan farqli o‘laroq, qoldiqlari (saldosi) kelgusi davrlarga o‘tadigan schetlar. Shuningdek, doimiy schetlarlar (Permanent accounts) yoki balans schetlari (Balance sheet accounts) deb yuritiladi.
Receivables – debitorlik qarzi. Barcha debitorlik qarzlari turlarini birlashtiruvchi tushuncha, shuningdek, balansdagi modda bo‘lishi mumkin.
Receiving report – kirim hujjati (kirim nakladnoy). Buyurtirilgan mahsulotlar qabul qilib olinganligini va xaridga buyurtmada talab qilingan ularning turlari va miqdori mos kelishini tasdiqlovchi hujjat.
Relative sales value method – savdo hajmida salmoq usuli. Sotishdan umumiy tushgan tushumda har bir mahsulot (mahsulotlar guruhi) bo‘yicha tushum salmog‘idan foydalanishga asoslangan mahsulotlar alohida turlari uchun birgalikdagi ishlab chiqarish xarajatlari (joint costs)ni taqsimlash muammosiga yondashuv.
Relevant approach – relevantli yondashuv. U yoki bu muammo qarori variantlarini tahlil qilishda, faqat relevant axborotni, ya’ni o‘rinli, mazkur muammoga tegishlisini va qaror tanlashga ta’sir ko‘rsatishga qodirini tahlil qilish lozim bo‘lgan boshqaruv hisobidagi yondashuv. Avvalgi davrda qilingan xarajatlar (ular borasida qanday boshqaruv qarori qabul qilinmasin, endi ulardan samara bo‘lmaydi, ular endi o‘zgarmaydi deb tushuniladi), shuningdek, ko‘rilayotgan variantlar uchun bir xillari haqidagi axborot tahlildan chiqarib yuboriladi. Axborot katta hajmlarida eng yaxshi qaror tanlovini nihoyatda yengillashtirish va tezlashtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |