Xo‘jalik yurituvchi subyektning 20xx yilgacha
bo‘lgan strategik prognoz balansining umumlashgan shakli
№
|
Moddaning mazmuni
|
2018
(fakt)
|
2019
|
2020
|
2021
|
20xx
|
Moliyaviy ko‘rsatkichlar prognozi
(pul birligida)
|
1
|
Oborotdan tashqari
aktivlar
|
|
|
|
|
|
2
|
Nomoliyaviy aylanma
mablag‘lar
|
|
|
|
|
|
3
|
Moliyaviy quyilmalar va
pul mablag‘lari
|
|
|
|
|
|
|
Jami balans
|
|
|
|
|
|
4
|
Kapital va rezervlar
|
|
|
|
|
|
5
|
Majburiyatlar
|
|
|
|
|
|
|
Jami balans
|
|
|
|
|
|
|
prognoz davri uchun
SSKM
|
|
|
|
|
|
Nomoliyaviy ko‘rsatkichlar prognozi
(diapozonli ball tizimida)
|
1
|
Xo‘jalik yurituvchi
subyektning bozor faolligi darajasi (indeksi)
|
|
|
|
|
|
2
|
Ichki faoliyat faolligi
darajasi (indeksi)
|
|
|
|
|
|
3
|
Innovatsion va investitsiya
faolligi darajasi (indeksi)
|
|
|
|
|
|
4
|
Menejerlar va mutaxassislarning intellektual salohiyati
indeksi
|
|
|
|
|
|
|
va sh.k.
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
|
|
|
|
|
|
Prognoz davri uchun SSI (Strategik salohiyat indeksi)
|
|
|
|
|
|
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning rivojlanish istiqbollari, mavjud resurslardan tejab-tergab foydalanish, ularning miqdorini imkon qadar kengaytirish, raqobat mavqeyini mustahkamlash, boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, qobiliyat va tashkillashtirish bilimlariga ega bo‘lishga va sh.k. bog‘liq. Buning barobarida, u endi biznesning mavjud sharti bo‘lmish qayta ishlab chiqarishga emas, balki tashqi va ichki muhit talablari o‘zgarishi orqali aniqlanadigan innovatsion va ichki o‘zgartirishlar jarayonlariga ham bevosita bog‘liq bo‘lib boradi. Rivojlanish tutashuvi orqali korporativ bilimlar oshishi natijasida innovatsiya va sarmoya jarayonlari tatbiq etiladi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning strategik salohiyatini baholash imkoniyati vujudga keladi.
rasm. Strategik salohiyat ikki tutashuvining o‘zaro aloqasi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning strategik salohiyat holatini aniqlaydigan ikkita muhim konturning o‘zaro aloqasi 11-rasmda tasvirlangan.
Strategik boshqaruv hisob tizimida strategik salohiyatning dual tabiati u haqida kompleks tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi, uni baholashda har tomonlama majmuaviy yondashish uchun shart- sharoit yaratadi.
Shunga ko‘ra, strategik boshqaruv hisob tizimida, baholash, tahlil qilish, strategik salohiyatni yorqin tasavvur etish kabi hisob-tahlil funksiyalarini ta’minlab berish vazifasi, birlamchi ahamiyatni kasb etadi. Yuqorida berilayotgan xulosalar asosida yondashuv, mulk shakli va faoliyat turidan qat’i nazar, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektda strategik boshqaruv hisobini samarali tarzda tashkil qilish va yuritish
uchun real imkoniyat yaratib beradi.
BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA BOSHQARUV HISOBINI AMALIY JIHATDAN TASHKIL QILISH1
§. Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom va integratsiyalashgan tizimlari.
§. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish yo‘nalishlari.
3 a) test topshiriqlari;
b) nazorat savollari.
1-§. Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom va integratsiyalashgan variantlari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini rivojlantirish ularda boshqaruv hisobini tashkil etishning istiqbolli usullaridan foydalanishga bevosita bog‘liq.
Xalqaro tajribada mulk shakli hamda faoliyat yo‘nalishidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil etishning quyidagi ikkita tizimidan foydalanishadi:
Avtonom tizim;
Integratsiyalashgan tizim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom tizimi xususiyati shundaki, unda moliyaviy va boshqaruv hisoblari chegaralari aniq belgilangan bo‘ladi.
Xususan, boshqaruv hisobi asosan rahbarlarni tezkor tartibdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlar bazasini shakllantirish va uni yetkazish kommunikatsiyalarini tashkil etish vazifasini bajaradi. Bu vazifa o‘z
1 Амалий бошқарув ҳисоби: Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма /А.К.Ибрагимов, Б.А.Хасанов, Н.К.Ризаев – Т.: “Молия”, 2014. – 404б., 355-377 бетлар.
navbatida boshqaruv hisobining moliyaviy hisobdan farqli o‘laroq tarzda, asosiy obyektlari bo‘yicha chetlanishlar tahlilini tashkil qilishni taqozo qiladi.
Shuningdek, rejalashtirish va uning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha aniq dasturlarni shakllantirish kerak bo‘ladi. Bu yondashuv o‘z navbatida har bir dastur bo‘yicha uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan byudjetlarni shakllantirishni talab qiladi. Navbatdagi bosqichda esa ana shu byudjet paramayetlarining bajarilishini ta’minlash, chetlanishlarni nazorat qilish hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ishlar bo‘yicha tezkor tartibdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish lozim bo‘ladi. Shubhasiz, boshqaruv hisobi ana shu ma’lumotlar oqimi kommunikatsiyasini tashkil qiladi va uning samarali ishlashini ta’minlaydi.
Bundan tashqari boshqaruv hisobi xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijasi bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxini boshqarish, uning realizatsiyasini tashkil qilish maqsadida bahosini belgilash, buning uchun bozor talablari, qonuniyatlari hamda shart-sharoitlaridan kelib chiqib baho siyosatini yuritish uchun ham ma’lumot bazasini shakllantiradi. Transfert baholarni belgilashning turli usullaridan foydalanib, xo‘jalik yurituvchi subyekt segmentlari o‘rtasida sog‘lom va raqobatbardosh muhitni shakllantish uchun zarur bo‘lgan kommunikatsiyani tashkil qiladi.
Xuddi shuningdek, boshqaruv hisobi javobgarlik markazlarining faoliyatini baholashda nomoliyaviy mezonlarni shakllantirish, segmentlar bo‘yicha daromad va xarajatlarni aniqlash, “xarajat-ishlab chiqarish hajmi-foyda” ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, zararsizlik (kritik) nuqtasini aniqlash va shu boradagi CVP – tahlilining asosiy muammolarini yechish, ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish, chiziqli dasturlash modellaridan foydalanib rahbarlar uchun har bir vaziyat bo‘yicha masalalar yechimi uchun bir necha variantlarni shakllantirish va ularning ichidan eng optimallarini tanlab olish vazifalarini ham bajaradi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida boshqaruv hisobi investitsiya loyihalari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish, biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va boshqaruv samaradorligini baholash masalalari bilan ham bevosita shug‘ullanadi. Shuningdek, strategik boshqaruv hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sifat ko‘rsatkichini baholash mezonlarini shakllantiradi, unga amal qilish va nazoratnini ta’minlash bo‘yicha rahbarlarga zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasini shaklantiradi.
Boshqaruv hisobidan farqli o‘laroq, moliyaviy hisob sintetik hisoblarni tashkil etish uchun mo‘ljallanganligi sababli, u albatta, mahsulotlar (ish va xizmatlar) ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar miqdorini hisobga oladi, ammo ularning paydo bo‘lish jarayoni hamda ularni boshqarishni amalga oshira olmaydi. Boshqaruv hisobi esa moliyaviy hisob amalga oshira olmaydigan xuddi ana shu jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda avtonom hisob tizimini tashkil etishda mahsulot sotishdan olingan tushum moliyaviy hisobda ham, boshqaruv hisobida ham aks ettiriladi. Bunda moliyaviy hisob xarajat va daromadlar hisobini olib boradi. Bu holat hisob axborotlaridan tashqi foydalanuvchilar uchun soliq to‘lovlari haqidagi ma’lumotlarni olishga yordam beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilishning integratsiyalashgan hisob tizimida – hisobning moliyaviy, ishlab chiqarish hamda boshqaruv hisoblari tizimlari maksimal tarzda uyg‘unlashgan holda tashkil qilingan bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda integratsiyalashgan hisob tizimi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
Integratsiyalashgan hisob tizimini yuritish uchun buxgalteriya hisobining markazlashgan tizimini tashkil qilish.
Ana shunday tizimning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida moliyaviy, boshqaruv va ishlab chiqarish hisoblarini o‘zaro muvofiqlashtirish.
Tashkil qilingan tizimda boshqaruv hisobi axborotlarining maxfiyligini ta’minlash.
Samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish imkonini beradigan tezkor hamda tahliliy tizimni tashkil qilish va uzluksiz tarzda ishlashini ta’minlash.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobi xizmatining markazlashgan tizimi quyidagicha bo‘ladi.
Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tijorat sirining maxfiyligini ta’minlash uchun moliyaviy hisob schetlarida faqat qoldiqlar ko‘rsatilib, boshqaruv hisobi schetlarida esa xo‘jalik muomalalari to‘lig‘icha aks ettiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘zaro iqtisodiy aloqadorlikda bo‘lgan javobgarlik markazlari va biznes segmentlari o‘rtasida yagona axborotlar bazasini shakllantirish, quyi bo‘linmalar (tsexlar, omborlar) o‘rtasida axborot almashinuvi hamda oqilona hujjatlar aylanmasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish integratsiyalashgan hisob tizimini shakllantirishga bog‘liq.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda integratsiyalashgan hisob tizimni tashkil etish quyidagi shart-sharoitlarga asoslanadi1:
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini boshqarishning markazlashtirilgan, amaliy jihatdan asoslangan mexanizmi mavjud bo‘lmaganda;
Xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘linmalari o‘rtasida hujjatlar aylanishi samarali bo‘lmaganda;
Xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan shartnomalar tuzish va boshqa iqtisodiy munosabatlarga kirishishini ta’minlab beruvchi axborotlar manbai shakllantirilmaganda;
Boshqaruv qarorlari asosan rahbariyat tomonidan tahlillarsiz qabul qilinganda;
1 Амалий бошқарув ҳисоби: Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма /А.К.Ибрагимов, Б.А.Хасанов, Н.К.Ризаев – Т.: “Молия”, 2014. – 404б., 358-360 бетлар.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi qo‘lda, ya’ni jurnal-order shaklida olib borilganda;
Investitsiya qarorlarini qabul qilishda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan resurslar asossiz ravishda ishlatilganda;
Buxgalterlar to‘g‘ridan to‘g‘ri rahbariyatga bo‘ysunib, natijada ular xoldingning umumiy foydasini hisobga olmasdan boshqaruv hisobini olib borganda;
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliqlarni rejalashtirishning markazlashgan tizimi mavjud bo‘lmagan va bu holat byudjetga katta miqdorda soliqlarni to‘lashga olib kelganda.
Integratsiyalashgan hisob tizimini joriy etishdan maqsad - xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan, eng avvalo, ishlab chiqarish, moliyaviy hamda boshqaruv hisoblari asosida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida qilinadi. Yaratiladigan yagona ma’lumotlar bazasi asosida har tomonlama bir xildagi, to‘liq va tezkor axborot olish vazifasi qo‘yiladi. Olinadigan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda shu asosda to‘g‘ri va tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish vazifasi turadi.
Integratsiyalashgan hisob tizimida axborotlarni qayd etish, to‘plash va qayta ishlash xo‘jalik yurituvchi subyektning quyi bo‘linmalari (tsexlar)dan boshlanadi.
Shundan so‘ng, to‘plangan axborotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning yuqori bo‘g‘inlarida moliyaviy hisobot shakllarini tuzish maqsadida umumlashtiriladi. Shu tartibda, xo‘jalik yurituvchi subyektda yagona axborot tizimi shakllanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda integratsiyalashgan hisob tizimini ishlab chiqish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Yagona hisob tizimi.
Hisobning tezkorligi va ishonchliligini ta’minlash.
Tushunarlilik, ahamiyatlilik hamda tahliliy.
Solishtirma va dinamik.
Hisob tizimi samaradorligini ta’minlash va sh.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda integratsiyalashgan hisob tizimini tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bo‘ladi.
Integratsiyalashgan hisob tizimini yaratishning dastlabki bosqichida buxgalteriya xizmati boshqaruv hisobi va tahlili talablariga muvofiqlashtiriladi. Bunda, xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy, moliyaviy mablag‘lari tarkibi, ularning shakllanish manbalarini ifodalovchi boshqaruv hisoboti shakllari tuziladi. Bu bosqichda to‘plangan axborotlarni umumlashtirish uchun boshqaruv buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi, kapitallar harakati to‘g‘risidagi boshqaruv hisoboti kabi shakllardan foydalaniladi. Birinchi bosqichda aktivlar va majburiyatlar, xarajatlar va daromadlar, xo‘jalik yurituvchi subyektning yakuniy moliyaviy natijalar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlari olinadi.
Integratsiyalashgan hisob tizimini tashkil etishning ikkinchi
bosqichida xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotiga kiritilmaydigan axborotlarni yig‘ish ishlari amalga oshiriladi. Bu axborotlarga xo‘jalik yurituvchi subyekt raqobatchilarining moliyaviy holati, harakati to‘g‘risidagi marketing axborotlari, investitsiya loyihalari va ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar, mehnat resurslari to‘g‘risidagi axborot kabilar kiritiladi.
Uchinchi yakuniy bosqichda oldingi bosqichlar natijalari asosida boshqaruvni rejalashtirish amalga oshiriladi.
Boshqaruv hisobining avtonom va integratsiyalashgan tizimlarini tashkil etishda muhim omil mazkur hisob turining iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik boshqaruv hisobining ko‘lami va uning kompyuterlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. Bu samaradorlikka uni tashkil etishga sarflangan xarajatlar to‘liq qoplangandagina erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |