Boshqaruv hisobi



Download 1,19 Mb.
bet10/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

ta’minot-tayyorlash – ishlab chiqarishni xomashyo, yordamchi materiallar bilan uzluksiz tarzda ta’minlash, shuningdek ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish hamda ta’mirlash uchun ehtiyot qismlarni sotib olish, saqlash hamda ta’minot jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyatini yuritish;

  • ishlab chiqarish – asosiy va yordamchi materiallarni ishlatib mahsulot ishlab chiqarish hamda ana shu ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq jarayonlar, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni takomillashtirish va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq jarayonlar;

  • moliyaviy-sotish – ishlab chiqarilgan mahsulotni to xaridorgacha yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlar: qadoqlash, tashish va boshqa ishlarni qamrab olgan bevosita sotish operatsiyalari

    tushuniladi. Mahsulotni reklama qilishdan boshlab, iste’molchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishgacha bo‘lgan jarayonni qamrab olgan, sotish hajmining o‘sishiga xizmat qiluvchi operatsiyalar, chiqarilayotgan mahsulot sifati nazorati;

        • tashkiliy – xo‘jalik yurituvchi subyektning eng optimal tarzdagi tashkiliy tuzilmasini yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Shu o‘rinda xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tizimidan, lozim bo‘lsa, funksional bo‘limlar, xizmatlar, tsexlar va uchastkalarni ajratish bo‘yicha aniq ishlarni amalga oshirish ham inobatga olinadi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning tarkibiy bo‘limlari o‘rtasidagi ichki aloqalar talablariga javob beruvchi hamda rejalashtirish, nazorat qilish, reja bajarilishini baholash, rag‘batlantirish funksiyalariga muvofiq keluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari (qarama-qarshi) aloqaga ega bo‘lgan ma’lumotlar tizimini tashkil etish ishlarini amalga oshirish ham nazarda tutiladi. Shu bilan birgalikda, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadlarini bajarishga yo‘naltirilgan ichki mutasaddilar harakatini muvofiqlashtirish jarayonlari ham amalga oshiriladi.

    Qayd etish joizki, boshqaruv hisobining obyektlarini ayrim olingan tarmoqlar, qolaversa, ayrim bir xo‘jalik yurituvchi subyekt miqyosida ham boshqacha guruhlash mumkin, lekin har qanday holatda ham u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi va xizmat qilishi kerak.
    Boshqaruv hisobi tizimida uning obyektlari o‘ziga xos mazmun va mohiyatga ega. Xususan, yuqorida boshqaruv hisobining birinchi obyekti deb e’tirof etilgan ishlab chiqarish resurslarining holati har qanday olingan xo‘jalik yurituvchi subyektda ham aniq davrlar bo‘yicha aks ettiriladi, shuningdek ularning harakati uzluksiz tarzda hisobga olib boriladi hamda xo‘jalik yurituvchi subyekt xo‘jalik faoliyati jarayonida ulardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi doimiy tarzda e’tiborga olib boriladi. Oddiyroq aytiladigan bo‘lsa, ana shu ishlab chiqarish resurslarining o‘zini har doim aniq hisobini olib borish, harakatini kuzatish va hisobda aks ettirish hamda ularning o‘zi kerakmi yoki
    boshqalariga almashtirish lozimmi degan savollarga javob berib borish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa, ana shu obyektlarni boshqaruv hisobida aniq bir yondashuv va usullar orqali aks ettirish kerak bo‘ladi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lumotlar tizimida boshqaruv hisobi obyektlarining turli xil usullar va yo‘llar orqali ifoda etilishi boshqaruv hisobi metodi deb ataladi.

    Boshqaruv hisobining metodi, boshqaruv hisobi obyektlarini xo‘jalik yurituvchi subyektning yagona ma’lumotlar tizimida aks ettirish imkonini beradigan usul va uslublar yig‘indisidir. Ana shu usul va uslublarga buxgalteriya hisobining metodi elementlari (hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash, kalkulatsiya, buxgalteriya schyotlari, ikki yoqlama yozuv, buxgalteriya hisoboti va balans), shuningdek me’yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat qilish, moliyaviy va iqtisodiy matematik tahlillar ham kiradi. Sxematik tarzda uni quyidagicha aks ettirish mumkin:



    Download 1,19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   198




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish