Dastur nomi
|
O’zbekistonning eng yangi tarixi
|
Ajratilgan soat
|
60
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
27
|
Dasturning maqsadi
|
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. YUksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga etkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.SHuningdek Talabalarda O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bo‘yicha tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli halqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash; o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish; talabalarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Kommunikativ kompetentsiya:
- jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana oladi;
- ijtimoiy vaziyatlarda o‘zaro muloqotga kirisha oladi, muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi;
- Mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti xususida o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi;
- O‘zbekistonning ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy hayotini o‘rganish jarayonida mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri talqin qila oladi va javob beradi;
- hamkorlikda jamoada mustaqil O‘zbekiston tarixiga oid mavzularda tarixiy nuqtai nazar asosida samarali ishlay oladi;
- turli vaziyatlarda o‘zini boshqara oladi hamda zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qila oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
- mavjud axborot manbalaridan O‘zbekistonning ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga tegishlilaridan foydalana oladi;
- axborot manbalaridan O‘zbekistonnnig ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotiga oid mavzular uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni izlab topa oladi, saralash, qayta ishlash, saqlashda ulardan samarali foydalana oladi;
- Mustaqil O‘zbekistoning ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotiga tegishli ma’lumotlar bazasini yarata oladi, ularning xavfsizligini tahminlashda media madaniyatga amal qiladi;
SHaxs sifatida o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
-shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib boradi;
- o‘z xatti-harakatini muqobil baholaydi va O‘zbekistonning ijtimoiy – siyosiy jarayonlarini o‘rganishda mustaqil qaror qabul qila oladi; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi:
- jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi va faol ishtirok etadi;
- o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qiladi, O‘zbekistonning ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o‘rganish jarayonida o‘zining faol fuqarolik pozitsiyalaridan kelib chiqib ish olib boradi;
- yordamga muhtojlarga saxovatli boladi, mavzuni o‘rganish va o‘zlashtirish jarayonida qiynalayotganlarga yaqindan yordam beradi;
- mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘ladi;
- kasbiy mavqeining o‘sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qiladi;
Milliy va umummadaniy kompetentsiyasi:
- vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga ehtiqodli bo‘ladi; - umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat qilish hissidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonning ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o‘rganib boradi;
- O‘zbekistondagi tarixiy jarayonlarini o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy ehtiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, urf–odat, an’ana va marosimlarini hurmat bilan o‘rganib boradi;
- badiiy va san’at asarlarini tushunish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, orasta kiyinish, madaniy, odob–axloq qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qiladi;
Fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: - aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda O‘zbekistonning ijtimoiy–siyosiy jarayonlarni o‘rganishda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi;
- kundalik faoliyatda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tarixiy jarayonlariga oid mavzularni o‘rganishda turli formula, diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
- inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan O‘zbekiston ning ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o‘rganish va tahlil qilishda foydalana oladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |