Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/94
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#270838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
uzatish linyalari

Lokal hisoblash tarmoqlari
“Lokal tarmoqlar” (LAN, Local Area Network) deganda aynan shunday tarmoqlarni 
tushiniladiki, u o‘lchamlari katta bo‘lmagan bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlarni 
birlashtiradi. Bunday izohlarni aniq emasligini tushunish uchun ayrim lokal tarmoqlarni 
xarakteristikalarini ko‘rish yetarli bo‘ladi. Masalan, ayrim lokal tarmoqlar bir necha 
kilometr yoki o‘nlab kilometrlar masofadagi aloqani oson ta’minlaydi. Bu esa xona, 
bino, bir-biriga yaqin joylashgan binolarni birlashtirish mumkin. Unda o‘lchamlari butun 
shaharga teng tarmoq- ni birlashtirish mumkin. Boshqa tomondan, global tarmoqlar 
bo‘yicha (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonadagi qo‘shni 
stollarda joylashgan kompyuterlar  birlashishi mumkin, buni esa negadir hech kim lokal 
tarmoq deb atamaydi. Shuningdek, bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlar kabel orqali 
interfeyslarning (RS 232-C, Centronis) tashqi razyomlariga yoki kabelsiz infraqizil kanali 
bo‘yicha ulanadi. Bunday aloqa ham lokal tarmoq deyilmaydi. Bir nechta kompyuterlarni 
birlashtirgan kichik tarmoqni lokal tarmoq deb atash noto‘g‘ri. 
Haqiqatdan ham, real holatda ko‘pincha lokal tarmoq ikkita yoki bir necha o‘nlab 
kompyuterlarni birlashtiradi. Bir xil lokal tarmoqlarning imkoniyatlari yuqori, abonentlarni 
maksimal soni mingacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik deb atash to‘g‘ri 
bo‘lmasa kerak. 
Bir xil mualliflar lokal tarmoqni “ko‘p kompyuterlarni bevosita ulash uchun tizim” deb 
ifodalashadi. Bunda faraz qilinadiki, axborot kompyuterdan kompyuterga vositachilarisiz 
bir xil muxitda uzatiladi. Biroq, zamonaviy lokal tarmog‘ida bir xil muxitda uzatish to‘g‘risida 
gapirish to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, bir tarmoq ichida ham har xil turdagi elektr kabellari 
va optovolokonlar ham ishlatiladi. “Vositachilarsiz” uzatish deb ifodalash ham juda 
aniq emas, chunki zamonaviy  lokal  tarmoqlarda har xil konsentratorlar, komutatorlar, 
marshrutizatorlar, ko‘priklar (mostlar) ishlatiladi. Ular uzatiladigan axborotni juda 
murakkab qayta ishlashini amalga oshiradi. Tushunarli emas, ularni vositachi deb atalsa 
bo‘ladimi yoki yo‘qmi.
To‘g‘rirog‘i, lokal tarmoq bu shunday tarmoqki, foydalanuvchilar aloqani sezmaslikka 
imkon beradi.
Lokal tarmog‘i bilan bog‘langan kompyuterlar bir virtual kompyuterga birlashadi, 


7
uning resurslariga hamma foydalanuvchilar kirishi mumkin bo‘ladi, lekin bu kirish bevosita 
har bir alohida kompyuterga kiradigan resurslarga qaraganda uncha qulay emas. 
Bu holatda qulaylik deganda birinchi navbatta kirishni yuqori real tezligi tushiniladi, 
qo‘shish orasidagi axborotlar bilan almashish foydalanuvchi uchun bilinmasdan amalga 
oshiriladi. Bunday ifodalanishda na sekin global tarmoqlar, na sekin aloqa Ketma ket 
yoki parallel portlar orqali lokal tarmoqlar degan tushunchaga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday 
ifodalashdan kelib chiqadiki, lokal tarmoqda uzatish tezligi eng ko‘p tarqalgangan 
kompyuterlarni ishlash tezligi oshishi bilan albatta oshishi kerak. Shunday holat kuzatilyapti
agar yaqinda 1-10 Mbit/s uzatish tezligi qoniqarli deb hisoblangan bo‘lsa, bugun esa o‘rta 
tezlikdagi tarmoq deb 100 Mbit /s tezlikda ishlaydigan tarmoq hisoblanadi, 1000 Mbit/s 
va o‘ndan katta tezlik uchun vositalar faol ishlab chiqilmoqda. 
Lekin bu yagona farqi emas, boshqa omillar ham muhimdir. Masalan, uzatishda 
xatolar darajasi past, prinsipial suratda bo‘lishi zarur. Axir juda tez uzatilgan bo‘lsa ham, 
xatolar bilan buzilgan axborot manosiz bo‘ladi – uni yana bir uzatish kerak bo‘ladi.
Shu sababli lokal tarmoqlar uchun maxsus o‘tkazilgan sifatli aloqa liniyalaridan 
foydalaniladi. Tarmoqning  yana prinsipial axamiyati shundan iboratki  u katta yuklanishda 
ishlash imkoniyati, ya’ni katta intensive axborot  almashunuvidadir (yoki katta trafik bilan).
Agar tarmoqda foydalanadigan almashuvni boshqarish me-xanizmi unga effektiv 
bo‘lmasa, unda uzatish uchun kompyuterlar o‘z navbatini xaddan tashqari uzoq kutishi 
mumkin. Keyin uzatish eng katta tezlikda olib boriladigan va butunlay xatosiz bo‘lsa 
ham, tarmoqdan foydalanuvchiga bu baribir barcha tarmoqdagi resurslarga kirish to‘g‘ri 
kelmaydigan ushlab qolishlarga aylanadi. 
Har qanday almashuvni boshqaradigan mexanizm kafolatli shunday ishlashi mumkinki, 
agar qancha kompyuterlar abonentlar, uzellar tarmoqga ulanishi oldindan ma’lum bo‘lsa. 
Yoqilganda ko‘p abonentlarni ulash ko‘zda tutilmagan, me-xanizm buzilishi mumkin. 
Va nixoyat, tarmoq deb bu so‘zni asl ma’nosiga qaraganda shunday ma’lumotlarni uzatish 
tizimiki, u o‘nlab kompyuterlarni birlashtiradigan, lekin standart portlari orqali aloqa 
holatiga o‘xshab ikkita emas. Shunday qilib, lokal tarmoqlar-ning farq qiluvchi belgilari 
quyidagicha: 
• uzatishning yuqori tezligi, katta o‘tkazuvchanlik imkoniyati;
• uzatishning xato darajasi pastligi (yoki, yuqori sifatli aloqa kanallari). Ma’lumotlar 
uzatish qo‘yiladigan ehtimolli xatosi 10~7–10~8 bo‘lishi kerak; 
• effektli, tezlik bilan almashuvni boshqarish mexanizmi. 
• chegaralangan, tarmoqga ulanadigan aniq ma’lum bo‘lgan kompyuterlar soni. 
Bunday ta’riflagandan tushunarliki, global tarmoqlar lokallardan farqli shunki ular 
abonentlar sonini chegaralanmaslikka hisoblangan bo‘lib unga sifatli bo‘lmagan aloqa 
kanallardan foydalanib uzatish tezligi past bo‘ladi, almashuv boshqarish mexanizmi esa 
ularda tez bo‘lmasligi kafolatlangan. Global tarmoqlarda aloqa sifati uncha muhim emas, 
uning borlig‘i hisobdir. 
Ko‘pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir sinfini ajratishadi – shaxar tarmoqlari 
(MAN, Metropolitan Area Network). Ular global tarmoqlarga yaqinroq bo‘ladi, lekin 
ba’zan lokal tarmoq xususiyatiga ega bo‘lishadi, masalan yuqori sifatli aloqa kanallari va 


8
nisbatan uzatishni yuqori tezligi. 
Shahar tarmog‘i o‘zining hamma afzalliklari bilan haqiqatan ham lokal bo‘lishi 
mumkin. To‘g‘risi xozir lokal va global tarmoqlari orasida ma’lum bir aniq chegarani 
o‘tkazish mumkin emas.                                    
Ko‘p sonli lokal tarmoqlar global tarmoqga chiqishga ega, lekin axborot uzatish 
xarakteri, almashuvni tashkil etish prinsiplari, lokal tarmoq ichidagi resurslarga kirish rejimi 
odatda global tarmoqlarda qabul qilingandan katta farq qiladi. Bunda lokal tarmog‘ining 
barcha kompyuterlari global tarmoqga ulangani bilan lokal tarmoqlar xususiyatlarini 
bekor qilmaydi. Global tarmoqga chiqish imkoni lokal tarmog‘idan foydalanuvchilarning 
birga ishlatish resurslardan biri bo‘lib qoladi. Lokal tarmog‘idan xilma-xil sonli axborot 
uzatilishi mumkin: axborotlar, tasvirlar telefon orqali gaplashuvlar, elektron xatlar va 
hakozo. Aytgandek, huddi shunday tasvir uzatish masalasi, ayniqsa to‘liq rangli dinamik 
tasvirlarga tarmoqni tez ishlashi uchun eng yuqori talablar qo‘yiladi. Ko‘pincha lokal 
tarmoqlarni diskli fazo, printerlar va global tarmoqga chiqish resurslarni birga ishlatishda 
foydalaniladi, lekin bu lokal tarmoqlar vositalari imkoniyatlarining juda kam qismidir. 
Masalan, ular har xil turdagi kompyuterlar orasida axborotlarni almashuvini bajarishga 
imkon beradi. Faqat kompyuterlar emas balki boshqa qurilmalar, masalan, printerlar, 
plotterlar, skanerlar tarmoqning abonentlari (uzellari) bo‘lishi mumkin. Lokal tarmoqlar 
tarmoqdagi hamma kompyuterlarda parallel hisoblash tizimini tashkil etishga imkon 
yaratadi. 
Ular yordamida murakkab texnologik tizimlarni yoki bir nechta kompyuterlarda bir 
vaqtda ilmiy izlanishlar qurilmasida ishlarni boshqarish ham mumkin. 
Biroq lokal tarmoqlar ba’zi kamchiliklarga ega, ularni doim esda tutish kerak. 
Uskunalar sotib olish va tarmoqli dasturli ta’minot, ulanuvchi kabellarni o‘tkazish va 
personalni o‘qitish qo‘shimcha moddiy xarajatlardan tashqari yana mutaxassis bo‘lishi 
kerak, u tarmoqni ishlashini nazorat qilib turadi, uni takomillashtiradi, resurslarga kirishni 
boshqaradi, bo‘lajak nosozliklarni to‘g‘rilaydi yani u tarmoq admi-nistratoridir.
Tarmoqlar kompyuterlarni joyini o‘zgartirish, boshqa joyga o‘tkazish imkoniyatlarini 
chegaralab qo‘yadi, chunki bunda birlashtirilgan kabellarni qaytadan o‘tkazish kerak 
bo‘ladi. Bundan tashqari, tarmoqlar kompyuter viruslarini tarqatishga ajoyib muxit 
hisoblanadi, shuning uchun  kompyuterlardan avtonom foydala-nishga qaratadi 
himoyalash masalalarga ko‘proq etibor berishga to‘g‘ri keladi. Hech narsa bekorga 
kelmaydi.
Tarmoqlar nazariyasini asosiy tushunchalarini eslatib o‘tamiz, ular server va kliyent. 
Server deb tarmoqni abonenti (uzeli) bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining resurslarini 
taqdim etib, o‘zi esa boshqa abonentni resurslardan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqga 
xizmat qiladi. Tarmoqda serverlar bir nechta bo‘lishi mumkin, quvvatli kompyuter server 
bo‘lishi shart emas. Ajratilgan server tarmoqdagi masalalar bilan shug‘ullanadi. Ajratilgan 
server tarmoqga xizmat qilishdan tashqari boshqa masalalar bilan shug‘ullanishi 
mumkin. O‘ziga xos server turi –tarmoqli printer. Kliyent bu tarmoq-ni abonenti bo‘lib, 
faqat tarmoq resurslaridan foydalanadi, o‘zi esa o‘zining resurslarini tarmoqga bermaydi, 
tarmoq unga xizmat qiladi. Ko‘pincha kompyuter – klientni ishchi stansiyasi deb atashadi. 


9
Har bir kompyuter bir vaqtda ham kliyent, ham server bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha server 
va klient deganda kompyuterlarni emas, balki ular uchun ishlaydigan dasturlar ilovalarini 
tushuniladi. 
Bu holatda resurs faqat beradigan ilovani server deyiladi, agar ilova tarmoqdagi 
resurslardan faqat foydalansa kliyent deyiladi. 

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish