84
umumiy qisimlari bir nechta, jumladan u aynan Microsoft Internet
Explorer bilan ishlash va
uning qo‘llanish sohasini cheklay olish imkoniyatiga ega. VBScript interpretatorli til hisoblanib,
Microsoft ning Web- texnologiyalari bilan hamkorlikda ishlay oladi, masalan ASP (Active
Server Page) bilan. SHunga qaramay VBScript klient tomonida ishlovchi ssenariy hisoblanadi,
ASP esa server tomonida ishlaydi.
Har qanday aloqa tarmoqlari o‘zining abonentlarini o‘zaro ulashni, kommu-
tatsiyalashning, ya’ni uzib-ulashning biron-bir xili asosida amalga oshiradi.
Bunday abonentlar tarkibiga uzoq masofalarda joylashgan kompyuterlar,
lokal
tarmoqlar, faks-qurilmalari yoki telefon orqali muloqot qiluvchi suhbatdosh
kishilarni kiritish mumkin. Tarmoqlarda har bir juft abonentga o‘zaro muloqot
uchun uzoq vaqt mobaynida kommutatsiyalanmaydigan, ya’ni
faqat ular uchun
mo‘ljallangan aloqa chizig‘ini ajratib bog‘lanishlarni amalga oshirish amaliy
jihatidan mumkin emas. Shuning uchun tarmoqlarda mavjud cheklangan sondagi
aloqa chiziqlaridan foydalanib, abonentlarni kommutatsiyalashning biron-bir xilini
qo‘llagan holda, bir vaqtda tarmoq abonentlari o‘rtasida bir-necha aloqa seanslari
ta’minlanadi. 4.1-rasmda abonentlarni kommutatsiyalashga asoslangan
tarmoqning keng tarqalgan tuzilish chizmasi keltirilgan.
Tarmoqlarda abonentlarni kommutatsiyalashning bir-biridan
farq qiladigan uchta
xili mavjud: kanallarni kommutatsiyalash (circuit switching), paketlarni
kommutatsiyalash (packet switching) va xabarlarni kommutatsiyalash (message
switching) kabi xillari.
Keltirilgan kommutatsiyalash xillarining har biri o‘zining afzalliklari va
kamchiliklariga ega, ammo ko‘pchilik mutaxasisslarning taxminlariga ko‘ra
kelajakda paketlarni kommutasiyalashga aoslangan texnologiyalar ko‘proq
qo‘llanilishi mumkin ekan.
Paketlarni kommutatsiyalashga ham, kanallarni
kommutatsiyalashga ham
asoslangan tarmoqlarni boshqa bir belgisiga ko‘ra - dinamik va doimiy
kommutatsiyali tarmoqlarga ajratish mumkin.
Dinamik kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlarga – umumiy foydala-
nish uchun mo‘ljallangan telefon tarmoqlari, lokal
kompyuter tarmoqlari va
85
TSR/IP tarmoqlarini misol qilib keltirish mumkin.
Kanallarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlarda doimiy kommutasiyalash
rejimi, alohida ajratilgan (dedicated) yoki arendaga berilgan (leased ) kanallar
rejimi deb ataladi. Doimiy kommutatsiyalash rejimida ishlaydigan tarmoqqa misol
qilib, sekundiga bir-necha gigabit tezlik bilan ishlaydigan va ular asosida alohida
ajratilgan aloqa kanallari quriladigan SDH texnologiyasi
tarmoqlarini keltirish
mumkin.
X.25 va ATM kabi texnologiyalar asosida qurilgan tarmoqlar esa, ikkala
rejimda ham ishlay olish imkoniyatiga egadir.
Aloqa chizig‘i, axborot signaldlari uzatiladigan fizik muhit, ma’lumotlarni
uzatish qurilmalari va oraliq uskunalardan tashkil topgan bo‘ladi (4.2-rasm). Aloqa
chizig‘i (line) aloqa kanali (channel) sinonim atamalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: