Kommutator va mostlarni cheklash
Lokal va global texnologiyalar asosida tuzilgan va ixtiyoriy aloqalar birlashtirilgan
murakkab tarmoqlardan o‘tayotgan ma’lumotlarni uzatish uchun ISO/OSI ochiq tizim modeli
tarmoq darajalariga xizmat qiladi. Tarmoq darajasini kiritish quyidagilardan iborat. Bir qancha
tarmoqlarning to‘plami bu tarmoq bo‘lib, tarkibili tarmoq deyiladi yoki intertarmoq
(internetwork) deyiladi. Tarmoq tarkibiga kiruvchi tarmoq tarmoqcha (podset) yoki tarmoq
tashkil etuvchilari deyiladi. Tarmoqchalar o‘zaro marshrutizatorlar bilan ulanadi (rasm 6.3).
Tarkibiy tarmo\ining lokal va global tarmoq tashkil etuvchilar bo‘lishi mumkin.
Rasm (6.2)da ko‘rsatilgandek shar bir tarmoqning ichki tashkil etuvchisi tarmoq
bayonnomani talqin etishda ashamiyatga ega emas. Barcha uzellar bitta tarmoqcha chegarasida
o‘zaro bo\langan, (ular uchun yagona texnologiya qo‘llanilgan). Tarkiibiy tarmoqqa turli xil
texnologiyalar kiradi: Ethernetning lokal tarmo\i, Fast Ethernet, Token Ring, FDDI va global
tarmoq frame relay.
Shar bir texnologiya o‘zining tarmoqchada barcha uzellarni o‘zaro xarakatini
ta’minlashga qodir, ammo turli tarmoqchalarga qarashli (masalan A va V uzellar orasida)
ixtiyoriy tanlangan informatsion aloqa tuzishga qobiliyatsiz.
Bu “katta” tarkibiy tarmoqning ixtiyoriy qo‘sh uzellar orasidagi o‘zaro xarakatni tashkil
etish uchun qo‘shimga vositalar talab etiladi. Bunday vositalar tarmoq darajasini taqdim etadi.
Tarmoq darajasi tarkibiy tarmoq bo‘yicha xarakatlanadigan paketning barcha tarmoqchalarni
ishini tashkil etadi. Bu ishni bajarishda tarmoq darajasi shu tarmoqcha texnologiyalariga murojat
qiladi. Ethernet, Token Ring, FDDI, Fast Ethernet va b.q lokal tarmoq texnologiyasini MAS
adreslarning uzellarni bitta adreslash tizimini ishlatcha sham, X.25, ATM, frame relay
texnologiyalarida boshqa adreslash tizimi ishlatiladi.
Turli bazaviy texnologiyalar bilan boshqariladigan murakkab tuzilgan tarmoqni kanal
42
darajasidagi vositalar bilan amalga oshirish mumkin. buning uchun ayrim turdagi mostlar va
kommutatorlar ishlatiladi. Most yoki kommutator segment ichida trafik shosil qilib segmentlarga
ajratadi va joriy segment stansiyalar orasida aloqa yo‘llarini taqsimlaydi. Shu bilan tarmoq
aloshida tarmoqchalarga bo‘linib ketadi, ulardan yirik o‘lchamli tarkibiy tarmoqlarni tuzish
mumkin bo‘ladi.
Ammo takrorlovchi, mostlar va kommutatorlar asosida tuzilgan murakkab tarmoqlarda
ularni cheklash muxim o‘rin egallaydi.
birinchidan, tarmoq topologiyasida (petlya) ilmoq bo‘lmasligi kerak. Mostlar kommutator
jo‘nashuvchi va qabul qiluvchi orasida yagona yo‘l bo‘lgandagina paketni adresatga yetkazish
masalasini yechadi. Shu bilan bir qatorda ilmoq shosil qilkvchi ortiqcha aloqalarning mavjudligi,
yuklamani balansiga, shuningdek zaxira yo‘llarini shosil bo‘lishi shisoiga tarmoq mustaxkamligi
oladi.
ikkinchidan, most yoki kommutatorlar orasida joylashgan tarmoqning logik segmentlari bir -
biridan kuchsiz ajratilgan. Chunonchi keng tortuvchi xujumlardan shimoyalangan. Agar
qandaydir stansiya keng tarqatuvchi xabar yuborsa, bu xabar tarmoqning barcha logik
segmentlariga uzatiladi.
Tarmoqdagi tarqatuvchi xujmlardan shimoyalanish most va kommutatorlar asosida
tuzilgan. Bu sifat emas, balki son jishatdan ashamiyatga ega. Tarmoq administratorlari keng
tarqaluvchi paketlar sonini cheklaydi.
uchinchidan, most va kommutatorlar asosida tuzilgan tarmoqlarda paketdagi ma’lumot axamiyati
(qiymati) asosida trafikni boshqarish masalasini yechish murakkab.
to‘rtinchidan, faqat kanal va fizik vositalar darajasida (bunga most va kommutatorlar kiradi)
transport tarmoqchasini realizatsiya etish bir darajali adreslashda kerakli darajada
etiluvchanlikni ta’monlamaydi. Tarmoq adapteri bilan qattiq bo\langan MAS adres vazifani
belgilash adresi sifatida ishlatiladi.
nixoyat, kanal darajadagi bayonnomalarni shamma turdagi most va kommutatorlar translyatsiya
qila olmaydi.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |