AD manbaga ulanganda uning yuritish paytidagi toki («pusk»
paytidagi) nominal tokning 6-7 barobari miqdorida ortib ketadi.
Tokning bunday qiymatida kontaktlardagi yengil tebranish xam
ularni ishdan chiqarib qo’yishi mumkin. Kontaktlarning
tebranish (vibratsiya) vaqtini kamaytirish uchun kontaktlar va
xarakatlanuvchi qismlar imkon darajasida yengil qilib yasaladi,
xarakat tezligi kamaytiriladi
va kontaktlarga bosish kuchi
oshiriladi. Ushbu tadbirlarga amal qilish oqibatida katta
kommutatsion (elektrik) yemirilishga bardoshlilikka ega bo’lgan
(soatiga ulab-uzishlar soni 600 bo’lgani xolda jami 2
.
10
6
operatsiyaga mo’ljallangan) PA va PME seriyadagi magnit
yuritgichlar yaratilgan. Tok kuchi 100A gacha bo’lgan yuritgich
kontaktlariga kumush yuritiladi, tok kuchi 100A dan ortiq
bo’lgan xollar uchun esa
kontaktlar kumush va kadmiy
oksididan (SOK) iborat kompozitsiyadan tayyorlanadi.
Dvigatelni manbadan uzish paytida kontaktlardagi tiklanuvchi
kuchlanish manba kuchlanishi bilan dvigatelp e.yu.k. si
o’rtasidagi farqqa teng bo’lib, natijada kontaktlarda bor-yo’g’i
nominal kuchlanishning 15-20% miqdorida kuchlanish bo’ladi,
bu esa dvigatelpni manbadan uzishga yengil sharoit yaratadi.
Lekin AD ishlashi davomida amaliyotda shunday xol
uchraydiki, dvigtelpni yuritiboq manbadan uzishga to’g’ri
keladi, bunday paytda yuritgich dvigatelpni nominal tokning
yetti barobar katta miqdorida va nominal kuchlanishga teng
bo’lgan tiklanish kuchlanishi
miqdorida manbadan uzishiga
to’g’ri keladi.
Magnit yuritgichi tormozlab qo’yilgan dvigatelpni 50 marta
ulab-uzgandan keyin ham normal ishlashni ta’minlashi kerak.
Yuritgichning pasportida uning nominal toki miqdoridan
tashqari, yuritgichning turli kuchlanishlarda ishlashi mumkin
bo’lgan dvigatelpning quvvati keltirilgan bo’ladi. Yuritgich
tomonidan uzilayotgan zanjir toki kuchlanish ortishi bilan
nisbatan sezilarli bo’lmagan xolda kamayishi munosabati bilan,
yuritgich ishlashi mumkin bo’lgan
dvigatelp quvvati nominal
kuchlanish ortishi bilan ortib boradi. Ishchi kuchlanishning eng
katta qiymati 500 V ga teng.
Tekshirishlarning ko’rsatishlaricha magnit yuritgichning elektrik
(kommutatsion) yemirilishga bardoshliligi dvigatel quvvatining
1,5-2,0- darajadagi qiymatiga teskari proportsional ekan.
Yuritgichning xizmat muddatini oshirish uchun, uni tanlashda
nisbatan kattaroq quvvatga mo’ljallab tanlanadi.
Magnitli yuritgichning konstruktsiyasi va ulanish sxemasi.
PME va PA seriyadagi yuritgichlar amaliyotda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: