5-“A va 5-“B” sinflar o`rtasida “Kim kuchli” yoki “Matematika + informatika” yoki musobaqasi
Ssenariysi
Boshlovchi:
Matematika fani yuksalmoqda kun sayin
Bo’limlari xilma-xil, qaysi birin aytayin.
Qancha-qancha muammo hal etilgan ushbu on,
Kompyuter savodi quloch yoymoqda chunon.
Assalomu-alaykum aziz ustozlar, hurmatli o`quvchilar va musobaqa qatnashchilari matematika va informatika fan oyligi doirasida 5-“A va 5-“B” sinflar o`rtasida “Kim kuchli” yoki ’’Matematika+informatika” musobaqasiga xush kelibsiz.
Matematika bu fanlar otasi,
Fizika , kimyo unga egizak.
Al Xorazmiy, Koshiylar xissasi,
Fanlarning ko`ksida zarrin bir bezak.
Qunt bilan o`rganib bu buyuk fanni,
Shon-shuhratga o`rang ona Vatanni.
Donolar donosi bo`lgay agar kim,
Fanga bag`ishlasa jon birla tanni.
Bugungi bellashuvimizda 5-“A sinfning Al Koshiy va 5-“B” sinfning Al Xorazmiy guruhlari quyidagi shartlar bo`yicha bellashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |