1. Bayon qilayotgan temaning harakteriga mos keladigan ko’rsatma
materiallardan to‘g‘ri foydalanish.
2. Ta’limda qo‘llaniliyotgan ko‘rsatma materiallar o‘quvchilarning yaqqol va
kokret obrazli idrok qilishini ta’minlashi.
3. Ko‘rsatma materiallar orqali o‘quvchilar obyektiv borliqdagi narsa, xodisa
va voqyealar bilan, ularning xususiyati, belgilari va bir - biri bilan bog‘lanish
vositalari bilan tanishadilar.
4. Ko‘rsatma materiallarining ko‘rsatmali bo‘lishi
ilmiy bilimlarni
mustahkamlashini ta’minlab qolmay, o‘quvchilar diqqatining barqarorligini
oshiradi, ijodiy tashabbuslarining rivojlanishiga yordam beradi.
5. Ko‘rsatma qurollar o‘tilayotgan mavzuning hajmi, harakteri, mazmuni va
sinf o‘quvchilarining saviyasiga qarab xilma - xil bo‘lishi mumkin. Maktabda
qo‘llaniladigan ko‘rsatma materiallarni ikki guruhga ajratish mumkin. 1. Buyum va
narsalarni aslicha tabiiy holicha ko‘rsatuvchi materiallar: o‘simliklar, hayvonlar,
gerbariylar. 2. Tasviriy ko‘rgazma qurollar: rasm, surat, fotosurat,
kinofilm,
diafilm. a) Simvolik tasvirlanishni ko‘rsatuvchi materiallar: geografiya va tarix
qartalari. b) Sxematik materiallar: sxema, tablisa, diagramma. O‘qituvchining
ta’limni muammoli tashkil etishda ko‘rsatmalarining o‘rni va amaliy ahamiyati
beqiyosdir. Ammo ba’zi o‘qituvchilar ta’limda ko‘rsatmalilikdan foydalanishda
nuqsonlarga yo’l qo‘yishadi. Masalan, tayyorlangan ko‘rsatmali qurollardan aniq
ta’limiy maqsadni nazarda tutmaydi. Yoki ko‘rsatiladigan rasm sxema va boshqa
tasviriy materiallar kichkina barcha o‘quvchilar yaxshi ko‘rib idrok qila
olishmaydi. Shuning uchun ko‘rsatmali materiallar chiroyli, chizmalari aniq va
o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda ta’limni
muammoli
o‘zlashtirishga amaliy yordam bermog‘i darkor. Darsda ta’limning ko‘rsatmali
tashkil etilishi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilayotgan materiallarning qiziqarli,
tez va ongli o‘zlashtirishga hamda mustaqilligini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi.
6. Bilimni puxta va mustahkam o‘zlashtirish qoidasi. A.R.Beruniy o‘qitish
jarayonida bolalarga tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni quruq yodlashga asoslangan
ta’limni qattiq qoralaydi. Puxta o‘zlashtirishning harakterli belgisi bilimni
mustahkam esga (xotirada) saqlab qolinishdadir. Puxta o‘zlashtirish uchun
qaytarish (takrorlash) va mashq g‘oyat katta ahamiyatga ega. Qaytarishda faqat
ilgari o‘zlashtirilgan materiallargina esga tushurilmay, o‘zlashtirgan bilimlarning
noaniq, tumanli bo‘lib qolgan tomonlari oydinlashadi va to‘ldiriladi. O‘tilgan
materialni qaytarish-xotirada qayta tiklash bir necha yo‘l bilan olib boriladi.
Qaytarishning ahamiyati haqida A.R.Beruniy “Bilim
takrorlash va qaytarish
mevasidir”. Qaytarish turlari darsning qaysi bosqichida qo‘llanishi mumkinligi va
o‘tilayotgan mavzuning harakteriga bog‘liqdir. O‘tilgan mavzularni asosiy va
markaziy masalalar yuzasidan qaytarishning ahamiyati katta. Odatda bunday
takrorlashlar bir qancha mayda temachalarni o‘tib bo‘lgach, temachalar o‘rtasidagi
bog‘lanishlarni aniqlash, umumlashtirish maqsadida qaytariladi. Kudalik
takrorlash. Har kuni har bir dars yuzasidan olib boriladigan takrorlashdir.
Takrorlashning ikkinchi turi maxsus takrorlashdir. Odatda bunday takrorlash katta
temalarni o‘tib bo‘lgach, shuningdek, ma’lum bir chorak ichida o‘tilgan materiallar
yuzasidan olib boriladi. Maxsus takrorlashning keng tarqalgan turi o‘quv yili
oxirida alohida ajratilgan soatlarda o‘tkaziladi.
7. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini
xisobga
olish
va
tushunarli
qilib
o‘qitish
qoidasi.
Ta’lim jarayonida har bir sinf o‘quvchilariga xos umumiy xususiyatlarni ham shu
sinfdagi har qaysi o‘quvchining individual xususiyatini xisobga olgan holda ish
ko‘rish muhim didaktik ahamiyatga egadir. Ibn Sino, Beruniy o‘qitish
jarayonida
bo‘lgan tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni quruq yodlashga asoslangan ta’limni qattiq
qoralaydi. Beruniy yozadi: “Tushunish yodlashdan yaxshiroq va afzaldir”. Beruniy
pedagogik g‘oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash
zarurligidir. “Bilimning shunday bo‘lishi kerakki, u yalang‘ochligingda ham
o‘zingda qolsin, bilimingni hammomdagi qo‘llik ham yuvolmasin”. Bilimlarning
o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi ta’limda samarador bo‘lish uchun Beruniy
quyidagilarga amal qilishni tavsiya etadi: - sezgi organlarning ma’lumotlariga
ko‘ra... bilishni davom ettirish; - fanni o‘rganayotganda fikrlash, xotiralab esga
olish zarur; - o‘rganiyotgan ilmlarni to‘la bilib olish uchun, o‘sha ilmni tashkil etib
turgan elementlarini puxta o‘rganib chiqish; - bilishda oddiydan murakkabga,
ma’lumdan noma’lumga,
yaqindan uzoqqa, osondan qiyinga, dalillardan
xulosalarga qarab borish; - uzoq o‘tmishga oid bilimlarni o‘rganishda shu ilm, fan
tarixini o‘rganish; - hodisalarni, fan asoslarini bir-birlariga taqqoslashtirib,
solishtirib har tomonlama chog‘ishtirb o‘rganish va h.k. O‘quvchilarga ta’lim
berishda bayon qilinayotgan bilim bolalarga tushunarli bo‘lish kerak. Shu
bilimlarning tushunarli bo‘lishi uchun ularning yosh va individual xususiyatlari
hisobga olinadi. Ana shuning uchun ham yangi bilimlarni bayon qilish, o‘tilgan
materialni mustahkamlash, uyga vazifa toptirish ham, mustaqil ish va qo‘shimcha
mashg‘ulotlar o‘tkazish paytida bolalarning yosh va individual xususiyatlarga amal
qilinadi. O‘qitishning bolalarga tushunarli bo‘lishi qoidasida ta’limning ikki
tomoniga e’tibor beriladi. 1. O‘quv materiallarining harakteri-mazmuni va hajmi
shu sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi. 2.
Sinf uchun
belgilangan bilim hajmi shu sinf o‘quvchilarining saviyalariga mos bo‘lishi.
Darsda berilayotgan bilimlarning bolalar tomonidan puxta o‘qib olinishga erishish
uchun mustahkam rejaga amal qilinishi, mazmuni va hajmi to‘g‘ri belgilangan
bo‘lishi, materiallardan lo‘nda xulosalar chiqarishi materiallarning ishonchli
bo‘lishi uchun fakt, misol, dalillar keltirish – ko‘rsatmali qurollardan foydalanish,
nutqning ravon va tushunarli bo‘lishi, materiallarning turmush bilan,
o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari bilan bog‘lab olib borish talab qilinadi.
Ta’limni tushunarli bo‘lish qoidasi o‘quv ishlarini osonlashtirib, soddalashtirib
yuborishni rad etadi. Mashhur pedagog Burxoniddin Zarnudjiy “O‘quvchiga
ta’lim yo‘lida qo‘llanma” asarida “Har biringiz muruvvatni egallashga hayrixohlik
bilan intiling, biroq bulardan eng dolzarbi, bu - kishilarda bilimlarni takrorlashdir.
Sen bilimlarni faqat mana shu olti holatda, o‘zlashtirishining zarur bo‘ladi”. Bular:
aql - farosatlilik, kuchli istak, chidamlilik, ozgina yeyimlik va ichimlik, o‘qituvchi
ta’limi va bilim olish uchun yetarli vaqt. Klassik pedagogik namoyondalar
ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi yuzasidan
bir qator qoidalarni ishlab
chiqqanlar. Ular “didaktik qoidalar” deb yuritiladi: 1. Osondan qiyinga qarab orish.
2. Ma’lumdan noma’lumga borish. 3. Soddadan murakkabga borish. 4. Yaqindan
uzoqqa qarab borish. Ya.A.Komenskiy mazkur qoidaga ta’raf berib bunday deb
yozgan edi: “O‘quv materiallarini shunday taqsimlab chiqish lozimki, avval bola
juda yaqin va aniq narsalarni, so‘ngra uncha uzoq bo‘lmagan narsalarni, keyin
uzoqroq va nihoyat, eng uzoq narsalarni bilib olsin”.
Do'stlaringiz bilan baham: