Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi


Didaktik jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish



Download 0,85 Mb.
bet34/109
Sana22.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#401195
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109
Bog'liq
majmua

2.Didaktik jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo‘llash muammolariga bag‘ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab etish, uning imkoniyatlarini aniqlash va keng ko‘lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish mexanizmini bilish ta’lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali shakl va metodlarini aniqlash imkonini beradiki, buni nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati ham beqiyosdir

Texnopedagogik mazmunda e’lon qilinayotgan ilmiy ishlar sonining tobora ortib borayotganiga qaramay, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy-metodologik asoslarini yaratish, unga ilmiy fan maqomini berish zaruriyatini asoslash borasidagi muammaolar hanuzgacha ilmiy-nazariy va metodologik jihatdan yetarli darajada ilmiy tadqiq etilmagan.

Zero, metodologiyaning mukammalligi obyektiv jarayonni o‘rganish va uni takomillashtirishning hal qiluvchi omilidir. U ilgari ilmiy bilish faoliyatining faqat falsafiy asoslari haqidagi masalalarni ifodalagan bo‘lsa, endilikda bilish nazariyasidan bilish vositalariga jiddiy e’tibor berish, bilishni tashkil etish, bilimning ichki tartib-qoidalari, mantiqi va tarkibini o‘rganishi bilan farq qiladi. Metodologik formula ilmiy bilish va amalga joriy etish izchilligini ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarda amaliyotning usutuvorligi, olingan natijaning haqqoniyligi, obyektga muvofiqligini aniqlash muhim xususiyatdir. Har bir muammoni o‘rganish umummetodologiya, xususiy metodologiya va ayni mavzu metodik tizimidan iborat bo‘ladi. Bu uch metodologik asos bir-birini to‘ldiradi, obyektiv qonuniyatlarini aniqlash samaradorligini ta’minlaydi.

Pedagogik texnologiyalar (PT) o‘tgan asrning so‘nggi choragida o‘rganila boshlandi, rivojlangan mamalakatlar tajribasida yaxshi natijalar berdi. Mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiya metodik ta’minlash omili sifatida e’tirof etildi. Uni nazariy va amaliy rivojlantirish bo‘yicha anchagina tadqiqotlar olib boriladi. Ammo uning metodologik asosi yaratilmaganligi tufayli ZPTni o‘rganishda har xil yondashuvlar mavjud.

Internet ma’lumotlarida jahonning har bir hududida ZPTni o‘rganish va joriy etish tajribalarida o‘ziga xos yo‘nalishlar mavjud. Bu har xillikka sabab, avvalo, pedagogik jarayonning dialektik xususiyatidir. Ikkinchidan, ZPTning metodologik modeli ishlab chiqilmagan. ZPTni takomillashtirishda fanlararo bog‘liqlik imkoniyatlari aniqlanmagan.

Demak, dialektik qonuniyatlardan kelib chiqadigan umummetodologiya ZPTni o‘rganishda, rivojlantirishda hal qiluvchi omildir. Zero, PT amaliy jarayon bo‘lsa-da, falsafaning bilish nazariyasi uning ilmiyligini ta’minlaydi. Bilish nazariyasining obyekt va subyekt o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, prinsiplari, bilishda amaliy mezon va obyektiv borliqni bir butunlikda o‘rganish pedagogik texnologiyaning samaradaorligini oshiradi. Agar dialektikaning bilish nazariyasi barcha fanlarning, jumladan, pedagogikaning ham umumiy muammolarini o‘rganishda keng qo‘llanilsa, metodologik asos bo‘lsa, bu moddelashtirish mezonidir.

Modellashtirish borliqni bilvosita o‘rganishga asoslangan ilmiy usuldir. U moddiy va g‘oyaviy bo‘lishi mumkin. «G‘oyaviy modellar g‘oya shaklida mavjud bo‘lishi mumkin».

Albatta, pedagogik texnologiyalar g‘oyaviy modellar bilan ifodalanadi. XX asrning uchinchi choragida pedagogika fanining taraqqiyoti g‘oyaviy modellarni qo‘llash bilan xarakterlanadi. Bu keyinchalik pedagogik texnologiyalarning shakllanishiga asos bo‘lgani tabbiy hol. Pedagogik jarayonning murakkab qonuniyatlarini ifodalashda g‘oyaviy modellashtirish keng imkoniyat yaratmoqda.

Xususiy metodologiya ZPTning predmeti va pedagogik jarayonning o‘ziga xos qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Ayrim tadqiqotlarda pedagogik jarayonning qonuniyatlarini e’tiborga olmaslik hollari uchraydi. Ma’lumki, amaliyotda pedagogikaning o‘ziga xos qonuniyatlari buzilishi ta’lim-tarbiyani inqirozga olib bordi. Bu qonuniyatlar keyingi yarim asrda faqat nazariy qo‘llanmalardagina ko‘rsatiladi. Pedagogik jarayon qonuniyatlari bo‘yicha tadqiqotlar ham, qo‘llanmalar ham juda kam. Fanning o‘ziga xos qonuniyatlariga asoslanmaslik pedagogik tadqiqotlarning bir tomonlama, natijalarning sun’iy, tavsiyalarning umri qisqa bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. ZPTni takomillashtirishda ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlarini hisobga olish uning ilmiy va amaliy garovidir.

Pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlari har bir masalaning ilmiy tadqiqotiga metodologik asos bo‘lishi fanning oldida turgan vazifani samarali hal etish imkonini beradi. Bu qonuniyatlar pedagogik voqelik bilan pedagogik jarayon o‘rtasidagi turg‘un bog‘liqlikdir. Pedagogik jarayon qonuniyatlari bu voqelikni rivojlantirishda barqaror, doimo qo‘l keladigan har bir tadqiqot predmetini, ilmiy ishning samarali metodikasini belgilashda umumiy mezondir.

Pedagogik jarayonning o‘ziga xos umumiy qonuniyatlari dialektik qonuniyatlar va kategoriyalardan kelib chiqadi. Pedagogik jarayonning bir butunligi esa uning maqsad, vazifa, mazmun, shakl va metodlarning ijtimoiy-iqtisodiy talabiga mosligi bilan o‘lchanadi. Bu jarayonning samaradorligi texnikaviy va boshqa vositalar, gigiyenik, ma’naviy-psixologik shart-sharoitga bog‘liqligi, tarbiya, ta’lim, ma’lumot va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘qitish va o‘rganishning uyg‘unligi, subyekt va obyekt faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi kabilar.

ZPT ta’lim-tarbiya jarayoniga bir butunlikda yondashish orqali yuqori natijalarga erishish kafolati sifatida jahonda tan olingan. Shuning uchun ham 1996 yil YUNESKO tomonidan Dorussalom universitetida o‘tkazilgan konferensiyada “Pedagogik texnologiya ta’limning optimal shaklini tanlashda, butun o‘qitish va bilimni o‘zlashtirish jarayonida texnik, insoniy omillarning hamkorlikdagi metodik tizimini yaratish va qo‘llashdir” degan xulosaga kelingan edi.

ZPTning yana bir o‘ziga xos xususiyati unda o‘quvchi, o‘quvchi faolligining ustuvorligidir. Ta’lim-tarbiya jarayonida bilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash motivini shakllantirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasini tarkib toptirish, ma’naviy-psixologik muhit ZPT ning tarkibiy qismidir. Bu o‘zaro bog‘liqlik ham pedagogik jarayonning o‘ziga xos qonuniyatidan kelib chiqadi.

Shuningdek, ZPTni o‘rganishda pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari qo‘llaniladi. Kuzatish, pedagogik tajribalarni o‘rganish, suhbat, anketa, tajriba o‘tkazish kabi usullar bor. Har bir usulni qo‘llash ZPTning xususiyatidan, uning o‘ziga xos prinsiplaridan kelib chiqadi. Bunda ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘xshashlik holati mavjud. Pedagogik jarayon tizimi, texnologiyasi ham natija bilan o‘lchanadi. Shunga qarab muvofiqlashtirib boriladi.

Ikkinchidan, pedagogik-psixologik tashxis ZPTning muhim tamoyilidir. CHunki maqsad, mazmun, metod, shakl va vositalar optimalligi pedagogik tashxis bilan aniqlanadi. Pedagogik tashxisga asosan, jarayonni modellashtirish ta’lim-tarbiyadagi mavhumlikga barham beradi.

Uchinchidan, har qanday ishlab chiqarishdagi singari natija ZPTning bosh mezonidir. Ta’lim-tarbiya jarayonining modeli, kafolati natija bilan o‘lchanadi. Shuning uchun olingan natijaga asosan pedagogik jarayonni baholash, muvofiqlashtirish ZPTning asosiy amaliy maqsadidir.

Manbalarda bu tushuncha quyidagicha sharhlanadi: “Nazariya (grekcha theoreo so‘zidan olingan bo‘lib, theoria – qarab chiqaman, tadqiq etaman) keng ma’noda – ma’lum hodisaning mohiyatini yoritish va tushuntirishga yo‘naltirilgan qarashlar, tasavvurlar, g‘oyalar majmuni; nisbatan tor va maxsus ma’noda esa – qayd etilayotgan nazariya obyekti bo‘lgan faoliyat qonuniyatlari va mavjud aloqalari to‘g‘risidagi to‘laqonli tasavvurni bera oluvchi ilmiy bilimlarning eng yuqori, eng taraqqiy etgan tashkiliy shakli”.




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish