Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi


Tayanch so‘z va iboralar



Download 0,85 Mb.
bet33/109
Sana22.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#401195
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109
Bog'liq
majmua

Tayanch so‘z va iboralar: o‘qitish texnologiyasi, pedagogik texnologiyaning aspekti, predmet metodikasidan o‘qitish texnologiyasining farqi, pedagog-texnologning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi, zamonaviy pedagogik texnologiyaning darajalari.
1.O‘qitish texnologiyasining asosiy ko‘rsatkichlari

O‘qitish texnologiyasi -  bu ta’lim, kommunikatsiya, axborot va boshqaruvning jamlangan va tartibga solingan optimal yo‘llari va vositalaridir, bu ta’lim jarayonini o‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida samarali natijalarga kafolatli erishishni va aniq ta’lim jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchisi hisoblanadi (PT jarayonli –bayonli aspekti);  bu mavjud jarayondir, ta’lim jarayoni subyektlarining hamkorlikdagi yuzaga kelgan tartibli harakatidir (PT jarayonli harakat aspekti).

Pedagogik texnologiya – bu ta’limni texnologiyalashtirish sohasida pedagogik hodisalar va jarayonlarda qo‘llaniladigan tushuncha

«Pedagogik tizim», «ta’lim texnologiyasi» va «fan metodikasi» tushunchalari va ularning bir-biridan farqi

Pedagogik tizim – belgilangan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga qaratilgan, maqsadli va oldindan belgilangan pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq vositalar, usullar, jarayonlar birligidan iborat ma’lum bir butunlik (V.Bespalko).

Ta’limning predmet metodikasi – ta’lim tizimida quyidagi predmetning ahamiyati va o‘rni, uning vazifalari va ta’lim mazmunini aniqlab beradi. Shu predmet yuzasidan ta’lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga izoh keltiradi.

Tizimli turkum (kategoriya) kabi ta’lim texnologiyasi quyidagilarni ifodalaydi:

(1) pedagogik tizimning tarkibiy qismlarini (komponentlarini), (2) ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismlarni (elementlarini), uning protsessual qismini, (3) ta’lim metodikasining keyingi darajasini – maqsadga erishish uchun uslubiy (metodik) tizimni o‘quv jarayoni qatnashchilarining harakat izchilligiga aylantiradi.

Predmet metodikasidan o‘qitish texnologiyasining farqi:

                   faqatgina “o‘rgatish?” savoliga javob bermay, balki u muhim qo‘shimchalar qiladi - «samarali natija olish uchun qanday o‘rgatish va qanday optimal o‘quv jarayonini tashkillashtirish?»;

                   aniq talablarga va taxminiy natijalarga emas balki aniq vazifalarga tayangan xolda aniq pedagogik g‘oya asosida loyihalashtiriladi;

                   natijalarni qayta ishlab chiqish bilan farq qiladi;

                   bilim olishda, ta’lim beruvchiga yo‘naltirilgan, darsning metodik ishlanmalaridan farqli o‘larok, shaxsiy faoliyatlarini hisobga olgan holda yutuqlarni ta’minlaydi va ta’lim oluvchilarga yo‘naltiradi.

         Pedagog-texnologiyaning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi:

                   tajriba o‘tkazmaydi: u aniq belgilangan natijalar bilan ish olib boradi;

                   ma’lum muddatda va talab bo‘yicha quyilgan maqsadni amalga oshirishda shubha tug‘dirmaydigan, faqatgina asoslangan ta’lim modeliga tayanadi;

                   ta’lim maqsadi qo‘yilgandan so‘ng, pedagogik vazifalar aniq belgilangandan so‘ng, taxmin qilingan o‘quv natijalari shakllangandan so‘ng va ta’lim jarayonining ketishi bo‘yicha qo‘yilgan talablardan so‘nggina harakatni boshlashi mumkin.

Pedagogik texnologiyalarni mazmuni quyidagi yo‘nalishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan:


  1. Gumanlashtirish va demakratlashtirish.

 B) Individuallashtirish

 S) Rivojlantirish

 D) Faollikni oshirish (bajarib o‘rganish)

Pedagogik texnologiyalarning dastlabki elementlarini hosil bo‘lishi va takomillashuvini tasavvur etish, o‘tmish ildizlariga bugungi ta’lim texnologiyasi talablari jihatidan yondashish eng dolzarb vazifalardandir.

Pedagogik texnologiyalarni turlari (umumiy, xususiy metodik, universal modul li kichik texnologiyalar). Pedagogik texnologiyalarni falsafiy jihatdan guruhlash. (materialistik, idealistik, diniy, ilmiy). Ta’limni tashkil etishga yondashuv jihatdan (biogen, psixogen, sotsiogen).



Pedagogik texnologiyalar o‘qitish natijasi o‘qituvchi shaxsidan ko‘ra ko‘proq o‘quvchiga, uning mustaqil o‘qishiga bog‘liqligini yaqqol ochib beradi. Haqiqatan ham, YUNESKOning ta’lim va informatika bo‘yicha ikkinchi kongressi (Moskva, 1996) va Butun Rossiya “Telematika-96” ilmiy-metodik anjumani (Sankt-Peterburg, 1996) materiallarida ta’kidlanganidek, yangi axborot vositasi va uning imkoniyatlari bilan to‘la qurollangan o‘quvchi o‘quv materialining 70-90 foizini mustaqil o‘zlashtirishni uddalay olar ekan.

B.Blum tadqiqotlarida esa bu ko‘rsatkich 75 foiz chegarasida aniqlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish natijasida o‘quv materialining asosiy qismi o‘quvchining mustaqil o‘zlashtirishiga o‘tkaziladi va demak, darsxona soatlari keskin kamayadi. Bu bilan birinchidan, bilish jarayonida o‘quvchi faolligi va mas’uliyati oshadi, ikkinchidan esa, professor o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalari ham me’yorlanadi.

Pedagogik texnologiyalar avvalo – umumpedagogik maqsadlar fan va mavzular miqyosidagi aniq o‘quv maqsadlariga ajratiladi, ularga muvofiq holda oraliq, yakuniy baholash va o‘quvchilarning mustaqil o‘zlashtirishlari bo‘yicha topshiriqlar tuziladi. O‘quv maqsadlari, topshiriq (test)lar va yakuniy natija, oldindan belgilangandan so‘nggina, o‘quv jarayoni boshlanadi. Uning asosiy mazmuni aniq belgilangan yakuniy maqsadga to‘la-to‘kis erishishga yo‘naltiriladi. Bunda o‘qituvchiga test yoki boshqa turdagi topshiriqlardan, o‘quvchilar bilish jarayonini faollashtiruvchi turli didaktik konstruksiyalar va vositalardan foydalanish erkinligi beriladi. Eng muhimi, yakuniy natijaga erishish kafolatlansa bo‘lgani. O‘qitish natijalariga qarab, o‘quv jarayoni mazmuniga va aniqlashtirilgan (xususiy) o‘quv maqsadlarga tuzatishlar kiritilib boriladi. Bu esa, bo‘lajak o‘quv jarayonini loyihalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Pedagogik texnologiyalarda o‘quv jarayonini takrorlanuvchan xarakterga ega bo‘lishi quyidagicha tushuntiriladi. O‘quv jarayoni malakali mutaxassis yoki tajribali o‘qituvchilar tomonidan tuzilgan topshiriq (test)lar bo‘yicha amalga oshirilar ekan, unda mahorati turlicha bo‘lgan o‘qituvchilar deyarli bir xil natijaga erishishlari mumkin. V.P.Bespalko ta’kidlaganidek: “pedagogik texnologiya, (dars o‘tuvchi) o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi-o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash–loyihalashdir”.

Haqiqatan ham AQSHda yaratilgan va YUNESKO tomonidan ma’qullangan pedagogik texnologiyalarni joriy etayotgan jahondagi 27 dan ziyod mamlakatlar o‘quv jarayonida AQSHdagiga juda yaqin natijalarga erishmoqdalar. Xususan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiyalar bo‘yicha o‘qitilgan 5000 o‘quvchi-o‘quvchining 75 foizi an’anaviy usulda o‘qiganda faqat eng yuqori o‘zlashtiruvchi o‘quvchi-o‘quvchilargina erisha oladigan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganlar. Ba’zi mamlakatlarda esa bunday ko‘rsatkich ulushi 80-85 foizni tashkil etadi.

Biz bixeviorizm va B.Blum taksonomiyasiga asoslangan pedagogik texnologiyalar haqida fikr yuritishga harakat qildik. Bundan tashqari shaxsning effektiv sohada rivojlanishini ta’minlovchi, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi o‘qitishning individuallashganligi bilan ajralib turuvchi Kyoller sistemasi kabi o‘qitish texnologiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etilishi mamlakatimiz o‘quv yurtlaridagi kadrlar tayyorlash jarayoni mazmunini yanada boyitib, uni jahon andozalari bilan uyg‘unlashuviga, shu bilan birga mustaqillik mafkurasi, o‘zbek xalq pedagogikasi va milliy an’analarga xos va mos bo‘lgan pedagogik texnologiyalarni yaratishga nazariy va amaliy asos bo‘ladi deb o‘ylaymiz1. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslarini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholash mumkin:

1.     Pedagogik muammoning yechimi ilmiy asoslanganligi;

2.     Pedagogik jarayonning asosiy obyekti hamda subyekti hisoblanmish tahsil oluvchilarning ongli, faol o‘quv bilish faoliyatlarining ta’minlanganligi;

3.     Olingan natijaning sifat va samaradorligi nisbatan yuqoriligi;

4.     Olingan natijaga ortiqcha vaqt, zo‘riqish vositalari va shu kabilar sarflanmaganligi;

5.     Pedagogik texnologiyalar ijodiy izlanishlar mahsuli bo‘lib, ma’lum yangilikka egaligi va uzoq muddatlar davomida qo‘llanish imkoniyatlarining mavjdudligi;

6.     Pedagoglar ommasi tomonidan e’tirof etilib, oson o‘zlashtirilishi va amaliyotga keng ko‘lamda tatbiq etilishi kabilardir.

Agar ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘zlangan natijaga nisbatan ko‘p vaqt, zo‘riqish kuchlari, materiallar, vositalar kabilar sarflash hisobga olingan bo‘lsa, bunda qo‘llanilgan texnologiyani samarali, ilg‘or deb bo‘lmaydi. Samarali, ilg‘or pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonining barcha tarkibiy unsurlari (ta’lim mazmuni, didaktik maqsadlar, ishtirokchilari, tashqi ta’sir etuvchi omillar, amalga oshirish shart-sharoitlari kabilar)ni har tomonlama hisobga olgan, ijodiy izlanishlar natijasidir. Ilmiy –amaliy manbalarning tahlili va shaxsiy tajribalarimizga asoslangan holda quyidagilarni ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi omillar sifatida ko‘rsatib o‘tamiz.

1. Ta’lim standartlari doirasida bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi va chuqurlashtiruvchi o‘quv unsurlari mazmunining yaxlit tugal tizim holida mujassamlashtirib o‘rganish;

2. Axborot ko‘lami qisqa vaqt ichida shiddatli oshib borayotgan bir paytda amaliy jihatdan muhim o‘quv materiallariga tayanch nuqtalar sifatida qarab, ularni tahsil oluvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishiga katta ahamiyat berish;

3. Har bir mavzu, bilim va o‘quv unsurini o‘rganishda yangi kiritilayotgan yoki avvaldan ishlatilgan, lekin mohiyati tahsil oluvchilar tomonidan anglanmagan tushunchalar, iboralar va so‘zlarning mohiyati va mazmunini izohlab, tushuntirish;

4. Muammoli va dasturli ta’lim unsurlaridan keng ko‘lamda foydalanish;

5. Ishlab chiqarish jarayonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiziqarli, muammoli vaziyatlar tarzidagi masalalarni yechish;

6. Tahsil oluvchilarning mustaqil izlanuvchan o‘quv bilish faoliyatlarini oqilona tashkil etib, unga rahbarlik va muntazam rahbarlik qilish usul va vositalaridan foydalanish;

7. Tahsil oluvchilarni o‘qib o‘rganishga undovchi, uni hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘taruvchi omil (o‘yin, munozara, bir-birini nazorat qilib, baholash kabi)lardan keng ko‘lamda foydalanish;

8. Fan, texnika taraqqiyotiga oid yangiliklar va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarining ilmiy asoslarini aniq misollar yordamida ko‘rsatish;

9. Ta’lim-tarbiya ishini loyihalashtiruvchi, amalga oshiruvchi va natijalarini nazorat qilib, baholash yo‘li bilan yanada takomillashuviga erishadigan ijodiy izlanuvchan pedagoglarni tayyorlash, ularni oqilona ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar.

Yuqoridagi fikrlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalar ma’lum yangiliklar yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ilmiy-nazariy va amaliy izlanish natijasi ekanligi ayon bo‘ladi. Shunday ekan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish dolzarb vazifa sanalib, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini yaratish muammolari bo‘yicha olib boriladigan umumiy va amaliy tadqiqotlarga keng yo‘l bergan holda ushbu nazariya mohiyatini to‘laqonli aks ettiruvchi pedagogik terminologiyani shakllantirishni taqozo etadi. Bugungi kunda nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslangan umumiy ishlanmalarning mavjud bo‘lishi alohida kasb etadi. Zero, umuman nazariy bazaga ega bo‘lmasdan turib, bu muammolarni hal etish mumkin emas.




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish