Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi


Tushuntirishning vazifasi



Download 0,85 Mb.
bet20/109
Sana22.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#401195
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109
Bog'liq
majmua

Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘ururli qilib tarbiyalashga yordam berishdan iborat.

Tushuntirishda o‘quvchilarda mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashning roli katta. Suhhat va hikoya. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy-axloqiy shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirli usul hisoblanadi.

Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin. Axloqiy mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o‘zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat go‘zalligi hamda inson go‘zalligi, siyosiy mavzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati), ta’lim va bilimga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi).

Suhbat davomida o‘quvchilarni qalbidagi fikrlarini aytishga, jasoratini uyg‘otishga, o‘quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish juda muhimdir. Bu borada bahs va munozaralarning ahamiyati katta.



Hikoya. O‘quvchilar, odatda, hayotdan va boy badiiy adabiyotdan olingan aniq misol bilan to‘liq hikoyalarni tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tarixiy, tabiiy boyliklari, san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televidenie, internet tarmoqlaridagi, gazeta va jurnallardagi maqolalar ham qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar orqali ravon va jonli o‘tkazilishi kerak.

Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaqin axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va namuna olishlari nihoyatda muhim­dir. O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa yoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Xulq-atvor bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Maktablarda ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bolalar o‘z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar. Ularga taqlid qilishga intiladilar. Namuna xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug‘ kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush inida ko‘rganini qiladi», «Onasini ko‘rib qizini so‘ra», «Axloqni axloqsizdan o‘rgan», «Bola oldida birovlarning g‘iybatini qilma, bolang g‘iybatchi bo‘ladi». Shu oddiy iboralar ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligining guvohi bo‘lamiz.

Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish