Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo'nalishi


Darsning mavzusi: O’yinchoq-toychoq haykalini ishlash



Download 28,8 Kb.
bet5/7
Sana12.01.2022
Hajmi28,8 Kb.
#335585
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish Xaytbaeva N

Darsning mavzusi: O’yinchoq-toychoq haykalini ishlash.

Darsning vazifalari: O’yinchoq-toychoqning tuzilishi, shakli, xarakterli tomonlarini ko’ra bilish va tasvirlashga o’rgatish. O’quvchilarning loy va plastilin bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.

Darsning jihozlanishi: Turli zotli otlarning, shuningdek, o’yinchoq-toychoq haykalchalari. O’yinchoq-toychoq yasovchi ustalarning ish holatidagi rasmlari.

Darsning mazmuni: Dars o’qituvchining otlar haqidagi suhbati bilan boshlanadi. Bunda otlarning qaysi maqsadlarda boqilishi, ularning zotlari haqida alohida to’xtalinadi. Suhbatda ayniqsa, bizning diyorimizda otlarning mavjud turlaridan qorabayr, arabi, laqay, yovmut zotlari borligini qayd qilinadi. Bunday otlar va ularning toychoqlarining rasmlari namoyish etiladi. Namoyishda toychoqlarning tuzilishi, shakli, o’lchovlariga alohida e’tibor beriladi.

O’zbek xalq kulolchilikgida azaldan ot mavzusi yetakchi o’rinda bo’lib, ularning haykalchalarini ishlash qadimdan rasm bo’lib kelgan. Bunga misol qilib Hamro Rahimova, Umarqul Jo’raqulov, Abdurahim Muxtorovlar yaratgan ishlarni kiritish mumkin. Bu rasmda Umarqul Jo’raqulov rassom G.Ulьko tomonidan tasvirlangan. Bu asar o’qituvchi tomonidan bolalar ishtirokida tahlil qilinadi. So’ngra bu ustalar tomonidan ishlangan toychoq haykalchalari namoyish etiladi. O’yinchoq-toychoqdan birontasining tuzilishi, shakli, o’lchovlari, o’lchov nisbatlari, ranglari bolalar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

O’qituvchining navbatdagi ishi o’quvchilarga o’yinchoq-toychoq haykalini amaliy tarzda ishlab ko’rsatishdir. Toychoq haykali ham alohida loy bo’laklaridan ishlanadi. Bunda toychoqning tanasi, boshi, oyoqlari, dumi uchun loy bo’laklari tayyorlanadi va ularga kerakli ko’rinish berilgach barcha a’zolari birlashtiriladi. So’ngra, toychoqning tanasidagi mayda qismlarning shakllari ishlab chiqiladi. SHu kabi tayyorgarlik ishlari tugagach, toychoqning tanasiga namlangan barmoqda yoki xo’l latta yordamida silliqlab ishlov beriladi.

O’quvchilar mustaqil ishga kirishganlaridan so’ng o’qituvchi haykal ishlashda qiynalayotganlarga individual yordam ko’rsatadi.

Dars oxirida barcha ishlar namoyish taxtasiga qo’yildi va o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

Uyga sinf ishini davom ettirib tugallash vazifa qilib topshiriladi.

Kompozitsion faoliyat mashg’ulotlari boshlang’ich sinflarda rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozitsiya va haykaltaroshlik kompozitsiyasi kabi qismlardan tashkil topadi.

Rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlarida bolalar ko’proq yil fasllari, bayramlar, ommaviy tomoshalar, qishloq va shahar mehnatkashlarining kundalik mehnati, qush va hayvonlar hayoti kabilarga doir mavzularda rasm ishlaydilar. Bunday mashg’ulotlarda o’qituvchi o’zining asosiy e’tiborini bolalar rasmlarida aks etadigan g’oya, rasm mazmuni, rasm elementlarini qog’oz yuzasida kompozitsion jihatdan to’g’ri savodli qilib tasvirlanishiga qaratishi lozim. Boshlang’ich sinflarda tasvirlanayotgan jarayon yoki narsalarning hajmini yorug’soya, perspektiva yordamida tasvirlash talab etilmaydi. Perspektiva qoidalariga rioya qilish talab etilmasada, biroq, yaqindagi narsalarni yirikroq, uzoqdagisini kichikroq tasvirlanishi lozim. Rangtasvir kompozitsiyasida tasvirlangan hayvonlar, qushlar, odamlar o’rtasidagi bir-birlari bilan bog’liqlikni, aloqadorlikni ham aks ettirish kerak bo’ladi. Kompozitsiyadagi barcha elementlar o’zaro bog’liqlikda tasvirlanishi shart. Bolalar rangtasvir kompozitsiyasini xarakterli xususiyatlaridan biri, ularning rasmlaridagi soddalik, jo’nlik, dunyoni o’zlaricha idrok etishlari va tasvirlashlari hisoblanadi. Ulardagi bu xususiyatlar bolalar rasmlarida saqlanishi lozim. O’qituvchining bu masaladagi asosiy vazifasi bolalarning ijodiy faolligini oshirishga, rasmdagi g’oyani to’liq ifodalay olishga, rasmni emotsional ta’sirini kuchaytirishga ta’sir ko’rsatishdan iborat.

Quyida rangtasvir kompozitsiyasiga doir dars ishlanmasi berilgan.


Download 28,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish