Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo'nalishi


Darsning mavzusi: Ninachining o’ziga qarab rasmini ishlash



Download 28,8 Kb.
bet4/7
Sana12.01.2022
Hajmi28,8 Kb.
#335585
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish Xaytbaeva N

Darsning mavzusi: Ninachining o’ziga qarab rasmini ishlash.

Darsning vazifalari: O’quvchilarni murakkab va simmetrik shakldagi narsalarning tuzilishi, shaklini ko’ra bilishga o’rgatish, ularning tasviriy malakalarini rivojlantirish. Tabiatga nisbatan mehr uyg’otish.

Darsning jihozlanishi: Ninachi kollektsiyalari. Katta o’lchovda ishlangan ninachi rasmi va parallel sinf o’quvchilarining shu mavzuda ishlagan rasmlaridan namunalar.

Darsning mazmuni: Yangi mavzuni bayon qilishni o’qituvchi ninachilar haqida qisqacha suhbat bilan boshlaydi:

Bolalar, yozgi ta’til vaqtida siz har xil kapalak, ninachi, tillaqo’ng’iz kabi hashoratlarni ko’rgan va ulardan kollektsiya to’plagan bo’lsangiz kerak. Ma’lumki, ninachilar shakli, tuzulishi, rangi, bezagi, o’lchovi jihatdan nihoyatda xilma-xil bo’ladilar. SHunga qaramasdan, ularning bir-biriga o’xshash tomonlari ko’p. Ninachilarni o’xshash va umumiy tomonlarini solishtirib ko’rish orqali bilib olish qiyin emas. Ninachilar o’zlarining shakli, rangi va yengil parvozi bilan kishilarga nihoyatda zavq bag’ishlaydi. SHuning uchun ham ko’pchilik bolalar ularni sevishadi. Ularni tutib kollektsiya to’playdilar.

Ninachilar haqidagi umumiy suhbat tugagach, katta o’lchovdagi bironta kapalak rasmi doskaga osib qo’yiladi va u bolalar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

Tahlil quyidagicha savollar yordamida amalga oshiriladi:

-Ninachi qanday bo’lakladan tashkil topgan?

-Ninachining qanoti qanday ko’rinishda?

-Ninachining bosh qismi va tanasining shaklichi?

-Ninachining tanasi va qanotlarida qanday ranglar bor?

-Ninachi simmetrik shakldami yoki yo’qmi?

-Nima sababdan ninachini simmetrik shaklda deymiz?

-Ninachining qanoti, tanasi, boshi, mo’ylovi o’zaro qanday tutashgan?

O’qituvchi ninachilarni namunalarini ko’rsatadi va ularni rasmini chizish usulini doskada ko’rsatadi. Bu ishni u birinchi galda rasmni qog’oz yuzasida kompozitsion jihatdan to’g’ri joylashtirishni tushuntirishdan boshlaydi. SHu maqsadda u o’zi ishlagan namunaviy rasmni va parellel sinf o’quvchilarining ishlagan rasmlaridan namunalarni bolalarga ko’rsatadi.

Rasm chizish simmetriya o’qini belgilash va ninachining umumiy balandligini yotiq chiziq bilan, enini og’ma chiziqlar bilan belgilab olishdan boshlanadi. So’ngra simmetriya o’qi ustida ninachining boshi, tanasi, dumining tasviri ishlanadi. Oxirida esa belgilangan yotiq va og’ma chiziqlar orasida ninachi qanotlarining rasmi tasvirlanadi. Rasm chizishdagi bosqichlarni o’qituvchi ba’zi o’quvchilarga og’zaki takrorlatganidan so’ng uni doskadan o’chirib tashlaydi. So’ngra bolalar partalarga qo’yilgan ninachilarni kuzatadilar va ularning o’ziga qarab rasmini (qalamda va bo’yoq bilan) ishlaydilar. Dars oxirida sinfda ishlangan bolalar ishlaridan namunalar ajratib olinib, tahlil qilinadi. Yaxshi ishlangan rasmlarning egalari rag’batlantiriladi, bo’sh ishlangan rasmlardagi xato va kamchiliklar qayd etiladi.

Yana bir boshqa ninachining o’ziga qarab rasmini chizish uyga vazifa qilib topshiriladi.

Yuqorida qayd qilinganidek, naturaga qarab tasvirlash, naturaga qarab haykal ishlashni ham nazarda tutiladi.

Bu mashg’ulotlarning yana o’ziga xos jihatlaridan biri bolalarda plastilin, loy, stek bilan to’g’ri munosabatda bo’lish, loy (plastilinni) parchalarini o’zaro qo’shish orqali haykal ishlash, shuningdek, birgina yirik loy bo’lagidan ortiqcha joylarini olib tashlash orqali haykal hosil qilish metodikasini to’g’ri o’zlashtirib olishga qaratilganligidir. O’quvchilar tomonidan topshiriqlarni bajarishda naturani barchaga to’liq ko’rinishiga erishish muhimdir. SHuningdek, naturani bolalar ishtirokida savol-javob orqali tahlil qilish, u haqda to’liq tasavvur hosil qilishga imkon beradi.

Boshlang’ich sinflarda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olib, o’zbek xalqiga xos bo’lgan mayda haykalchalar yasashga oid ishlardan namunalar ko’chirtirish, bu san’at turining milliy badiiy an’analarini o’rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Quyida o’ziga qarab haykal ishlash mavzusiga doir dars ishlanmasi beriladi.




Download 28,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish