Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi Mavzu: Boshlang`ich sinflarda matematika oʻqitishda oʻquv texnika vositalaridan foydalanish kursi sh I



Download 1,33 Mb.
bet5/8
Sana13.04.2022
Hajmi1,33 Mb.
#549473
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Абдурахмонова Н 303мс

III. Yangi mavzuning bayoni: Oʻquvchilarga ekran orqali toʻgʻri burchaklar, toʻgʻri burchakdan katta va kichik burchaklar hamda goniya tasviri koʻrsatiladi.
(AN) Goʻniyaning ta’rifini ekran orqali namoyish qilinib oʻqituvchi tomonidan qanday ishlatilishi tushintiriladi.

Shundan soʻng, oʻqituvchi tomonidan goʻniya hadida ertak aytib beriladi:


“Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Matematika saltanatida jarchilar antiqa e’lon tarqatibdilar. “Ehe-hey, odamlaru-odamlar, eshitmadim demanglar, kimda-kim saltanat devorlarining burchaklarini toʻgʻri hisoblab bersa oliy mukofot oladi “ deb jar solishibdi. Shunda saltanat chekkasida yashovchi, koʻrinishidan uyalib yuradigan chizgʻich kelib qolibdi. U burchakni men oʻlchayman debdi. Uni ustidan hamma kulibdi. Oʻzi bukri boʻlsa ham chiranishini qaranglar deyishibdi. Buni qarangki uning “bukri”si devor burchagiga mos tushibdi. Xursand boʻlgan podshoh uni saltanatda olib qolib, barcha qurilishlarda ishtirok etishini aytibdi va “Goʻniya” deb matematika olamida olib qolishibdi. Goʻniya soʻzining ma’nosi burchakning toʻgʻriligini tekshirish uchun ishlatiladigan asbob degan ma’noni bildirar ekan. Shundan beri bitta burchagi toʻgʻri burchak, qolgan ikkita burchagi toʻgʻri burchak boʻlmagan uchburchak shaklidagi chizgʻich goʻniya deb atalar ekan.
Oʻquvchilarni toʻgʻri burchak bilan tanishtirish maqsadida bunday amaliy ish taklif qilinadi. Partalarga oldindan chekkalari tekis boʻlmagan har xil rangli qogʻoz varaqlari yoyib qoʻyiladi.
Oʻqituvchi oldin bir varaq qogʻoz olishni va uni ikkiga buklashni taklif qiladi, buni qanday qilishni namoyish qilib koʻrsatadi. Shundan keyin hosil boʻlgan yarim varaqni yana ikkiga buklashni taklif qiladi. Toʻgʻri burchak modeli hosil boʻlganini tushuntiradi.

  1. 2) 3)

Shundan keyin boshqa rangli varaqni olib, xuddi shunday ishlarni mustaqil bajarishni taklif qiladi. Oʻqituvchi soʻraydi.


— Nima hosil boʻldi? (Toʻgʻri burchak.) Toʻgʻri burchakning tomonlari va uchini koʻrsating. Toʻgʻri burchaklarni taqqoslang. Buning uchun burchaklarni shunday qoʻyingki, ularning uchlari ustma-ust tushsin, bir burchakning pastki tomoni ikkinchi burchakning pastki tomoni boʻylab ketsin. Oʻquvchilar ishni oʻqituvchi bilan bir paytda bajaradilar.
— Burchaklarning boshqa tomonlari haqida nima deyish mumkin? (Ular ham ustma-ust tushadi.) Toʻgʻri burchaklar teng. Oʻz chizmachilik uchburchagingizdan toʻgʻri burchak modeli yordamida toʻgʻri burchak toping.
Ustma-ust qoʻyish yordamida oʻquvchilar chizmachilik uchburchagida bitta burchak toʻgʻri, qolgan ikkita burchak toʻgʻri emasligini, aniqlaydilar.
Oʻquvchilar toʻgʻri burchak modelidan foydalanib, darslik mashqlaridan toʻgʻri burchaklarning raqamlarini mustaqil topadilar va ularni daftarlariga koʻchirib yozadilar.
Darslikdagi quyidagi topshiriqni oʻquvchilar oʻzlari yasagan goʻniya yordamida bajaradilar.

Darslikdagi ikkinchi masalaga oʻquvchilar diqqati jalb etiladi. Qisqa yozuv boʻyicha masala tuzing va uni yeching:


Bor edi – 38 kg bodring
Tuzlandi – 30 kg bodring
Qoldi -? kg bodring
Yechish: Anvarning otasi bozordan 38 kg bodring olib keldi. Onasi shundan 30 kg bodringni bankalarga solib qish mavsumi uchun tuzlab qoʻydi. Qancha bodring tuzlanmay qoldi?
38-30=8 kg
Javob: 8 kg bodring tuzlanmay qoldi.
3-misolni oʻquvchilar doskada bajaradilar. Oʻqituvchi bitta yigʻindini topishga, bitta ayirmani topishga doir misollardan namuna ishlab beradi.
Dam olish daqiqasi:
Qafasda bor nechta qush,
10 ta kaklik, 15 toʻti.
20 tacha oqqush,
Soni qanchaga yetdi.
(TR) 4-topshiriqni ekran orqali bajaradilar. Ekranda berilgan burchaklarni goʻniya yordamida oʻquvchilar oʻlchaydilar. Oʻquvchilar javoblarini oʻqituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi.
5-topshiriqni oʻquvchilar mustaqil ravishda daftarlariga bajaradilar.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Antiqa rassom” oʻyini oʻtkaziladi. Ixtiyoriy 3 ta oʻquvchi tanlab olinadi va koʻzlari bogʻlanadi. Doskaga qoʻllarini uzmagan holatda toʻgʻri burchaklar chizadilar. Gʻolib aniqlanadi va ragʻbatlantiriladi.
“Antiqa rassom” oʻyindan boshqa darslarda ham turli shakllarni chizishda foydalanish mumkin. Bunda faqat oʻyin sharti oʻzgartiriladi. Masalan, ”Qoʻl uzmasdan uchburchak chizing”, ”Qoʻl uzmasdan toʻrtburchak chizing” ”Qoʻl uzmasdan aylana chizing” kabi.
(T) Mavzu boʻyicha test topshiriq beriladi. Ekranda tartibsiz ravishda burchaklar beriladi. Ular ichidan toʻgʻri burchaklarini, toʻgʻri burchakdan katta va kichik boʻlgan burchaklarni ajratadilar.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish