Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi Mavzu: Boshlang`ich sinflarda matematika oʻqitishda oʻquv texnika vositalaridan foydalanish kursi sh I



Download 1,33 Mb.
bet1/8
Sana13.04.2022
Hajmi1,33 Mb.
#549473
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Абдурахмонова Н 303мс


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi



Mavzu: Boshlang`ich sinflarda matematika oʻqitishda oʻquv texnika vositalaridan foydalanish
K U R S I SH I

III– bosqich “303” guruh talabasi:


Abduraxmonova Nargiza Nigmatjanovna
Ilmiy rahbar: dots.Muxitdinova N.M.
TOSHKENT – 2020
MUNDARIJA

KIRISH
ASOSIY QISM


1. Boshlang’ich sinflarda ko’rsatmali metodlarning ahamiyati
2. Ta’limda multimedia texnologiyalari
3. Boshlang’ich ta’limda multimedia texnologiyalaridan foydalanish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

KIRISH
Ma’lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik boʻlmish ilm, ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albbatta, ta’lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni oʻzgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib boʻlmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta oʻylanmagan ishlarga mutloqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Maktab ta’lim – tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida boʻlishi asosiy qonunimizda belgilab qoʻyilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qoʻllab – quvvatlashishini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoуevning 2017 yil 7 fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻg‘risidagi farmoniga koʻra 2017—2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi.
Harakatlar strategiyasining ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari deb nomlangan toʻrtinchi bosqichida, jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; umumiy oʻrta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori boʻlgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganish; uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish vazifalari belgilab berilgan.
Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi bolaning oʻqishga boʻlgan ijobiy munosabatini, bugungi kunda eng zarur boʻlgan oʻqish savodxonligi, turli ma’lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda qoʻllay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, oʻz-oʻzini boshqarish, jamoada oʻzini tuta bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta’limiy faoliyatni tashkil etish kabi koʻnikmalarni shakllantirishdan iboratdir. Shuning uchun oʻqituvchining kasbiy salohiyati va ma’lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim metodikasini bilishi boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinf oʻquvchilarida zarur koʻnikmalarni shakllantirish, boshlang‘ich ta’lim sifat-samaradorligini yangi bosqichga koʻtarish, oʻqitishning zamonaviy usul va vositalarini amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini tizimli ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi bosqich vazifalaridan biridir. Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi oʻquvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida toʻlaqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qoʻyayotgan talablariga toʻla javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin ortgan, turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash koʻnikmalariga ega boʻlgan, yangilikni oʻrganishga doim tayyor boʻlgan, hamkorlikdan choʻchimaydigan, muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi boʻlishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qoʻllanishiga yoʻl ochilishi maqsadga erishish yoʻlidagi toʻg‘ri qadamdir. Hozirda yangi texnologiya elementi boʻlgan interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanib dars oʻtilsa, oʻqitish jarayoni takomillashadi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish