Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi Mavzu: Boshlang`ich sinflarda matematika oʻqitishda oʻquv texnika vositalaridan foydalanish kursi sh I



Download 1,33 Mb.
bet2/8
Sana13.04.2022
Hajmi1,33 Mb.
#549473
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Абдурахмонова Н 303мс

Kurs ishining maqsadi: Boshlang`ich sinflarda matematika oʻqitishda oʻquv texnika vositalaridan foydalanish metodikasini tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari: Boshlang`ich sinf matematika darslarida oʻquv texnika vositalaridan foydalanish metodikasini o`rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining ob’yekti: Boshlang‘ich sinflarda matematika oʻqitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Boshlang`ich sinf matematika darslarida oʻquv texnika vositalaridan foydalanishning uslubiy asoslari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Kurs ishida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan boʻlajak boshlang‘ich sinf oʻqituvchilari va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf oʻqituvchilari foydalanishlari mumkin.
Kurs ishi kirish, 3 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.


ASOSIY QISM
1. Boshlang’ich sinflarda ko’rsatmali metodlarning ahamiyati
O’qitishning ko’rsatmali metodlari – o’quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol shaklidir, bundan o’qitishda, ayniqsa, boshlang’ich sinflarda keng foydalaniladi. Tevarak atrofdagi predmet va hodisalar va ularning turli-tuman modellari (har xil tipdagi ko’rsatma-qo’llanmalar) kuzatish ob’yektlari hisoblanadi. O’qitishning ko’rsatmali metodlarini o’qitishning ogʻzaki metodlaridan ajratib qo’yib bo’lmaydi. Ko’rsatma-qo’llanmalarni namoyish qilishni har doim o’qituvchining va o’quvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi. O’qituvchining so’zi bilan ko’rsatma vositalardan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy shakli aniqlangan:
1) o’qituvchi so’zlar yordamida o’quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;
2) og’zaki tushuntirishlar ob’yektning bevosita ko’rinmaydigan tomonlari haqida ma’lumotlar beradi;
3) Ko’rsatma-qo’llanmalari o’qituvchining o’gzaki tushuntirishlarini tasdiqlovchi yoki konkretlashtiruvchi illyustrasiya bo’lib xizmat qiladi;
4) o’qituvchi o’quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.
Malaka va ko’nikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni bilan bo’liq bo’lgan metodlar o’qitishning amaliy metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar jumlasiga yozma va ogʻzaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba’zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tatbiq qilish, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodi sifatida qo’llaniladi.
Mashq deb biror amalni, shu amalni o’zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish va ijodiy mashqlarga katta a’amiyat beriladi. Ijodiy xarakterdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli usullar bilan yechish, ifoda bo’yicha masala tuzish, qisqa yozuv, chizmaga ko’ra masala tuzish, muammoli masalalarni yechish mashqlari va boshqa mashqlar kiradi
Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini – malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari, innovatsion, pedagogik va axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati benihoya kattadir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda barcha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ta’lim jarayonini amalga oshirish, ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash, zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, jamoatchilik asosida ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yuzaga keltirish, uni mustahkamlash dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Ta’limni texnologiyalashtirish – bu o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir.
Ta’lim texnologiyasi – bu mavjud sharoit va o‘rnatilgan vaqtda belgilangan ta’limiy maqsad va qo‘zlanayotgan natijalarga kafolatli erishishni vositali ta’minlovchi, muloqot, axborot, boshqaruv va o‘qitishning eng qulay yo‘l va vositalarining tartibli yig‘indisi (ta’lim berish texnologiyasining jarayon-bayonli jihati); bu mavjud yuzaga kelgan ta’limiy jarayon sub’yektlarining hamkoriy harakatlari, haqiqiy jarayon (ta’lim berish texnologiyasining amaliy-jarayon jihati) tartibi.
Innovatsiya – yangilanishni, o‘zgarishni amalga joriy etish jarayoni va faoliyati (inglizcha innovatsiya – kiritilgan yangilik, ixtiro). Ilmiy texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek ularning turli sohalari va doiralarda qo‘llanishini aks ettiradi.
“Innovatsion” (yangilik kiritish) ta’limni o‘ziga xos xususiyatlari:
1. Oldindan ko‘ra bilish, ya’ni, o‘quvchini avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o‘qitish emas, balki uni uzoq kelajakni mo‘ljallashga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, o‘quvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda tahmin qilish, ko‘zlash, modellashtirish va loyihalashtirish amalga oshira olishi zarur.
2. O‘quvchining hamkorlikda ta’lim olish va muhim qarorlarni qabul qilish (lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishini ta’minlash.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Interfaol (“Inter” - bu o‘zaro, “act” – harakat qilmoq) – o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi.
Pedagogik texnologiyaning – YUNESKO tomonidan ma’qullangan ta’rifi:
Pedagogik texnologiya bu – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, o‘qitish va bilish, o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘llashning tizimli metodidir.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkamlash, o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
Aniqroq qilib aytganda, pedagogik texnologiya deganda – ta’lim funksiyasini amalga oshirishdagi san’at va mahorat tushunilib, u juda qulay usullar asosida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga asoslanadi.
Pedagogik texnologiya – bu ilmiy asosda tuzilgan, vaqt va joy bo‘yicha dasturlashtirilgan hamda ko‘zlanayotgan natijalarga olib keluvchi, pedagogik jarayonning barcha tarkiblarini harakatlanish tizimidir.
Pedagogik texnologiya – ta’lim berish va o‘zlashtirish usullarini yaratish, qo‘llash, ularni yagona tizimga keltirish yo‘li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlar o‘zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir.
Pedagogik texnologiyaning asosiy vazifalari:

  • Ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy, yaxlit ishlab chiqish.

  • Ta’lim-tarbiya jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan aniq maqsad va vazifalarni belgilash.

  • Ta’lim-tarbiya jarayoni mazmunini ishlab chiqish.

  • Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchining erkin, mustaqil faoliyat ko‘rsatish uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish, hamda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.

  • Ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, hamda baholashni tashkil etish.

  • Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarish.

  • Fan-texnika taraqqiyotidagi axborotlarni yoshlarga yetkazishni tezlashtirish.

Ilmiy jihatlari: Pedagogik texnologiyalar – pedagogik fan sohasi bo‘lib, u ta’limning maqsad, mazmuni va metodlarini va pedagogik jarayonni loyihalaydi.
Jarayonli – bayonli jihati: Rejalashtirilayotgan ta’lim natijalariga erishish uchun jarayon, maqsad, mazmun, metod va vositalarni tavsiflash.
Jarayonli – harakat jihati: Texnologik (pedagogik) jarayonni amalga oshirish, barcha shaxsiy, vositaviy va metodologik pedagogik vositalarni harakatlanishi.
Pedagogik ilm va amaliyotda «pedagogik texnologiya», «ta’limiy texnologiya» va «ta’lim berish texnologiyasi» kabi atamalarni keng qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga ularni tushunishda alohida bo‘lgan o‘qish turlari mavjud. Avvalambor, aniq ifodani berish, ularni nima birlashtirishi, ularni nima ajratib turishini tushunish uchun, «texnologiya» va uning kelib chiquvchilari: «texnologik jarayon», «texnologik harakat», «texnologik xarita», «texnologik tartib» tushunchalarini aniqlash lozim.
«Texnologiya» yunoncha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib «techne» - mahorat, san’at, malaka va «logos» - so‘z, ta’limot ma’nolarini anglatadi.
Ta’limni texnologiyalashtirish – bu o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir.
Ta’lim texnologiyasi:

  • bu mavjud sharoit va o‘rnatilgan vaqtda belgilangan ta’limiy maqsad va ko‘zlanayotgan natijalarga kafolatli erishishni vositali ta’minlovchi, muloqot, axborot va boshqaruvning eng qulay yo‘l va o‘qitish vositalarining tartibli yig‘indisi (ta’lim berish texnologiyasining jarayon-bayonli jihati);

  • bu mavjud yuzaga kelgan ta’limiy jarayon sub’yektlarining hamkoriy harakatlari, haqiqiy jarayon (ta’lim berish texnologiyasining amaliy-jarayon.

«Pedagogik texnologiya» - pedagogik hodisa va ta’limni texnologiyalashtirish sohasidagi jarayonda qo‘llaniladigan tushuncha.
«Ta’limiy texnologiya» - “ta’lim olish shakllarini maqbullashtirishni o‘z vazifalari deb qo‘yuvchi, ya’ni butun ta’lim berish jarayonini hamda texnikaviy va insoniy manbalarni hisobga olgan holda bilimlarni o‘zlashtirish va ularning o‘zaro harakatini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli usuli” (YUNESKO).
Pedagogika tizim – shaxsning bor sifatlarini shakllantirish uchun tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan va pedagogik ta’sir ko‘rsatishni ko‘zlagan, o‘zaro bog‘liq vosita, usul, jarayonlarning yig‘indisini ifoda qiluvchi aniq yaxlitlikdir (V.P. Bespalko bo‘yicha).
Fanni o‘qitish uslubiyoti – ta’lim tizimida ushbu o‘quv fanining ahamiyati va o‘rnini belgilaydi, uning vazifalarini va o‘qitish mazmunini aniqlaydi, ushbu fan bo‘yicha qo‘llanilayotgan usul, shakl va o‘qitish vositalari bayonini o‘z ichiga oladi.
Fanni o‘qitish uslubiyotidan farqli texnologiya:

  • “qanday o‘qitish kerak?” degan savolga javob bermay, balki ahamiyatli qo‘shimcha bo‘lgan “natijaviy qanday o‘qitish va o‘quv jarayonini qanday qilib eng maqbul tashkil etish kerak? degan savolga javob beradi;

  • aniq sharoitlardan kelib chiqqan va ma’lum natijaga yo‘nalgan, aniq pedagogik g‘oyaga loyihalanadi;

  • o‘z natijalarini qayta ishlab chiqarishi bilan farqlanadi;

  • ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchiga yo‘naltirilgan darsning uslubiy ishlanmalaridan farqli o‘laroq, ta’lim olishda ularning o‘z faoliyatlari hisobiga yutuq ta’minlanishiga yo‘naltiriladi.

Berilgan mavzu bo‘yicha ta’lim texnologiyasini tuzilishi va mazmuni:
Aniq fan va mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning ta’lim modeli jadval ko‘rinishida bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • dastlabki ma’lumotlar: o‘quv mavzusi, vaqti, o‘quvchilar soni;

  • shakl (yangi ma’lumot beruvchi dars, o‘tilganlarni takrorlovchi dars, umumlashtiruvchi dars) va ko‘rinishi (masalan, muammoli, mustaqil ishlash va bosh.), o‘quv mashg‘uloti rejasi tuzilishi, uning maqsadi, o‘quv faoliyatining ko‘zlanayotgan natijalari, o‘qituvchining vazifalari;

  • tanlangan ta’lim modeli: usullar, shakllar va o‘qitish vositalari;

  • ta’lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan, guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar;

  • monitoring va baholashga asoslangan qaytar aloqaning yo‘l va vositalari: nazorat turi (yozma va og‘zaki), nazorat shakli ( tezkor-so‘rov, test olish, taqdimot, o‘quv topshiriqlari va boshq.).

Bu yerda taqdim etilayotgan materiallar chegaralanmaydi. Faqat ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli chizmalarda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Zamonaviy texnologiya ta’lim jarayonida o’quvchiga zug’um qilmay, ularni qiziqtirib o’qitishni, o’quvchilar o’zidagi barcha fikrlarini bayon etishiga imkoniyat yaratishni tavsiya etadi.
Interfaol mashg’ulot – o’qituvchi va o’quvchilar o’zaro faol ishtirok etadigan mashg’ulot, bu jarayon hamkorlikda kechadi. Interfaol metodlarning qo’llanishi majburiy matematika darsi jarayonini beixtiyor psixologik o’yin yoki musobaqaga aylantirib, barcha o’quvchilarni bir oz bo’lsa-da, o’z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo’lmasdan, faol ishtirok etishga undaydi. Interfaol metodlarning mohiyati o’qitish jarayonida o’quvchi faolligini oshirish, o’quvchini pedagogik faoliyatning markaziy figurasiga aylantirishdan iboratdir. Maqsadi – demokratik jamiyatning faol fuqarolarini tarbiya qilish. Bunday metodlarni qo’llash orqali o’qituvchi o’quvchini o’z fikrini shakllantirishga, ifodalashishga, maqbul yo’lni tanlash va buning uchun ma’suliyat his etishga o’rgatadi. Shu bilan birga bolalarda o’zaro hurmat, ma’suliyat, halollik, e’tibor va tirishqoqlik xususiyatlarini tarbiyalashga ham harakat qilinadi.
Interfaol metodlarni qo’llash orqali quyidagi vazifalar hal qilinadi: o’quvchilarni dars mavzusiga qiziqtirish; bilimlarning puxta o’zlashtirishga erishish; bola tafakkurini rivojlantirish, ya’ni o’quvchini fikrlashga o’rgatish; o’quvchilarni o’zaro muloqot (muomala) qilishga o’rgatish; ta’lim jarayoniga hamma o’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash uchun sharoit yaratish; o’quvchilar guruhida mo’tadil psixologik iqlim yaratish.
O’quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo’llaniladigan usullarni to’g’ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsda mavzuga qo’yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo’li, usuli puxta ko’rib chiqilishi lozim. O’qituvchi har bir foydalanadigan interfaol usuli o’quvchiga nima berishini oldindan ko’ra olishi va darsni to’g’ri tashkil qilishi kerak. Demak, siz qo’llanmoqchi bo’lgan interfaol usulini tanlab bo’lgach, o’zingizga kerakli rasm, tarqatma material, ko’zgazmalardan keragini tayyorlab, konvertga solib qo’yib, mavzularni o’rgatishda ishlatishingiz mumkin. Amaldagi odatiy darsda o’qituvchining vazifasi o’quvchilarga ma’lumot berish, o’quvchilar vazifasi esa, bu ma’lumotni yod olishdan iboratdek bo’lib qoladi. Keyingi darsda esa, oldingi darsdagi “saboq”larni xotirada tiklash va amalda qo’llashga to’g’ri keladi. Agar o’quvchilar bilimlarni axborot sifatida qabul qilib olmay, ularni o’rganishga o’rtoqlari bilan birgalikda harakat qilsa-chi?, uni eshitishsa, u ham boshqalar fikriga quloq solsa, birgalikda umumiy xulosaga kelinsa, bu jarayon o’qituvchi tomonidan maslahatlar, takliflar orqali bildirmay boshqarib borilsa-chi? Ta’limning samaradorligi o’quvchining bilim olishdagi faolligiga bog’liq proporsional ravishda oshib borgan bo’lar edi.
Ta’lim – kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli bo’lgan bugungi o’quvchi kelajakda huquqiy – demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talabalariga to’la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin ortgan, turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko’nikmalariga ega bo’lgan, yangilikni o’rganishga doim tayyor bo’lgan, hamkorlikdan cho’chimaydigan, muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim – tarbiya jarayoninig asosiy maqsadi bo’lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo’llanishiga yo’l ochilishi maqsadga erishish yo’lidagi to’g’ri qadamdir.
Interfaol metodidan foydalanishning maqsadi o’quvchilarda hozirjavoblik, hissini rivojlantirish, bahs – munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakllantirishdan iborat. Hozirda keng qo’llanib kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko’p bo’lib, ularning hammasi ham boshlang’ich ta’limda qo’llash uchun yaroqli emas. Bunga birinchi navbatda boshlang’ich sinf o’quvchisining o’qish, yozish tezligining kichikligi va sinfda aksariyat hollarda 30 tadan ortiq o’quvchi o’qishi bo’ladi. Interfaol metodlar nisbatan kichik auditoriyalarga (30 tagacha) va ko’proq uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bo’g’inlariga mo’ljallangan bo’lib, boshlang’ich sinflarda qo’llash tajribalari juda kam. Shuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlang’ich sinf matematika darslarida qo’llash mumkin bo’lganlari haqida gapirsak, avvalo o’yin texnologiyasiga to’xtalish kerak bo’ladi.
O’yin boshlang’ich sinf o’quvchisi uchun eng tabiiy holat bo’lib, u o’yin vaqtida o’zini erkin sezishi, qo’rquv va tortinchoqlikni unutishi mumkin. Didaktik o’yin esa, shu tabiiylikdan ta’lim maqsadlari uchun foydalanish vositasidir. Didaktik o’yin o’quvchining aqliy faolligini oshirish vositasi ham bo’lib, u o’quvchilardagi psixologik holatlarni faollashtiradi va ta’lim jarayoniga qiziqishini orttiradi. O’yin jarayonida o’quvchi qiyinchiliklarni “mardona” yengishga harakat qiladi, umumiy o’yinga qiziqishi darsning psixologik holatini yengillashtiradi, ko’tarinkilik kayfiyatini hosil qiladi va g’alaba uchun birlashib harakat qilishga o’rgatadi


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish