Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 3-kurs II oliy ta’lim (Sirtqi) talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti” fanidan oraliq nazorat test savollari
1-variant
1. Qaysi qatorda ega ham qatnashgan undalmali gap mavjud? A. Asabga zo‘r bermang, odamlar... B. Salom senga, bahor ko'rki - majnuniol. C. Umidaxon, bu kishiga kabinet- larini ko'rsating. D. Ko'ngil, sen munchalar nega kishanlar birla do'stlashding?
2. Qaysi javobda yoyiq undalmali gap berilgan? A. Behudaga, o‘g`lim, egma bosh. B. Otello, Otello, sening ishqingdan, Hayratga tushishning o`zi bir sevgi. C. Ulug‘ Mirzom. qo'rqmang, hali susayganim yo'q. D. Amudaryo, seni qalbdan kuylayman.
3. Qaysi qatorda uyushiq undalmali gap berilgan? A. Baxtiyor yoshlar, to‘g‘ri yo‘ldan adashmang, yoshlikni behuda o‘ikazmang. B. Buvijon, bobojon, meni tabriklang! C. Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zanondir bu zamon. D. - Menda ixtiyor yo‘q, oyijon! -dedi Kumush.
4. Gumonni bildiradigan kirish so‘z qaysi qatorda berilgan?
A. Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor. B. Menimcha, u bugun-erta o'yini o‘ylab olgani ma’qul. C. Chamamda, hali-beri yetib bormaymiz. D. Xullas, qo‘shiq yana avjga mindi.
5. Qaysi qatorda kirish gap qo‘llangan? A. Yolg‘iz borishga, to‘g‘risini ayt- sam, qo'rqaman. B. Kecha, desangiz, yomg‘ir yog`ib qoldi. C. To‘g‘ri, o`zbek adabiyotining tarixi ming yillar bilan belgilanadi. D. Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo‘q.
6. - Sen daftar oldingmi? - Oldim. Ushbu to'liqsiz gapda qaysi gap bo’aklari ifodalanmagan? A. Ega va toldiruvchi. B. Aniqlovchi va kesim. C. Ega va kesim. D. Ega.
7. Qaysi qatorda kirish so`z qatnash- gan? A. Mingboshi o‘sha kunni zokrg‘a o'tkazdi. B. Ko‘chalar, odatdagicha. gavjum. C. Men yer haydashni, ketmon chopishni yaxshi ko'raman. D. Yer kuch bilan, ter bilan unum beradi.
8. Qaysi javobdagi gapda undalma ishtirok etgan?A. 0 ‘quvchilar gazeta va jumallarga obuna bo‘lmoqda. B. Bolalar nafasini ichiga tortib o‘tirishdi. C. Xayribibining tarvuzi qo`ltig`idan tushdi. D. So‘zla. ko'zgujon, haqiqatni et bayon.
9. Uyushiq bolakli sodda gap beril gan qatorni aniqlang. A. Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg'oqda tartibsiz o'sgan o'tlarni silkitar edi. B. O'qishlik kitob yozish, uning har sahifasini kitobxonga manzur qilish, kitobxonni quvontirish, uning ko‘ngli- ni topish oson ish emas (S.Ahmad.). C. Bahor keldi, gul ochildi. chaman bo'ldi yurtimiz. D. Ilmli ming yashar. ilmsiz bir yashar.
10. Sodda va qo'shma gaplar. asosan. qaysi xususiyatga ko'ra farqlanadi? A. Sodda va qo`shma gaplar tarkibidagi bolaklaming ko`p yoki ozligiga ko`ra. B. Grammatik asoslar miqdoriga ko‘ra. C. Qo'shma gapda ikki va undan ortiq alohida sodda gaplar ishtirok etishiga ko‘ra. D. A va C.
11. Qaysi javobda undalmaga xos xususiyat berilgan? A. Undalmalar gap bo‘laklari bilan ma’no jihatdan bog’lanmaydi. B. Undalmalar gap boMaklari bilan grammatik jihatdan bog`lanmaydi.
C. Gapda undalma va kesim qatnash- sa. sodda yoyiq gap hisoblanadi. D. So'zlovchining fikriga gumon. ishonch. taxmin singari ma’nolami qo‘shadigan so‘zlar undalma deyiladi.
12. Undalmalar odatda qaysi shaxsga qaratilgan bo‘ladi? A. 1 shaxsga. B. II shaxsga. C. HI shaxsga. D. II yoki III shaxsga.
13. Bir bosh bo'lakli gap qaysi qatorda berilgan? A. Halol mehnat kishini ulug‘laydi. B. Yaxshilar ko'paysin. yomon qolmasin. C. Yomon bilan yurdim - qoldim uyatga, yaxshi bilan yurdim - yetdim murodga. D. Aytilgan so‘z - otilgan o‘q.
14. Qaysi qatordagi gapda yoyiq undalma qatnashgan? A. Asabga zo‘r bermang, odamlar. B. SheTr aytgim kelyapti, aziz do‘stlarim... (G‘. G‘ulom.) C. Oyi, oyi. menga - chi, tutib bersin bir chumchuq. D. Arc ha, archa, archacha. yaproq- laring ninacha.
15. Qaysi qatorda bir bosh bo'lakli gap mavjud? A. Odamga nisbatan ko'ngilchan. rahmdil bo‘1 ish kerak. B. Nahotki, bugun yomg‘ir yog‘sa? C. Hayotning go‘zalligi ham xalqlar- ning rang - barangligida emasmi? D. Saida bu suhbatni diqqat bilan kuzatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |