Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti Boshlang‘ich ta’lim



Download 4,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/47
Sana03.07.2021
Hajmi4,36 Mb.
#108504
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
'12721 umumiy ochiq dars (1)

8. To‘siqsizlik holi nima qilsa (-m, -ng, -k , -ngiz) ham//-da? so‘roqlariga javob bo‘lib, bir 

ish-harakatning  bajarilishi  uchun  to‘siq  bo‘la  olmaydigan  ish-harakatni  bildiradi  va  shart 



fе’li+ham//-da),  ravishdosh,  sifatdosh+bilan  ko‘makchisi,  qaramay,  qaramasdan  so‘zlari 

qatnashgan  qurilma  orqali  ifodalanadi:  Chaqirilmasa  ham  qatnashdi.  Kichik  bo‘lgani  bilan 



ancha og‘ir edi. Shoshganiga qaramay kutib turdi. 

 

Gap bo‘laklarining joylashish tartibi 

O‘zbek  tilida  gap  bo‘laklarining  tartibi,  asosan,  erkin.  Ularning  o‘rnini  almashtirish  odatda 

grammatik  holatni  o‘zgartirmaydi.  Masalan:  Oppoq  bulutlar  qishloq  ustidan  shoshilmay,  tog`ga  qarab 

o‘tib ketadi. (S.Ahmad).  - Qishloq ustidan oppoq bulutlar shoshilmay o‘tib ketadi tog`ga qarab. - O‘tib 

ketadi shoshilmay tog`ga qarab oppoq bulutlar qishloq ustidan. – Shoshilmay o‘tib ketadi qishoq ustidan 

tog`ga  qarab  oppoq  bulutlar.  Mazkur  gaplarda  gap  bo‘laklarining  o‘rinlarini  almashtirish  grammatik 

holatni  o‘zgartirmagan,  ammo  gap  mazmuniga  ma’lum  darajada  ta’sir  etgan,  negaki  har  gal  boshqa-

boshqa gap bo‘laklariga odatdagidan ko‘proq ahamiyat berilgan. Lekin, shunga qaramay, gap bo‘laklari 

ma’lum bir normativ tartibda joylashish xususiyatiga ega. 

O‘zbek tilida ega, odatda, gap boshida, kesim gapning oxirida keladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar 

esa  ega  va  kesim  orasida  joylashadi.  Bunday  tartib,  asosan,  darak  gaplarda  bo‘lib,  u  to‘g‘ri  yoki 



normativ tartib deyiladi. 

Har bir gap bo‘lagiga nisbatan tartib quyidagicha bo‘ladi: 



I.  Ega,  odatda,  gap  boshida  keladi:  Kishilar  mirishkor  raisni  qarsaklar  bilan  olqishladilar. 

(Y.Shukurov). 

Yoyiq  gaplarda  ega  ba’zan  kesim  oldida  ham  kelishi  mumkin:  Uning  yigirmataga  yaqin  qo‘y-



echkisi borligini ko‘p odam bilar edi. (P.Qodirov). 

Ba’zan ega gapning oxirida ham keladi: G‘o‘za umriga zavol-ku u. (J.Abdullaxonov). 



II. Kesim odatda gapning oxirida keladi:  Bog‘da yetti-sakkiz tup mevali daraxt, ikki chinor, ikki 

tup mirzaterak o‘sgan edi. (J.Abdullaxonov).  

She’riyatda, shiorlarda kesim gapning boshida ham keladi: 



 

Intilar borliqni inson 

Barkamol etmoq uchun. 

Ne ajab, insonni borliq 

Barkamol etgan emas. 

(E.Vohidov.) 


III. Vositasiz to‘ldiruvchi odatda fe’l kesim oldida keladi. Masalan: Mashina shamoli brezentning 


Download 4,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish