Annotatsiya: Ushbu maqolada PIRLS xalqaro tadqiqoti tarixi, maqsadi, metodologiyasi, imkoniyatlari va ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.
Аннотaция: В этой статье обсуждаются история, цель, методология, возможности и важность международных исследований PIRLS в системе образования.
Annotation: This article discusses the history, purpose, methodology, opportunities and importance of international PIRLS research in the education system.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 8-dekabrda qabul qilingan 997-son qarori asosida mamlakatimizda ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish va samarali natijalarga erishish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
PIRLS[1] xalqaro о‘qish va tushunishni aniqlash sо‘rovi butun dunyo bо‘ylab boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining о‘qish va tushunish darajasi va sifatini tadqiq etadi va solishtiradi, shuningdek, milliy ta’lim tizimlaridagi farqlarni aniqlaydi.
Tarixi: PIRLS loyihasi Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) homiyligida yaratilgan. Ma’lumot sifatida aytib o‘tish joizki, 1958-yildan buyon IEA о‘quvchilarning matematika, tabiiy fanlar hamda о‘qish salohiyati bо‘yicha savodxonliklarini baholash jarayonida ta’lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bо‘yicha chora-tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar yaratishi bilan boshqa xalqaro tashkilotlardan ajralib turadi.
Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun barcha mas’uliyat Chestnut Hill (Massachusets, AQSH) Boston kollejiga yuklangan. Xalqaro tadqiqotlar uchun topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya) ma’lumotlar markazida amalga oshiriladi.
Tadqiqot davriy ravishda har 5 yilda bir marta о‘tkaziladi.
Maqsadi: PIRLS – matnni о‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bо‘lgan davlatlarda
boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining matnni о‘qish va tushunish bо‘yicha
tayyorgarligi hamda о‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bо‘luvchi
ta’lim tizimidagi о‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta, bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi xodimlar, olimlar, metodistlar, о‘qituvchilar,
ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |