N a m u n a : b – lab tovushi, lab-lab tovushi; portlovchi, sof portlovchi; shovqinli, jarangli undosh tovush.
Og‘zaki. 1. O‘zlaricha Stalin, Ruzvelt, Cherchill uchrashuvlariga qiyos qilib, da’vogarlarni “Yalta konferentsiyasiga” taklif qilishar edi. Ana shundan beri bu O‘rmonbog‘ o‘zining asl nomini yo‘qotib, “Yalta” deb yurgiziladigan bo‘lgan edi.(T.Malik.)
Yozma. 1. –Tuproq to‘g‘onlar hamma mamlakatlarda keng tarqalgan, - dedi injener Qorajon Mingboev. (Mirm.)
4-mashq. Quyidagi gaplar tarkibidan unli tovushlar almashgan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
N a m u n a : a – o: sanadi – son+a+di.
1. O‘quvchilik, qiynalishing mumkin, qo‘limdan kelgan yordamni ayamayman.(G‘.G‘.) 2. Vaqt erta bo‘lishiga qaramay, qatnovchilar siyrak...(O.) 3. Qosimtoy filbonlarni hind tarjimon orqali so‘roq qila boshladi.(P.Q.) 4. U maqtov, ta’rifni yaxshi ko‘rardi, ba’zi kishilar uning bu fe’l-atvoridan foydalanishar-di. (O.) 5. Bu to‘xtovsiz ta’riflaru sanoqsiz savol-so‘roqlardan izzat-nafsim og‘rigani, bir oz g‘ashim kelgani ham rost, yashirib qayoqqa boraman! (E.A’zamov) 6. Qanaqangi qaynoq bola eding, o‘zgarib qolding! (J.Abd.) 7. Yigirma besh yoshni nima deb atasam ekan? (G‘.G‘.) 8. Sovuqdan qizargan barmoqlarini og‘ziga tiqib, puflab Unsinga dedi.(O.)
5-mashq. Quyidagi gaplar tarkibidan unli tovushlar tushib qolgan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
Namuna: ikki – ikkovi.
1. Eshikdan kirishim bilan “dada”lab bag‘rimga tashlanishi qanday zavqli! (Sh.) 2. Bo‘g‘ziga pichoq tortilganday xirillayotgan Elchin dastlab qay holga tushganini anglamay ham qoldi.(T.Malik) 3. Mo‘ylovini aytmaysizmi, og‘zi qaerdaligini bilib bo‘lmaydi.(X.To‘xtaboev) 4. Hoji-murod qalt-qalt titrar, qo‘ynidagi bedanalar pitirlardi.(S.Ahm.) 5. U qattiq kerishib o‘rnidan turganida, ko‘zi qorong‘ilashdi...(A.Q.) 6. Tush payti birpas dam olay desam, shu ham, mana, burnimdan buloq bo‘lib chiqyapti-ku! (P.Q.) 7. Ularning qaysi hovlidan panoh topganini hech kim ko‘rolmaydi. (O.Husanov) 8. O‘rinbosarimizning buyrug‘ini mening buyrug‘im deb biling. (J.Abd.) 9. Qaerda qanday qurilish borki, undan biror illat topmasa, ko‘ngli o‘rniga tushmaydi. (J.Abd.) 10. Atom asrida qanaqa qilib sekin o‘ynab bo‘ladi. (Sh.) 10. Yana bir oz o‘tmay, asta sarg‘aydi-yu, hamma yoqqa jivir-jivir guldor hoshiyalar sochib tashladi.(J.Abd.)
6-mashq. Quyidagi gaplar tarkibidan talaffuzda ham, yozuvda ham undosh tovush almashgan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |