SAVOL-JAVOB ASOSIDA TALABALAR BILIMINI ANIQLASH VA MUSTAHKAMLASH:
1. Olmosh deb nimaga aytiladi?
2. Olmoshlarning ma`no turlarini sanab bering.
3. Olmoshlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
4.Olmoshlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
Fe’l deb nimaga aytiladi?
Fe’lning qanday nisbat shakllari mavjud?
7. .Mayl shallari nechta?
8. Morfologik usul bilan yasaladigan fe`llarni izohlang.
9. Sintaktik usul bilan yasaladigan fe`llarni izohlang.
10. Fe’lning qanday shaxs-son shakllari bor?
11. Sifatdosh debnimaga aytiladi?
12. Ravishdosh deb nimaga aytiladi?
13. Harakat nomi deb nimaga aytiladi?
14.Sifatdosh va harakat nomining bo‘lishsiz shakli qanday hosil qilinadi?
15.Ravishdoshning ma’nosiga ko‘ra qanday turlari mazjud?
16. Ravish so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
17. Ravivishlarni ma`no turlarini sanab bering.
18. Ravishlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
19. Ravish darajasi deb nimag aytiladi?
20. Ravish yasovchi qo`shimchalari deb qanday qo`shimchalarga aytiladi?
21. Ravishlar qanday usullar bilan yasaladi?
UYGA VAZIFA:
1-topshiriq. Matndagi olmoshlarni topib, ularning leksik-semantik xususiyati va morfologik belgilarini, qaysi so‘z turkumi o‘rnida kelganini tushuntirib bering.
1.Vrachlik kasbi — jasorat, bu kasb fidoyilikni, qalb va fikr sofligini talab qiladi.
Mening xalqim o‘z taqdirini boshqa do‘st xalqlarning taqdiri bilan mahkam bog‘lay oladi. (H. O.). Shu sahroda to‘ng‘ich o‘g‘il tug‘ildi, unga Badiuzzamon deb nom berishdi.(L. B.) Qo‘rqoqni har qanday firibgar ham xo‘rlaydi.Hyech kimning havasi kelmagan odamning holiga voy. (Esxil) Hasadguy yo o‘zi baxtsizlikka uchragani uchun yoki kimningdir omadi kelgani uchun xomush yuradi. (Bion). Qaerda qay kamchilik sezsa, uni yo‘qotish uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi.(O.).Shunday xalq bilan qurilishda ishlash qanday yaxshi, qanday baxt!(O.).Menimcha, bu sarlavhada nimadir yetishmaydi. (A.Q.).(G‘ofir) Allaqanday gumonlar yuragimni yondirmoqda. (H.H.).
2-topshiriq. Fe'llarni topib leksik-grammatik xususiyatlari va turini (mustaqil va yordamchi fe'l ekanligini) ayting.
Biz bir qorindan talashib chiqqan xalqlarning vakillarimiz. Bizning beshigimiz bir yerda bo‘lgan. Qozoq onasining aytgan allasiga o‘zbek bolasi ham uxlagan. O‘zbeklar tojiklar bilan bir hovlida yashaganlar. Navoiyni turkmanlar o‘zbeklarday yaxshi ko‘rar edilar, qirg‘izning to‘yi o‘zbeksiz o‘tmagan. Bizning xalqlarimiz bir-biridan qiz olib, qiz berib quda bo‘lib kelganlar. Bizning bobolarimizning qabrlari bir-biriga juda yaqin qo‘yilgan. Bizning urug‘larimiz bir-biriga chatishib ketgan. Bizning xalqlarimizni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. O‘zbek xalqining e'tiqodi –shu. (H.O.)
3-topshiriq. Quyidagi savollarga og‘zaki javob bering.
1. «Yordamchi fe'l», «ko‘makchi fe'l» atamalari ma'nosidagi farq nimada?
2. Qanday fe'llarni «ko‘makchi fe'l» deymiz?
3. Yetakchi va ko‘makchi fe'lli birikuvlar qanday nomlanadi?
4-topshiriq. 1-topshiriq. Fe'lning funksional formalarini toping, ularni asosiy xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajrating.
1. Podshoning marhamatidan bahramand bo‘lmoq, ajdarning og‘zidan taom yemoq bilan barobardir. 2.Sahar chog‘i turib, shirin g‘azaldin eshitmak odatim bo‘lgan azaldin … 3. (Abulmalih) Dunyo to‘g‘risida qayg‘uradiganlar xo‘roz urushtirish, oltin qadahlarda may ichish bilan ovora. 4. Ko‘zim chiqsun seni ko‘rguncha mundoq, Kesilsin til seni so‘rguncha mundoq. 5. Agar istar esa boshimni olsun,Tanamni burdalab, o‘tlarga solsun. 6. San'at osmonida nur sochuvchi ulug‘ yulduzga aslo zavol yo‘q! (Uyg‘un va I.Sulton.) 7. Bir necha qiz raqsga tushib ketdi. (O.) 8. Umrni qisqartiruvchi ta'sirlar orasida qo‘rquv, qayg‘u, umidsizlik, zerikish, tutqunlik, hasad, nafrat yetakchi o‘rinni egallaydi. (K.Gufeland) 9. Agar men senga o‘xshash erkin qush bo‘lsam, allaqachon go‘zal Hirotga qarab uchar edim.
Do'stlaringiz bilan baham: |