Bоshlang‘ich ta’lim mеtоdikasi kafеdrasi оna tili nazariyasi va amaliyoti



Download 2,94 Mb.
bet154/263
Sana29.06.2022
Hajmi2,94 Mb.
#717506
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   263
Bog'liq
2 5249461977251582715

8-mashq. Gap tarkibidagi sabab ravishlarini aniqlab, bog‘langan so‘zi bilan ko‘chiring.
N a m u n a :noiloj ko‘ndi.

1. U istamasa ham noiloj borishga majbur bo‘ldi. (O‘.Usm.) 2. - ...Uyda-gilarga aytib qo‘yarsiz, xavotir olishmasin. Muallim nochor xayrlashdi. (T.Malik) 3. – Mayli, noilojlikdan birov echkini amaki degan ekan, toping! (N.A.) 4. Ularning ikkalasi ham “zangori” rangdagi eshakni chor-nochor “ko‘k” o‘rnida qabul qilishdi. (N.A.) 5. Mirvali kelib-kelib og‘zidan ona suti ketmagan bir bola oldida nochor-noiloj gangib turardi. (S.Ahm.) 6. Paxtachilikda noilojlikdan zaharli moddalarni keng qo‘llash oqibatida keyingi yigirma-o‘ttiz yil ichida tashqi muhitda yomon asoratlar qolayotganidan Muhiddin Jabborovich mutaxassis sifatida xabardor edi. (O‘.Usm.) 7. Luqmonov uning shartlariga noiloj rozi bo‘ldi. (S.Ahm.)


9-mashq. Yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan ravishlarni topib, qaysi turkumdan yasalganini aniqlang.


N a m u n a : otalarcha – ot turkumidan yasalgan.

1. Demak, shohga ma'qullari durust aqcha olganlar, qolganlari kamroq yoki butunlay olmaganlar. (T.Malik) 2. Ularning nima deyayotganlarini bilayotgandek, gunohkorlarcha bosh egib ko‘zlarini yerdan uzmay turaverardi. (S.Ahm.) 3. Men qaytara olmadim, - dedi Abror va kinoyaomuz jilmaydi. (P.Q.) 4. Lekin bugun Rahmonov ochiq gapirgani durust bo‘ldi, men ham ochiqchasiga olishdim. (P.Q.) 5. Sen ham yigitchasiga gapirgin-da, axir! (P.Q.) 6. Bunaqa layoqatsiz odamlar talantlarni tabiatan yomon ko‘radilar. (P.Q.) 7. Tohir Robiya bilan faqat yashiriqcha uchrashar edi. (P.Q.) 8. Shu ikki kecha-kunduzda uning o‘ylamagan o‘yi, xayolan kirmagan ko‘chasi qolmadi...(O.Yo.) 9. Hozir ham bir burchakka tikilib, “Majma'ul g‘aroyib” degan qasidasini yodaki ayta boshladi. (P.Q.)




10-mashq.Gap tarkibidagi ravishlarni tuzilishiga ko‘ra turlarga ajrating.

1. Birin-ketin yulduzlar ko‘zi ravshanlasha boshladi.(S.Ahm.) 2. Yonida yotgan bolasi o‘qtin-o‘qtin ayanchli ingraydi.(S.Ahm.) 3. Hammasi, hammasi ona ko‘z oldidan bir-bir o‘taverdi.(S.Ahm.) 4. Umr yo‘lida to yumguncha ko‘z, Birga-birga ketganing qani? (Mirtemir) 5. Kecha-kunduz el g‘amida bezovta yurgan – Podshohlar yo‘q deysanmi? (M.Sh.) 6. ...qizcha bir nimalarni qidirganday bo‘lib, ahyon-ahyonda yerga egilganida, yigitcha o‘zicha kulib, jiddiy qiyofada, mevalarni ishtaha bilan birin-ketin yeb bitirmoqda edi.(R.Thokur) 7. Pochta quti kundan-kunga o‘sib, kengayib, obod shaharga aylandi. (Ch.Ayt.) 8. U ba'zan-ba'zan kirib Chuxanovga ko‘maklashardi. (Sh.) 9. Har kuni beto‘xtov hal etilishi kerak bo‘lgan ishlar shu qadar ko‘p ediki, Nabi Sadrievich hammasini qilib ulgurish uchun hali ayrim detallari aniqlanishi kerak bo‘lgan katta loyihalar orasida boshqa osonroq masalalarni ham ko‘rib chiqa





Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish