Ravishlarning tuzilishiga ko`ra turlari
1. Sodda ravishlar bir o`zak asosida hosil qilinadi: ko`p, oz, yangicha, rasman, kеyin, oldin, tеpada, olg`a kabi.
2. Qo`shma ravishlar ikki o`zakdan tuzilib, qismlaridan biri mustaqil qo`llanilmaydi: allapayt, allamahal, bir talay, oz muncha, birvarakayiga, bir yo`la.
3. Murakkab ravishlar har birini erkin holda qo`llash mumkin bo`lgan ikkita o`zakdan tuziladi: har doim, bir oz, bir nafas, har kuni, o`sha yerda.
4. Juft va takror qo`llanadigan ravishlar ikki so`zning tеng bog`lanishidan hosil bo`ladi: oldin-kеyin, oldinma-kеtin, orqama-orqa, birin-kеtin, erta-kеch, huda-bеhuda, ahyon-ahyonda, yelkama-еlka, birga-birga kabi.
Ravish tahlili
Qaysi so`roqqa javob bo`lishi.
Ma’no turi.
Daraja ma’nosi.
Yasalishiga ko`ra turi (tub, yasama).
Tuzilishiga ko`ra turi.
Otlashgan yoki otlashmaganligi.
Qaysi so`z bilan bog`langanligi va ma’no xususiyati.
Gapdagi vazifasi.
Namuna: U sеkin qo`l ko`tardi.
Sеkin – ravish; qay holda? holat ravishi; oddiy daraja; tub ravish; otlashmagan; kеsimga bog`lanib ish-harakatning bajarilish tarzini, holatini ifodalagan; gapda ravish holi vazifasida kеlgan.
Savol va topshiriqlar:
1. So`z turkumlari deb nimaga aytiladi?
2. So`z turkumlari qanday tamoyillarga ko`ra ajratiladi?
3. Ot so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
4. Otlarni ma`no turlarini sanab bering.
5. Otlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
6. Otlar qanday usullar bilan yasaladi?
7. Otlarning son kategoriyasi qanday bo`ladi?
8. Kelishik qo`shimchalari deb qanday qo`shimchalarga aytiladi?
9. Egalik qo`shimchalari deb qanday qo`shimchalarga aytiladi?
10. Otlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
11. Sifat so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
12. Sifatlarni ma`no turlarini sanab bering.
13. Sifatlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
14. Sifat darajasi deb nimag aytiladi?
15. sifat yasovchi qo`shimchalari deb qanday qo`shimchalarga aytiladi?
16. Sifatlar qanday usullar bilan yasaladi?
17. Sifatlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
18. Son so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
19. Sonlarning ma`no turlarini sanab bering.
20. Sonlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
21. Son qo`llanishiga ko`ra qanday bo`ladi?
22. Sonlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
23. Olmosh deb nimaga aytiladi?
24. Olmoshlarning ma`no turlarini sanab bering.
25. Olmoshlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
26. Sodda olmosh deb nimaga aytiladi?
26. Qo`shma olmoshlarga misollar keltiring.
27. Olmoshlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
28. Fe’l deb nimaga aytiladi?
29. .Bo`lishsiz fe’l qanday hosil qilinadi?
30. O`timli fe’l qanday qilib o`timsiz fe’lga aylantiriladi?
31. Fe’lning qanday nisbatlari bor?
32. Fe’l mayllarini ayting.
33.To`lisiz felning xususiyatlarini ayting.
34. Morfologik usul bilan yasaladigan fe`llarni izohlang.
35. Sintaktik usul bilan yasaladigan fe`llarni izohlang.
36. Yetakchi va ko`makchi fe`llarni izohlang?
37. To`liqsiz fe’l deb nimaga aytiladi?
38. Ravish so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
39. Ravivishlarni ma`no turlarini sanab bering.
40. Ravishlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
41. Ravish darajasi deb nimag aytiladi?
42. Ravish yasovchi qo`shimchalari deb qanday qo`shimchalarga aytiladi?
43. Ravishlar qanday usullar bilan yasaladi?
44. Ravishlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
3-mavzu: Yordamchi so’zlar. Ko’makchilar. Bog’lovchilar va yuklamalar. Alohida guruh so’zlar. Modal so’zlar, ularning ma’no va grammatik xususiyatlari, sintaktik vazifalari. Undovlar. Ularning grammatik xususiyatlari. Undovlarning otlashishi, sintaktik vazifasi. Undovlarning turlari: his-hayajon (emotsional) va buyruq-xitob undovlari. Taqlid so’zlar. Ularning grammatik xususiyatlari, otlashishi, taqlid so’zlarning sintaktik vazifasi; turlari: tovushga taqlid va shu’la-harakatga taqlid so’zlar.
Reja:
1. Yordamchi so`zlar haqida ma’lumot.
2. Ko‘makchi va ularning grammatik xususiyati, turlari: asl ko‘makchilar, ot ko‘makchilar, fe’l ko‘makchilar
3. Ko‘makchi va kelishik qo‘shimchalari.
4. Bog`lovchilar haqida ma’lumot
5. Bog`lovchi va uning turlari.
6.Yuklama va uning tuzilishiga ko`ra turlari.
7.Yuklamalarning ma’noviy turlari.
8.Yordamchi so`zlarni tahlil qilish tartibi.
9. Alohida guruh so`zlar.
10. Modal so‘zlar, ularning ma’no va grammatik xususiyatlari.
11. Modal so‘zlarning sintaktik vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |