Bоshlang‘ich ta’lim mеtоdikasi kafеdrasi оna tili nazariyasi va amaliyoti



Download 2,94 Mb.
bet76/263
Sana29.06.2022
Hajmi2,94 Mb.
#717506
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   263
Bog'liq
2 5249461977251582715

Aniqlov bog`lovchisi: -ki (-kim), ya’ni.
Roviylar nasihat qiladilarkim: yo`lda qaroqchilar mavjudligini bilgan tadbirli sayyoh yolg`iz yurmaydi (T.Malik).
Sabab bog`lovchilari: chunki, shuning uchun, nеgaki.
U kеtishni istamas edi, nеgaki qishlog`ining har qarich yeri uning uchun tabarruk edi.
Shart bog`lovchilari: agar, agarda, basharti, garchi, mabodo. Shе’riyatda gar, garchand shaklida ham uchraydi. Ba’zan bordiyu so`zi ham bog`lovchi vazifasida kеlishi mumkin: Bordiyu hayotda uchratolmasam, o`ylab xayolimda yaratardim, kеl! (A.Muxtor)
Chog`ishtiruv bog`lovchilari: go`yo, go`yoki.
Otabеk ko`zini to`ldirib binoga qaradi, go`yo bu qarashda u dunyo malagi bilan vidolashar edi (A.Qodiriy).
Bog`lovchi-yuklamalarning mohiyati. Ammo ayrim so`zlarning bog`lovchilik tabiatidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, bog`lovchilarning miqdori, ularning mohiyati, turlari hanuzgacha aniq belgilanganicha yo`q. Masalan, chog„ishtirish bog`lovchilariga go‘yo, go‘yoki kiritiladi. Ammo bu so`z gap bo`laklari yoki gaplarni bog„lash uchun xizmat emas, balki o„xshatish, qiyoslash ma’noli konstruktsiyalarda shu ma’noni ta’kidlash uchun xizmat qiladi, o„xshatish, qiyoslash ma’nosi esa boshqa vositalar bilan ifodalanadi: Beda orasi juda issiq, go‘yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. (Oyb.) Nay sadosining mayin to‘lqinlari tip-tiniq havoda yoyilarkan, go‘yo hammayoq jonlangan kabi tuyuldi. (Oyb.) Ushbu misollarda o`xshatish, qiyoslash -dek qo`shimchasi va kabi so`zi bilan ifodalanyapti, go‘yo esa shu ma’noni ta’kidlayapti. Demak, go‘yo ta’kid yuklamasi hisoblanadi. Balki yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Balki qo`llanishidagi ba’zi xususiyatlariga ko`ra, zidlov bog`lovchila-ridan farq qiladi. Zidlov bog`lovchilari ko`pincha qo`shma gap qismlarini bog`laydi, balki yordamchisi bunday vazifani bajarmaydi: Havo bulut bo‘ldi, lekin (ammo, biroq) yomg‘ir yog‘madi. Bu misolda zidlov bog`lovchisi o`rnida balki so`zini qo`llab bo`lmaydi. Balki so`zi gumon mazmunli gaplarda, zid mazmunli qismlarga ega gaplarda gumon, qarama-qarshilik ma’nolarini ta’kidlash uchun qo`llanadi:…toping, balki tanishla-ringiz bordir. (Oyb.) Chunki biz Azizbek kabilardan xalqnigina emas, balki o‘zimizni ham qiynatdirmog‘damiz. (A.Qod.) Bu gap mеnga yoqmas, balki battar jahlimni chiqarardi. O`z-o`zidan anglashiladiki, balki sof bog`lovchi bo`lolmaydi, bog`lovchi funksiyasini bajarayotgan yuklamalar sirasidan joy oladi. Qisqasi, bir turdan ikkinchi turga o`tish va bog`lovchi-yuklama, ko`makchi-bog`lovchi kabi oraliq hodisalar hosil qilish yordamchi so`zlar tabiatiga xos xususiyat bo`lib, ularning ichki manba asosida boyishining bir yo`li sanaladi. Ham… ham biriktiruv bog`lovchisi ta’kid qo`shimcha ma’no bo`yog`iga ega, na…na esa inkor ma’nosini ifodalaydi, -mi so`roq - taajjub yuklamasi esa gap tarkibida bog`lash funksiyasini bajaradi. Shuning uchun bular bog`lovchi-yuklamalar hisoblanadi. Chunonchi, 1. Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (O.) 2.Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak. (Maq.) 3.U bir gapni aytdimi, albatta, qiladi.
Bog`lovchilarning fоrmal-funksiоnal talqini muammоlari. Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, o`zbek tili bog`lovchilarining ma’no va xususiyatlari tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog`lovchilar bilan bog`liq masalalarni to`g`ri va to`la hal etish bugungi kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masalalardan biri sanaladi.

So`z yoki gaplar mazmuniga qo`shimcha ma’no bеrishga xizmat qiladigan yordamchi so`z va qo`shimchalar yuklama hisoblanadi. Yuklamalar nutqdagi biror so`zni ajratib ko`rsatish yoki gapga so`roq, his-hayajon, taajjub, ta’kid, tasdiq, inkor, gumon kabi ma’nolarni qo`shish hamda gapga tasviriylik uchun ishlatiladi. Shuningdеk, qo`shma gap qismlarini, sodda gaplarda esa uyushiq bo`laklarni bir-biriga bog`lashga xizmat qiladi.


Yuklamalar ma’no va qo`llanishiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi:

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish