7-mashq. Yordamchi so‘zlarni aniqlab, to‘liq tahlil qilib yozing.
1. Otasi bu ishni xuddi bilganday qilgan ekan, chunki to‘y bo‘lib, karnay-surnay sadolari tinmasdanoq olamdan o‘tdi. (O.Yo.) 2. Rasul Olloyorovich ham garchi ko‘rinishdan xotirjam bo‘lsa-da, xayolida boshqa rejalar tuzayotgani shundoq ko‘zidan bilinib turardi. (O‘.Usm.) 3. Odamlarning qorasi ko‘rinar, lekin ular ham ko‘z oldini to‘sgan rang-barang narsalar orasida xayolday dam erib, dam ko‘rinib turardilar. (J.Abd.) 4. Axir bu qizlar urush yillarida og‘alari o‘rnini egallab, dalada va qurilishlardaqanday mo‘jizalar ko‘rsatishdi. (O.) 5. U o‘zini yo‘qotib, shu qadar ayanchli bo‘lib ko‘rindiki, Foma to‘xtab qoldi-da, kuchli odamdlar singari uni avaylab bag‘riga bosdi. (M.G.) 6. Ayvondagi o‘choq oldida o‘tirgan ayol o‘rnidan turdi-da, hovliga yuz o‘girdi. (P.T.) 7. Kelaman deb va'da berishga bergan edi-yu, oradan to‘rt kun o‘tgan bo‘lsa hamki, qo‘li tegib kelolgani yo‘q. (J.
8-mashq. Modal so‘zlarni ma'no jihatdan guruhlarga ajratib yozing.
N a m u n a : aytmoqchi – eslash ma'nosida.
1. Ha, aytgancha, nimasi ko‘p ularning, tug‘ishi ko‘p. (S.Ahm.) 2. Ko‘pga kelgan to‘y ekan, qandoq qilay, qirq yil qirg‘in bo‘lsa, ajali yetgan o‘ladi, ishqilib, yolg‘izim sog‘-omon kelsin. (S.Ahm.) 3. Shuningdek, yer islohoti natijasida mamlakatimizning iqtisodiyati ko‘tarilishini kim bilmaydi! (A.Q.) 4. Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, o‘zga xalqlar ibrat ola bilsinlar. (O.) 5. Kishi katta bo‘lib, qanday mas'ul mansabni egallamasin, yoshlikda bilim bergan o‘z muallimini unutmasligi kerak. (Mirm.) 6. Nishonga tegmagan o‘qning kimga nafi bor? (O‘.Usm.) 7. Yo‘q, kengash ilg‘orlar bilan bo‘lgan qarorni ilg‘orlarga mo‘ljallab qabul qilishgan. (O‘.Umarbekov) 8. Hadeb buzilaverganidan keyin u yog‘ini kovlaydi, bu yog‘ini kavlaydi, xullas, ichida nimasi bo‘lsa, barini bilib oladi. (S.Ahm.) 9. Nihoyat, Bashor opa kabinasi derazasidan boshni chiqarib, ovozi boricha baqirishga majbur bo‘ldi. (J.Abd.)
9-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi modal so‘zlarni aniqlang.
1. Ha, albatta, haq to‘lanmagandan keyin kim ham ishlardi. (Mirm.)
2. To‘g‘ri, mening fahmim sencha chuqur emas... (A.Qod.) 3. Sobirjon, qanday, tutun qaydarishda Rim Papasidan ham o‘tkazvordim, shekilli. (S.Azimov) 4. Bu holda Jalil darrov sergaklanib, homiysi kim ekanligini anglab qolar va bu marhamatdan, shubhasiz, voz kechardi. (T.M.) 5. Kunbotar pallasimi, tong otarmi – xullas, shunaqa g‘ira-shira payt emish. (O‘.Hoshimov) 6. - Qudrat akamning cho‘ldan oladigan alamlari bor, - qo‘shib qo‘ydi Gulchiroy. (J.Abd.) 7. – Yo‘q, begim, ikki ko‘zdan ajragan kambag‘alning orzusi undoq bo‘lmaydi. (A.Q.) 8. Nima bo‘lganda ham, avvalgi ishimga kirib, laboratoriyaga yaqin bo‘lishim kerak. (X.T.) 9. Ahillik bilan butun kuchimizni, g‘azabimizni, olovimizni dushman boshiga ag‘darmog‘imiz lozim. (O.) 10. Oshga o‘rtoq, boshga to‘qmoq bo‘lmasdan aloqani uzmog‘ingiz darkor. (J.Abd.)
10-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi taqlid so‘zlarni toping.
1. “Gur” etib ko‘tarilgan qarsakdan nimaligini bilib bo‘lmadi. (O‘.Umarbekov) 2. Kallai saharlab guzarda qo‘sh karnay g‘at-g‘uti yangradi...(H.G‘.) 3. Bezgak xuruj qilganday lablari pir-pir uchardi. (J.Abd. ) 4. Qachon qarama, hiring-hiring kulaveradi. (J.Abd.) 5. Uyda g‘ij-g‘ij bo‘lib yotgan bu pashshalarning qaysi biri o‘sha? (A.Q.) 6. Men apil-tapil uzumni qo‘ynimga solib ko‘chaga yugurdim. (O‘.Umarbekov) 7. Kun qaytishga borib g‘ishtin devorlar ham qizib ketardi; semizlar suvdan chiqib qolgan baliqdek kappa-kappa og‘iz ochishar edilar. (Mirm.)
8. Choyxonachi boshini sarak-sarak qilib qo‘ydi. (O‘.Umarbekov) 9. Nimaga ovora bo‘larkanman – samolyotga o‘tirdim-u lip etib uchdim-keldim! (E.A'z.) 10. Kimdir yugurib kelib bolaning yuzidan “cho‘lp” etib o‘pdi. (O‘.Umarbekov)
Do'stlaringiz bilan baham: |