1.1 Davlat talim standartida 3-sinf matematika dasturiga qo’yilgan talablar 2-sinfda o‘tiladigan materialni takrorlash va umumlashtirish (10 soat) 60+40, 90-50, 67+3, 38-30, 57+33, 96-44 ko‘rinishidagi misollarni yechish. Qo‘shish va ayirishni tekshirish. Yig‘indini, qoldiqni topishga doir, ayirmali taqqoslashga doir, sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga doir sodda masalalar. Noma‘lum qo‘shiluvchini, noma‘lum ayriluvchini, noma‘lum kamayuvchini topishga doir masalalar. Ko‘pburchak elementlari. To‘g‘ri burchak. Ko‘pburchak perimetri. Amaliy ishlar Santimetr, detsimetr, metr yordamida kesma uzunligini o‘lchash. Berilgan uzunlikdagi kesmani chizish, kesmalarni taqqoslash. Uzunligi 1 m bo‘lgan tasmani tayyorlash (mehnat ta‘limi darsida). Sinfda (maktab hovlisida) masofani ko‘z bilan 1 m gacha aniqlikda chamalash Rivojlantiruvchi mashqlar Berilgan zirh chiziqlari asosida shaklni qayta tiklash.
Do'stlaringiz bilan baham: |