Dars ishlanma.
Sana: Sinf:3- Fan: Ona tili
Mavzu:”Darak gapda tinish belgilari” (78-79 -mashqlar)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o'quvchilarning darak gaplar haqidagi bilimlarini kengaytirish o'quvchilarning gap haqidagi bilimlarini aniqlash; matndagi gaplarni ohang bilan o'qish, nima haqda ekanini anglash; o'quvchilar nutqini o‘stirish; F.K Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bayon, kichik hikoya;
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga tinchlik, do‘stlikni qadrlash kabi xislatlarni singdirib borish; yaxshi niyatlar qilishga o'rgatish. T.K mustaqil ma‘noga ega bo’lgan bir necha so’zdan tuzilgan so’zni topish va namuna asosida so’zlar tuzish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish. gap tugagandan so‘ng keyingi gapni bosh harf bilan yozish qoidalarini eslatish; T.K Husnixatga o’rgatishning vazifasi harf, so’z, gap va matnni to’g’ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash.Oquvchilarni darsga tayyorlash.
II.O’tilgan mavzularni so’rab baholash.
Uyga vazifani so’rab,baholanadilar. O'quvchilaringdo'stlik-o'rtoqlik haqida tuzgan bog'lanishli gaplari o'qitiladi. To'g'ri, mazmunan teran, bog'lanishli gap tuzgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. „Muzyorar“ mashg‘uloti o‘tkaziladi. Bu mashg'ulotda o'quvchilar iliq so‘zlar aytib, bir-birlariga gul beradilar. Ra’no Muhayyoga gul berayotib: „Ozoda kiyinibsan“ desa, Muhayyo Botirga: „Kecha futbolda g'olib bo‘libsizlar, tabriklayman“, deb yaxshi so'zlar aytishadi. Bu bilan o'quvchilarning faolligi oshadi, bir-birlari bilan tezda muloqotga kirishib ketadilar.
III.Yangi mavzu bayoni
Biror narsa-voqea haqida xabarni bildirgan gap darak gap deyiladi.
Darak gap oxirida ovoz pasayadi.Darak gapning oxiriga nuqta (.) qo‘yiladi.
78- mashq. 0‘qing. Matnda nechta gap borligini ayting. Ular qanday gaplar?
Maktabimiz o’quvchilari yaxshi ish boshladilar, ular hozirdanoq noyob gul urug‘larini yig‘yap-tilar, fevral oyida urug‘ni tuproqli yashikda undiradilar, bahor kelishi bilan ko‘chatlarni maktab gulzoriga o‘tqazadilar.
Har bir gapning boshlanishi va oxirini aniqlab ko‘chiring.Siz ham sinfingizda ibratli ishlar qilasizmi?Sinfingizda qanday gullar o‘sadi? Ularni qanday parvarish qilyapsiz?
79-mashq. 0‘qing. Har bir gapning chegarasini belgilang.O‘qiganingizda gapning boshlanishini va oxirini ohang bilan ajrating.
Shokirjonlarning bog‘ida bir tup yong‘oq o‘sadi yong‘oqning tanasiga quloch yetmaydi har yili talay hosil beradi yong‘oq pishdi Shokirjonning o‘rtoqlari hasharga kelishdi otasi Ro‘zimat aka yong‘oq qoqdi bolalar yong‘oqiarni terishdi Ro‘zimat aka bolalardan mamnun bo‘lib tashakkur aytdi
Har bir gapning chegarasini belgilang. 0‘qiganingizda gapninq boshlanishini va oxirini ohang bilan ajrating
Ko‘chiring, har bir gapning oxiriga qaysi belgi qo‘yilishiga gapning qanday harf bilan boshlanishiga rioya qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |