Boshlang’ich sinif matematika darslarida o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirish. Mundarida: kirish matematika darslarida fazoviy shakl elementlarni o’qitish


Boshlang’ich sinf o’quvchilarida fazoviy shakllar haqida tasavvurlarni shakllanritish, uzunliklarni o’lchash malakalarni hosil qilish



Download 47,77 Kb.
bet4/6
Sana17.07.2022
Hajmi47,77 Kb.
#813641
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Minglik va ko’p xonali sonlar kontsentrida nomerlashni o’rgatish

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida fazoviy shakllar haqida tasavvurlarni shakllanritish, uzunliklarni o’lchash malakalarni hosil qilish.
So’nggi ikki bo’limlar “Fazoviy elementlari” va “Miqdorlar va ularni o’lchash”da o’rganiladigan geometrik material haqida dasturning tushuntirish haqida aytiladiki, “Fazoviy elementlarini” faqat geometrik bilim va malakalarni umumlashtirish va sistemaga solish maqsadida, ayrim malakalarni takomillashtirish (hususan, figuralarni qurish) maqsadida o’rganish, ammo va yana geometrik tushunchalarni shakllantirish, ularni sinflarga ajratish, muhokamalardagi, ta’riflardagi mantiqiy xatolarni aniqlash, ya’ni boshlang’ich sinf o’qituvchisi va uning amaliy faoliyati uchun zarur uquvlarni shakllantirish ham zarur. Bu bo ’lim aksiomatik nazariyani ta’riflanmaydigan tushunchalar va ular orasidagi munosabatlar (puhta, to’g’ri chiziq, tekislik) asosida qurish misollarini hamda miqdor va ularni o’lchashning geometrik tushunchalarining mustaqil ekanligini ko’rsatishga imkon yaratadi. Biroq, bu dasturning talabalarni geometriyaning paydo bo’lishi tarixi bilan, aksiomatik metodning paydo bo’lishi va uning maktab geometriya kursida foydalanish bilan, geometrik yasashlar nazariyasi bilan, eng sodda geometrik figuralar va ularning xossalari bilan, “Fazoviy shakllar” dasturini boshlang’ich sinf ehtiyojlariga yaqinlashtirish bilan bog’liq ijobiy tomonlari bilan birga, uning qator salbiy tomonlari ham bor. Biz dasturdan geometrik almashtirishlarni chiqarib tashlanishini noto’g’ri deb hisoblaymiz, chunki bu boshlang’ich sinf o’qituvchilariga :

  1. katta uchun kihik yoshdagi sinf o’quvchilarini geometrik almashtirishlar va ularning hususiy holi harakatlarni o’rganishga to’g’ri tayyorlashga;

  2. qator holatlarning nazariy asoslarini, xususan, teng figuralar haqidagi masalani qarab chiqishga imkon bermaydi, chunki boshlang’ich sinf o’quvchilari ular bilan na faqat matematika darslarida balki rasm, mehnat ta’limi darslarida to’qnashadilar. Bundan tashqari boshlang’ich sinflarda harakatlarni o’rganishga imkon beruvchi izlanishlar ham bor. Davlat ta’limi standartining geometrik material mazmuniga doir aniqlangan kamchiliklar 1986 yil dasturidagi “Fazoviy elementlari” bo’limi mazmuniga ham tegishli. Standartda va ohirgi dasturdagi geometrik bilmlar minimumini ham talabalar yetarlicha chuqur o’zlashtira olmaydilar. Psixologik-pedagogika fakul’tetlarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari tayyorlaydigan bo’limlariga kirgan va yana fakultetni bitiruvchi talabalar, boshlang’ich sinflar tayyorlaydigan fakultetlarni turli yillarda bitirgan boshlang’ich sinf o’qituvchilarining va yana “Matematika va konstruksiyalash” dasturi bo’yicha o’qigan boshlang’ich sinf o’quvchilarning geometrik bilimlari darajasi va holati o’rganilgan. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining matematik tayyorgarligi dasturi bo’yicha amalga oshirilgan. Matematika o’qitish meodikasi kursida asosiy tushunchalarning anchagina qismi shakllantiriladi va talabalarda bor bilimlarga tayanmagan holda tushunturiladi. Bu esa “bir tomondan bo’lajak o’qituvchining matematik bilimlarining bir yoqlamaligiga olib keladi (u o’z bilimlarini qo’llash usullarini ko’ra bilmaydi). Boshqa tomondan esa, uning metodika bo’yicha nazariy bilimlari zarur darajasiga yetkazilmaydi. Natijada mazmunini o’quvchilar oldida ochib berishga qodir emaslar, metodlarni to’g’ri tanlay olishmaydi. Boshlang’ich sinflar o’qituvchilarining geometrik tayyorgarligidagi muhim kamchiliklar, ularning dars berish jarayonida aks etadi. Qatnashilgan darslar taxlili shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning eng keng tarqalgan xatosi fazoviy figura tushunchasining mohiyatini bilmaslikdir. Ko’pincha “Sinf taxtasi- bu to’g’ri to’rtburchak, tanga- bu doira, uy tomi- bu uchburchak” deyishadi, garchi tabiatda uchburchaklar ham, to’g’ri to’rtburchaklar ham, doiralar ham (sof holda) mavjud emas2. Bular abstrakt matematik tushunchalar bo’lib, tabiatda esa u yoki bu shaklga ega narsalar bo’lishi mumkin. Ma’lumki, bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirishga muhim ta’siri o’quvchilarning geometrik tasavvur shakllanishiga oid faoliyatlari muhim ta’sir ko’ratadi. Tushunchalarni o’zlashritish bo’yicha faoliyat ichida asosiylaridan biri ta’riflar (ta’riflashdir). So’nggi ikki bo’limlar “Fazoviy elementlari” va “Miqdorlar va ularni o’lchash”da o’rganiladigan geometrik material haqida dasturning tushuntirish haqida aytiladiki, “Fazoviy elementlarini” faqat geometrik bilim va malakalarni umumlashtirsh va sistemaga solish maqsadida, ayrim malakalarni takomillashtirish (hususan, figuralarni qurish) maqsadida o’rganish, ammo va yana geometrik tushunchalarni shakllantirish, ularni sinflarga ajratish, muhokamalardagi, ta’riflardagi mantiqiy xatolarni aniqlash, ya’ni boshlang’ich sinf o’qituvchisi va uning amaliy faoliyati uchun zarur uquvlarni shakllantirish ham zarur. Bu bo ’lim aksiomatik nazariyani ta’riflanmaydigan tushunchalar va ular orasidagi munosabatlar (puhta, to’g’ri chiziq, tekislik) asosida qurish misollarini hamda miqdor va ularni o’lchashning geometrik tushunchalarining mustaqil ekanligini ko’rsatishga imkon yaratadi. Biroq, bu dasturning talabalarni geometriyaning paydo bo’lishi tarixi bilan, aksiomatik metodning paydo bo’lishi va uning maktab geometriya kursida foydalanish bilan, geometrik yasashlar nazariyasi bilan, eng sodda geometrik figuralar va ularning xossalari bilan, “Geometriya elementlari” dasturini boshlang’ich sinf ehtiyojlariga yaqinlashtirish bilan bog’liq ijobiy tomonlari bilan birga, uning qator salbiy tomonlari ham bor. Biz dasturdan geometrik almashtirishlarni chiqarib tashlanishini noto’g’ri deb hisoblaymiz, chunki bu boshlang’ich sinf o’qituvchilariga :

1.katta uchun kihik yoshdagi sinf o’quvchilarini geometrik almashtirishlar va ularning hususiy holi harakatlarni o’rganishga to’g’ri tayyorlashga;
2.qator holatlarning nazariy asoslarini, xususan, teng figuralar haqidagi masalani qarab chiqishga imkon bermaydi, chunki boshlang’ich sinf o’quvchilari ular bilan na faqat matematika darslarida balki rasm, mehnat ta’limi darslarida to’qnashadilar. Bundan tashqari boshlang’ich sinflarda harakatlarni o’rganishga imkon beruvchi izlanishlar ham bor. Davlat ta’limi standartining geometrik material mazmuniga doir aniqlangan kamchiliklar 1986 yil dasturidagi “Fazoviy elementlari” bo’limi mazmuniga ham tegishli . Standartda va ohirgi dasturdagi geometrik bilmlar minimumini ham talabalar etarlicha chuqur o’zlashtira olmaydilar. Psixologik-pedagogika fakul’tetlarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari tayyorlaydigan bo’limlariga kirgan va yana fakul’tetni bitiruvchi talabalar, boshlang’ich sinflar tayyorlaydigan fakul’tetlarni turli yillarda bitirgan boshlang’ich sinf o’qituvchilarining va yana “Matematika va konstruksiyalash” dasturi bo’yicha o’qigan boshlang’ich sinf o’quvchilarning geometrik bilimlari darajasi va holati o’rganilgan. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining matematik tayyorgarligi dasturi bo’yicha amalga oshirilgan. Matematika o’qitish meodikasi kursida asosiy tushunchalarning anchagina qismi shakllantiriladi va talabalarda bor bilimlarga tayanmagan holda tushunturiladi. Bu esa “bir tomondan bo’lajak o’qituvchining matematik bilimlarining bir yoqlamaligiga olib keladi (u o’z bilimlarini qo’llash usullarini ko’ra bilmaydi). Boshqa tomondan esa, uning metodika bo’yicha nazariy bilimlari zarur darajasiga yetkazilmaydi. Natijada mazmunini o’quvchilar oldida ochib berishga qodir emaslar, metodlarni to’g’ri tanlay olishmaydi. Boshlang’ich sinflar o’qituvchilarining geometrik tayyorgarligidagi muhim kamchiliklar, ularning dars berish jarayonida aks etadi. Qatnashilgan darslar taxlili shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning eng keng tarqalgan xatosi geomerik figura tushunchasining mohiyatini bilmaslikdir. Tushunchalarni o’zlashritish bo’yicha faoliyat ichida asosiylaridan biri ta’riflar (ta’riflashdir). Ma'lumki, boshlang'ich ta'lim - inson hayotida egallaydigan bilimlar olamining poydevori bo'lib hisoblanadi, kelajakda o'zlashtirb boriladigan fanlarga umuman o'qishga qiziqishi aynan bolaning ilk AKT ni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinflar o'qituvchisining faoliyati eng avvalo, jajji o'quvchi - bolajonlarni ta'lim muhitiga moslashtirish bo'lib hisoblab. Ularda o'qish Jarayoniga qiziqish hamda zamonaviy o'quvchilarga zarur bo'lgan xususiyatlarni shakllantirish, ta'lim jarayonining o'ziga xos jihatlari bilan tanishtirish birinchi o'qituvchining vazifasi bo'lib hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang'ich sinflar o'qituvchisi o'quvchi- bolalarni zamonaviy axborot jamiyati sharoitlarida o'qitish, ta'lim va tarbiya berish, ularga dastlabki bilimlarni zamon ruhiga muvofiq ravishda, yetkazib bera biliishi zarur. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning boshlang'ich geometrik tushunchalarni o'zlashtirish poydevorini yaratish va ularni o'rganish metodikasini, o'zlashtirilishi faoloyatini tashkil etish o'qituvchining yetakchi rolini, uning shaxsi, bilimi va o'quvchilarga bo'lgan munosabati, metodik mahorati masalaning muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. 3Fazoviy munosabatlar haqida tasavvurlar hosil qilish va ularda boshlang'ich sinflarda geometriya elementlarini o'rganishda foydalanish geometrik tushunchalar mazmunini o'zlashtirilishga imkon beradi, atrof muhitni butun rang barangligi bilan his qilishga olib keladi, real mavjud dunyo haqida bilimlardan asta - sekin abstrakt-geometrik dunyoga, fazoviy tafakkur rivojiga, o'quvchilarning umumiy rivojlanish darajasining yuksalishiga olib keladi. Shu bilan birga e'tibor berish kerakki, bunda fazoviy figura (shakl) lar ustida amallar bajarish mumkin bo'lgan obyektlar ekanligini nazarda tutish va o'quvchilar tomonidan uning qanday qabul qilinishiga e'tibor berish kerak, hamda o'quvchilarni mantiqiy bog'lovchilar bilan tanishtirishni unutmaslik kerak. Ma'lumki, bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirishga muhim ta'sir o'quvchilarning fazoviy tasavvur shakllanishiga oid faoliyatlari muhim ta'sir ko'rsatadi. Tushunchalarni o'zlashtirish bo'yicha faoliyat ichida asosiylardan biri ta'riflar (ta'riflashdir ). Biroq boshlang'ich sinflarda fazoviy tushunchalar bilan tanishishda ta'riflardan foydalanish chegaralari ham aniqlanmagan edi, chunki ular turli variantlarda turlicha bo'lishi mumkin. Boshlang'ich maktab amaliyotida ikki xil og'ish mavjud: ta'riflarning ortiqcha ko'pligi yoki to'la yo'qligi. Unisi ham, bunisi ham ta'limni effektsiz (natijasiz) qilib qo'yadi. Bu og'ishlardan o'qituvchini qanday himoya qilish mumkin? Metodistlar to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, o'tkir va o'tmas burchaklar va hokozolar tushunchalarni shakllantirish jarayonida bu tushunchalar mazmunini aks ettiruvchi ehtiyoji qondiriladi va pedagogik - psixologik xususiyatlari geometrik tushunchalarni o'zlashtirish jarayonida mustahkamlanadi. Fazoviy elementlarni o'rgatishda quydagi metodlardan masalan: geometrik modellashtirshdan foydalanish, qog'oz, cho'plar, plastin va simlardan figura (shakl) larning modellarini yasash, qog'ozda geometrik shakllarni chizish - bolalar ongidageometrik tasvvumi rivojlantirishga omil bo'la oladi. Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o'lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda shakllarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shularga diqqat qaratish kerakki, o'quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu shakllar tasavvurning to'g'ri bo'lishiga yordam beradi. Masalan to'g'ri burchakli to'rtburchakni o'rganish jarayonida bolalar uning ikki asosiy sifati-to'rtburchak ekanligi va burchaklari to'g'ri ekanligini tushunib yetishlari kerak. O'qituvchi shunday tushuntirishi kerakki o'quvchilarga bu tushunarli va qiziqarli bo'lishi lozimBoshlang'ich matematika dasturida geometrik material katta o'rinni oladi. Geometrik materialni o'rganishning asosiy maqsadi geometric figuralar (nuqta, to'g=ri va egri chiziq, to'g=ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko'pburchak, aylana va doira) haqida ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementdari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba'zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to'la tizimini tarkib toptirishdan iborat. Fazoviy figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geometrik figuralarni chizmachilik va o'lchash asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz o'lchash va yasashlarning amaliy malakalarini (ko'zda chamalash, qo'lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi, o'quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi. O'quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, befarq qaramasligini ta'minlash har bir bugungi kun pedagogining vazifasi hisoblanadi. Matematika fanida to'rt amalning bajarilishini o'rgatish bilan birga shakllar, ular tuzilishi, farqini va o'lchamini o'rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega. Bu geometriya fanining ilk tushunchalari hisoblanadi. Bunda boshlang'ich sinf o'qituvchisining roli nihoyatda kattadir. Geometriya 2500 yildan avvalroq paydo bo'lgan. Geometriya yunoncha so'z bo'lib "yerni o'lchash" degan ma'noni bildiradi ("geo" -yer , "metrio" -o'lchayman). Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bobil, ayniqsa Yunoniston olimlari katta hissa qo'shdilar. Yer maydonlari sathini o'lchash, ariqlar o'tkazish, turli ko'rinishdagi idish, savatlar, omborlarga qancha suyuqlik, don va boshqa mahsulotlar sig'ishini bilish zaruriyati geometriyaga oid dastlabki ma'lumotlarni paydo bo'lishiga olib keldi. Nuqta, kesma, siniq chiziq, to'g'ri chiziq , ko'pburchak, uchburchak, to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, aylana, doira, shar, kub bularning hammasi geometrik shakldir. Har qanday geometrik shakl nuqtalar toplamidan iborat. Shu yuqorida o'rganish kerak bo'lgan, geometrik figuralar va geometriya elementlarini o'rgatishda o'qituvchi ilg'or pedagogik texnologiyadan foydalansa maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, befarq qaramasligini ta'minlash har bir bugungi kun pedagogining vazifasi hisoblanadi. Matematika fanida to'rt amalning bajarilishini o'rgatish bilan birga shakllar, ular tuzilishi, farqini va o'lchamini o'rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega. Bu geometriya fanining ilk tushunchalari hisoblanadi. Bunda boshlang'ich sinf o'qituvchisining roli nihoyatda kattadir. Nuqta, kesma, siniq chiziq, to'g'ri chiziq , ko'pburchak, uchburchak, to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, aylana, doira, shar, kub bularning hammasi geometrik shakldir. Har qanday geometrik shakl nuqtalar toplamidan iborat. Buyuk yurtdoshlarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek va ularning shogirdlari geometriya fanini o'z asarlari va ilmiy natijalari bilan boyitdi. Farobiyning fikricha, ta'lim - tarbiya jarayonining har bosqichida o'quvchilarning bilimlarini o'zlashtirishi, o'ziga xos tarzda fikrlashi, tasavvur qilishi va his etishi orqali amalga oshadi. Inson tug'ilganidan fikrlash quvvatiga ega boladi va u bolaning o'sishi bilan rivojlanib boradi. Olimning fikricha, inson aqliga sig'adigan tushunchalarning kishi ongida saqlanib qolishi, bilishning natijasi sanaladi. Farobiyning: "Bolada katta imkoniyatlarga ega bo'lgan ko'ngil bor. U his tuyg'uga, tafakkur orqali anglash xususiyatiga ega. Hissiyot va tafakkur bilan jismlar tushuniladi" , - degan xulosasi fikrimiz isbotidir. Geometriya turli shakllarning xossalarini aniqlash, tekshirish, ularni uzunliklari, yuzi, hajmlarini hisoblash bilan shug'ullanadi. Fazoviy material dasturda mustaqil bo'lim sifatida o'qitish jarayonida ajratib ko'rsatilmaydi. Fazoviy shakl mazmunli masalalarni imkon bo'lgan vaqtda, kursning boshqa masalalari bilan yaqin aloqada doima qarab chiqiladi. Biroq dasturdagi tushuntirish xatida ko'rsatilganidek, geometrik masalalarni bayon qilishda bu materialni kurs materialiga kiritish maqsadlariga bo'ysundirilgan shaxsiy mantiqqa ham rioya qilish kerak. Bu maqsadlar dastavval bolalarning fazoviy tasavvurlarini o'stirishda, ularda turlicha geometrik figura haqida tasavvur qilishdan iborat. Bolalar bu figuralarning har biri alohida turganda ham, tanish figura boshqa figuraning qismini tashkil etganda ham ularni taniy olishlari, berilgan bir necha figuradan boshqa figura yasashni o'rganishlari kerak . Fazoviy material bilan tanishishda o'lchamlarga ancha katta o'rin beriladi, bolalar kesmaning uzunligini, berilgan ko'pburchakning perimetrini, to'g'ri to'rtburchakning yuzini topishni bilishlari kerak. Bunda tushunchalar ta'riflari bolalarga aytilmaydi. Shu bilan birga bir qator tushunchalarga nisbatan shu tushunchalarning mazmunini bevosita aks ettiruvchi belgilar ko'rsatiladi va yaqin jinsdosh tushunchalarga tegishli figuralar sinfidan tegishli figuralarni ajratish imkoni beriladi. 4Bolalar turli xil figuralarni tanib olishida, sinflarga ajratishda tegishli belgilardan foydalanishlari kerak. Fazoviy mazmunli masalalar asosan qog'oz varag'ini, figuralarni chizish va hokazolar bilan bog'liq amaliy ishlar bilan qarab chiqiladi. Chizishdagi elementlar, ko'nikmalarni shakllantirishga alohida e'tibor beriladi. Dasturda bolalar qachon chizg'ichdan foydalanishni o'rganishlari vaqti ko'rsatilgan, ular qanday sodda mashqlar va o'lchamlarni bajarishlari kerakligi ko'rsatilgan. Bular berilgan uzunlikdagi kesma chizish va o'lchov chizig'ichi yordamida kesmalarni o'lchash, keyin qog'ozda to'g'ri to'rtburchak yasash, chiziqsiz qog'ozda chizmachilik uchburchagi yordamida to'g'ri burchak va to'g'ri t'ortburchaklar yasashni o'rganishdir. O'lchash bilan masalalarni qarab chiqish albatta, sonlar va arifmetik amallar ustida bajariladigan ish bilan bog'lab olib boriladi. Fazoviy figura qaralayotgan arifmetik masalalarning yaqqol talqini vositasi bo'lib xizmat qiladi. Egallangan bilim, o'quv va malakalar geometrik materialni o'rganishda faqat amaliy mashqlarni bajarishda emas, balki tekstli masalalarni yechishda ham qo'llaniladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalri me'zoni DTS lari asosida quyidagicha belgilab o'tilgan: Boshlang'ich maktabda matematika ta'limi o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o'z fikrlarini mustaqil bay on qila olish, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarda qo'llash hamda ta'limning ikkinchi bosqichida o'qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Matematika bo'yicha standart ko'rsatkichlari bolalarda natural sonlar va nol to'g'risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko'nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni qo'llay olishda o'rgatish, eng sodda fazoviy shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo'lish hamda og'zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazardan izohlanadi. Agar o'quvchiga fazoviy tasavvurlar yaxshi shakllansa, har qanday qiyinchilikdagi masalalarni soddagina yechish imkoniyatiga ega bo'ladi. Fazoviy tasavvurlar rasm chizmachilik, steriometriya masalalarini yechishda shakllanadi, ba'zan o'quvchilar ayni bir figuraning turli ko'rinishlarida tasvirlangan hollarini bir-birlaridan farqlay olmaydilar. Bunda o'qituvchi faoliyati muhim o'rin tutadi. Bitta obyektni turli xil ko'rinishlari ustida fikrlash, o'quvchilarda fazoviy tasavvur va tafakkurlarni shakllantiradi. Fazoviy tasavvurlarni shakllantirish o'quvchilarning konstruksion texnologik tafakkurlarini shakllantiradi. Shuningdek, steriometrik figuralarni kesma holida chizmalarda qaralishi fazoviy tasavvurlarni shakllantiradi.

Download 47,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish